Toshkent – 2019 №1 Laboratoriya ishi Oqsilning sho`rlanishi


Barg og‘izchalarining harakatini mikroskopda kuzatish



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə4/26
tarix06.03.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#86850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Barg og‘izchalarining harakatini mikroskopda kuzatish
О‘simliklar barg og‘izcha (ustitsa) lari orqali suv bug‘latishi transpiratsiya deyiladi. Bundan tashqari, barg epidermisi hо‘jayralaridan ham suv bug‘lanada. Barg plastinkasi kutin modda bilan qoplanganligi uchun bu qavat orqali sodir bо‘ladigan bug‘lanish kutikulyar transpiratsiya deyiladi
Kо‘pchilik о‘simliklarda barg og‘izchalari ikkita loviyasimon hujayradan tashkil topgan bо‘lsa, g‘alladoshlarda boshkacharoq tuzilgan.

Barg og‘izchalarining ochiq yoki yopiqli gini tekshirish о‘simliklarning suvga talabini aniqlash uchun о‘simlik yorug‘, nam joyda saqlanadi. Bironta о‘simlik (tradeskan siya, g‘о‘za) bargining epidermis qavatidan shilib olingan kesik buyum oynasiga tomi zilgan 5% li glitserin eritmasiga qо‘yiladi va usti qoplag‘ich oyna bilan yopiladi.Shu tarzda tayyorlangan preparat mikroskopning 8x li va 40x li obyektivlari orqali tekshiriladi. Glitserin eritmasining konsentratsiyasi hujayra shirasining konsentratsiyasidan yuqoriroq bо‘lganligi uchun hujayra shirasi tarkibidagi suvni glitserin о‘ziga tortib oladi. Natijada hujayralarda plazmoliz hodisasi rо‘y beradi, barg og‘izchalari yopiladi. Oradan 15 minut vaqt о‘tgach, glitserin sitoplazmadan о‘tib, hujayra shirasi (vakuola)da tо‘planadi. Hujayra shirasining konsentratsiyasi ortadi va tashqi eritmadagi suvni о‘ziga shimib oladi. Barg og‘izchasi hujayralarida deplazmoliz hodisasi yuz beradi, chunki glitserin barqaror plazmoliz hosil qilmaydi, shu sababli barg og‘izchalari qaytadan ochiladi. Agar qoplag‘ich oyna yoniga bir tomchi suv tomizib, glitserin filtr qog‘ozga shimdirib olinsa, barg og‘izchalari kengroq ochiadi. Chunki suv qо‘shilganda glitserinning konsentratsiyasi hujayra shirasining konsentratsiyasiga qaraganda pasayib qoladi.





Barg og‘izchalari (ustitsalar)ning tuzilishi:A – gulsavsar va B – makkajuxori bargi epidemisining tuzilishi: a, a1 – hujayra epidermisining umumiy kо‘rinishi; 1 – og‘izcha tirkishi; 2 – qamrovchi hujayralar; 3 – havo bо‘shliqlari; 4 – qо‘shimchi hujayralar.





Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin