77
boshqaruv faoliyati uslubi, muloqot,
xatti-harakatlar, o‘zini yaxshi-
lashga bo‘lgan munosabatidir. Muayyan professional hodisa sifatida, u
mutaxassisning boshqaruv tajribasini, uning malakasi darajasini,
shaxsning rivojlanish darajasini aniq menejer sifatida
va nihoyat, uning
faoliyatini uzluksiz takomillashtirish istagi bilan muayyan darajada
egallashini anglatadi.
Boshqaruv
madaniyati
korporativ
madaniyatning
quyidagi
xususiyatlarini o‘z ichiga oladi:
– ierarxik tashkilotning qoidalari va me’yorlariga qat’iy rioya qi-
lish;
– klan oilalilik, umumiylik tuyg‘usi, umrbod bandlik amaliyoti va
xodimlarni qaror qabul qilishda ishtirok etishga imkon beruvchi kom-
paniya aksiyalariga berish;
–
bozor-maksimal mahsuldorlik, raqobatbardoshlikning o‘sishi,
iste’molchilarni qondirish va kompaniyaning daromadlarini oshirish;
– innovatsion va g‘ayrioddiy yechimlar bilan ajralib turadigan xo-
dimlarning biznes korporativ madaniyati, kelajakni oldindan bilish va
unda ilg‘or pozitsiyalarni egallash uchun xavf-xatarlardan qo‘rqmaslik
majburiy talabdir.
Biznes madaniyatini “foyda olish va tarqatish madaniyati sifatida”
belgilash, uni tushunishda iqtisodiy yondashuvni ta’kidlaydi.
Boshqaruv madaniyati doimo kapital harakatining shakllarini
hisobga oladi:
ishlab chiqarish, savdo-moliya. Tabiiyki, bu sohalarda
ishlaydigan insonlar qadriyatlar, me’yorlar, xatti-harakatlar tizimlarida
farq qiladi.
Shunday qilib boshqaruv madaniyati:
– tarixiy jihatdan inson faoliyatining darajasi, yo‘nalishini
tavsif-
lovchi usullar, protseduralar, me’yorlar majmuyi;
– ijtimoiy hayotning universal xususiyati;
– mutaxassisning xususiy professional vazifalarni mazmunli hal,
qilishi jamiyatning shartlari,
talablariga javob berishi, ilm-fanga
asoslangan texnika va yuqori texnologiyalarga qanchalik erkin ekan-
ligi, unda yangi tuyg‘u qanchalik rivojlanganligi, jamiyatning rivojlan-
ish sur’atlaridan “orqada qolmaslik” qobiliyati,
shu bilan birga, bu
fazilatlar umuminsoniy ustuvorliklarni tushunishga qanday ta’sir
ko‘rsatishi bilan belgilanadigan shaxs madaniyati hisoblanadi.