Toshkent arxitektura qurilish instituti


-rasm. Boshqaruvning chiziqli tavsifdagi tuzilmasi



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

 
3.1-rasm. Boshqaruvning chiziqli tavsifdagi tuzilmasi. 
 
Funksional tavsifga ega bo‘lgan tuzilmada 
boshqarish vazifalari 
(funksiyalari) xodimlar orasida bo‘lib chiqiladi. Tuzilma tarkibida rejalashtirish, 
hisoblash, kadrlarni tayyorlash, nazorat va boshqa masalalar bo‘yicha 
ixtisoslashgan bo‘linmalar tashkil qilinadi. Ushbu bo‘linmalar tomonidan 
tayyorlangan yechim va qarorlar ulardan quyida joylashgan boshqaruv 
bo‘limlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Funksional tavsifga ega 
bo‘lgan tuzilmada (3.2-rasm) tajribali va yuqori malakali mutaxassislar 
bilimlaridan foydalanib, bu boshqaruv samaradorligini oshirish imkonini beradi, 
axborot harakatlanish jarayonini tezlashtiradi, boshqaruvning tezkorlik 
darajasini oshiradi. 
Uchastka boshlig’i 
Ish boshqaruvchi 
Usta 
Ish boshqaruvchi 
 
Usta 
 
Ish boshqaruvchi 
 
Usta 
 
Brigada 
Brigada 
 
Brigada 
 


57 
3.2-rasm. Boshqaruvning funksional tavsifdagi tuzilmasi. 
 
Biroq, bu tuzilma funksional yondashuvni kuchaytiradi, o‘z navbatida bu 
holat masalalarning xususiy (funksional boshqaruvchi) nuqtai nazaridan qarab 
chiqilishiga olib keladi. Shuningdek, bunda boshqarishning buyruqlar taqsimoti 
va ishlar uchun yagona javobgarlik tamoyili buziladi, ya’ni qo‘sh holatdagi 
bo‘ysunishga olib keladi. Bunda berilgan buyruqlar muvofiqligi va ularni 
bajarish 
ketma–ketligidagi 
muvofiqlik 
murakkablashishi 
hisobiga 
muvofiqlashtirish ishlari qiyinlashadi.
Joriy boshqaruv tizimi uning tashkiliy tuzilmasi chiziqli va funksional 
tavsifdagi tuzilmalarining turli jihatlarining umumiy birligidan tashkil topadi.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin