To’lov balansini tuzish tamoyillari


-yil va 2015-yilning ilk davridagi Rossiya to’lov balansining o’zgarshining Rossiya iqtisodiyotiga ta’siri



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə17/21
tarix10.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#128217
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Шермуҳаммедов Дилшод ДЕК-61

2014-yil va 2015-yilning ilk davridagi Rossiya to’lov balansining o’zgarshining Rossiya iqtisodiyotiga ta’siri.
2014-yildagi Rossiya eksportini tashkil qiluvchi tovarlarning jahon narxining tushishi, odatta ushbu tovarlarning jahon narxlari oshishidan o’sadigan, barqaror narx bo’lganda sekin o’sadigan va tushishidan zarar ko’rishdek “golland kassiligi” xususiyatlari bor Rossiya iqtisodiyoti uchun zarar bo’ldi. 2014 yilda sezilarsiz 0,6% ga o’sdi. Jahon narxlarining tushishi davlat budjetiga ta’siri qisqa muddatli operatsiya hisoblangan rubl devalvatsiyasi orqali qoplandi.
12-jadval
Rossiya Federatsiyasi tashqi qarz barqarorligi ko’rsatkichlari17

Koef.

Tashqi qarz/YaIM,% (1)

Tashqi qarz/TXE (2)

Tashqi qarz bo’yicha to’lovlar/YaIM (3;6)

Tashqi qarz bo’yicha to’lovlar/TXE (4;6)

OVR/ Tashqi qarz bo’yicha to’lovlar (5;6)

Aholi jon boshiga tashqi qarz

2008

29

92

9

29

280

3 386

2009

38

136

11

39

333

3 268

2010

32

111

8

29

372

3 422

2011

32

111

8

29

372

3 422

2012

28

94

8

26

341

3 767

2013

35

123

9

32

266

5 072

2014.03

35

121

9

32

258

4 980

2014.06

35

123

9

32

253

5 014

2014.09

33

115

8

29

269

4 643

Ma’lu-mot o’r-nida




Koef.lar chegara-viy qiy- mati *

30 – 40 – 50

100 – 150 – 200

-

15 – 20 – 25

-

-

Koef.lar chegara-viy qiy- mati **

50

130 – 220

-

25

Kamida 100

-



Izoh. Hisoblashlar Rossiya Markaziy banki va Davlat statistika federal xizmati ma’lumotlari asosida hisoblangan.Yig’ilgan yalpi qarzlar o’z ichiga davlat organlari, markaziy bank,banklar va boshqa sektorlardagi qarzlarnining hisob davridagi hajmini aks ettiradi.

  1. Yalpi tashqi qarzning yillik YaIM ga nisbati

  2. Yalpi tashqi qarzning yillik Tovar va xizmatlar eksportiga nisbati

  3. Tashqi qarz bo’yicha yillik to’lovlar (qarz va uning foizi) ning yillik YaIM ga nisbati

  4. Tashqi qarz bo’yicha yillik to’lovlar (qarz va uning foizi) ning yillik Tovar va xizmatlar eksportiga nisbati

  5. Oltin-valyuta rezervlarining Tashqi qarz bo’yicha yillik to’lovlar (qarz va uning foizi)ga nisbati

  6. Tashqi qarzni qoplashda hisoblar natural formada, shuningdek to’lovlar rublda hisobga olingan.

* XVF taklif etgan chegaraviy qiymat risk darajasi “past – o’rta – yuqori”
* Rossiya Hisob palatasi taklif etgan chegaraviy qiymat.
2014-yilda rubl, qo’shni uglevodorod eksport qilluvchi mamlakatlar valyutasidan ham ko’proq arzonlashdi. Bu 2014-yil fevral oyidan 2015-yil fevral oyigacha deyarli 80% arzonladi degani. Boshqa, gaz eksport qiluvchi Turkmanistonda 23% , neft-gaz eksport qilluchi Ozarbayjonda va Qozog’istonda mos ravishda 34% va 1% tashkil qildi18. Rublning bu qadar kuchli devalvatsiyasi nafaqat iste’molchilar balki ishlab chiqaruvchilar uchun ham zarba bo’ldi. Bu barcha uchun iste’mol tovarlarining 40% va investitsion tovarlarning yarmiga yaqini tashkil etuvchi importning qimmatlashuvi deganidir. Rossiyaning monopollashgan iqtisodida bu holatdan foydalanib qoladigan ishlab chiqaruvchilar hisobiga milliy mahsulotlarning ham narxi ko’tariladi. Natijada iste’mol inflyatsiyasi oldingi 6,5-6,6% dan 2014-yilda 11,4% ni, 2015-yil boshi aprel oyigacha 7,4% ni ko’rsatdi19.
Yuqori inflyatsiya va chet el valyutasiga talabni tushirishga bo’lgan harakatlar Rossiya Banki tomonidan asosiy stavkalarni 2014-yil 17% ,2015-yil fevralda 15% va mart oyida 14% qilib belgilanishiga olib keldi. Lekin bularning bari bank marjasini hisobga olganda kredit olmoqchi bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslar uchun u qadar osonmas. Nomoliyaviy tashkilotlarga 1 yilgacha bo’lgan o’rtacha kredit stavkalari 2014-yilda 9,5% dan 18,31% o’sdi va 2015-yil yanvar oyida 19,82% ni, fevralda esa 18,34% ni ko’rsatdi20. Bir vaqtning o’zida mamlakatda is’temolchilarning ish haqi, hamda ishlab chiqaruvchilarning rentabelligi kamaydi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin