6-rasm
87
bakteriyalar autotroflar deyiladi, ular uchun oltingugurt ozuqa moddasi bo‘lib xizmat qiladi.
Oltingugurt to‘plovchi bakteriyalar ikki gruppaga bo‘linadi: pigmentli va pigmentsizlar. Pigment
hosil qiluvchilar «bakteriopurpurin» nomli qizil pigmentlidir. Ushbu pigment bakteriya uchun
xuddi xlorofilldek xizmat qiladi. Bu bakteriyalar orasida kokklar, tayoqcha shakllar va spirallar
bor. Pigmentsiz oltingugurt bakteriyalar uchun ipsimon shaklda bo‘lib, Beggiata, Thiothrix va
Thioploca lardan iboratdir. Oltingugurt to‘plovchi bakteriyalar tuproqda, botqoqli joylarda, ko‘l
suvlarida, ayniqsa, oltingugurtli buloq suvlarida ko‘p uchraydi.
Tabiatda yana boshqa «tionbakteriyalar» nomli bakteriyalar ham oltingugurt to‘playdi,
lekin ular o‘z tanasida oltingugurt saqlamaydi. Bu mikroblar tuproqda, sho‘r suvlarda ko‘p
uchraydi va ular katta ahamiyatga ega, chunki suvda to‘plangan zaharli vodorod sulfidni
oksidlab, zaharsiz holga keltiradi va atrof muhitini tozalab turadi. Ular tuproqda oltingugurtni
oksidlab, o‘simliklar o‘zlashtira oladigan holatga keltirib, o‘simliklar uchun qo‘shimcha ozuqa
hosil qiladi va shu bilan hosilni oshirishda ishtirok etadi. Tabiatda oltingugurt to‘plovchi
bakteriyalar bilan bir qatorda ularga nisbatan teskari ish qiluvchi bakteriyalar ham bor. Bu
bakteriyalar sulfatlarni parchalab, vodorod sulfid holatiga keltiruvchilardir. Spirillum
dasuefiricans, Microspira aestuarű va boshqalar ana shunday xususiyatga ega. Patogen
mikroblardan manqa kasalini qo‘zg‘ovchi mikrob ham sulfatlarni bir qadar parchalay oladi. Turli
kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladigan balchiqlarda vodorod sulfidining bo‘lishi sulfatlarni
parchalovchi bakteriyalarning faoliyatiga bog‘liqdir. Bunday bakteriyalar dengiz ostida ham
uchraydi.Fosforning almashinishida mikroorganizmlarning ishtiroki. Oqsil moddalar va
lipoidlarning tarkibida fosfor ham bo‘ladi. Organik moddalar chirib parchalanganda fosfor
kislota hosil bo‘lib, u tuproqdagi kaliy, magniy, temir tuzlari bilan birikadi va o‘simliklar
o‘zlashtira olmaydigan tuz hosil qiladi. Keyin bu tuzlar mikroblar ta‘sirida eriydigan holatga
keltiriladi. Fosfatlarni eriydigan holatga keltirishda nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar, oltingugurt
va tion bakteriyalar ishtirok etadi.
Temirbirikmalarining almashinishida mikroblarning ishtiroki. Tabiatda bir gruppa
mikroorganizmlar bor, bular temir bakteriyalar deyiladi. Ular o‘z hujayrasida FeCO
3
ni oksidlab,
tanasining sirtida to‘playdi. Temir bakteriyalar konlarda, katta hovuzlarda, temir birikmalari bor
buloqlarda uchraydi. Bu bakteriyalar ko‘p to‘plangan joylarda to‘q qizil rangli shilimshiq parda
hosil bo‘ladi. Temirli bakteriyalarga Leptothrix ochraceae, Cranothrix poedispora va boshqalar
kiradi. Azot, karbon va boshqa elementlarning tabiatda aylanib turishi chirish-achish protsessiga
bog‘liqligini va bu protsesslarda bir qator mikroblar ishtirok etishi aniqlaigan.
Adabiyotlar:
5.
Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,
―O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi‖ Davlat ilmiy nashriyoti. 2002.
2.
Vorobyov A.A., Bыkov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vыsshaya shkola».
2003.
3.
Pyatkin N.D., Krivoshein YU.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo
«Meditsina» 1980.
4.
Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratornыm zanyatiyam po
mikrobiologii. M., 1981.
5.
CHurbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vыsshaya shkola». 1987.
6.
Mustaqimov G.D. O‗simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari.T.,
―O‗qituvchi‖ nashriyoti. 1978.
7.
Elinov N.P.‖ Ximicheskaya mikrobiologiya‖ M., izd-vo «Vыsshaya shkola». 1989.
88
Mavzu: Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson tana normal mikroflorasi.
Reja
1.
Suv mikroflorasi, uning yuqumli kasalliklarni tarqatishidagi roli.
2.
Tuproq mikroflorasi. Tuproq unumdorligini undagi bakteriyalarga bog‗liqligi. Tuproq
orqali tarqaladigan kasalliklar.
3.
Havo mikroflorasi. Havo orqali tarqaladigan kasalliklar.
4.
Inson tana normal mikroflorasi
Tayanch
iboralar:
polisaprob,
mezosaprob,
oligosaprob,
nitrosomonas,
nitrobacter,
psevdomonas.
1.Suv mikroflorasi, uning yuqumli kasalliklarni tarqatishidagi roli
Tabiiy sharoitda mikroblar uchun suv ma‘lum bir holatda qulay muhit hisoblanadi.
Suvning
doimiy
mikroflorasiga Pseudomonas
Flusorescens, Micrococcus coradidus,
Micrococcus agilus va boshqalar kiradi. Bundan tashqari, suvda ayrim zamburug‗lar,
ekobakteriyalar, arxebakteriyalar, fotobakteriyalar, suv o‗tlari uchraydi. Anaerob bakteriyalar
suvda juda kam uchraydi. Ochiq suv xavzalarining mikroflorasi uning ifloslanish darajasiga va
unga tushadigan chiqindi suvlarning tozalanish darajasiga bog‗liqd
Mikroorganizmlar dengiz va okean suvlarida ham keng tarqalgan. Ularni har xil
chuqurlikdan topishgan (3700-10000 m).Suvning ifloslanish darajasi, ya‘ni suvda uchraydigan
har xil mavjudodlar (hayvon va o‗simlik) yig‗indisi saproblik tushunchasi bilan belgilandi.
Saproblikda 3 ta zona aniqlangan:
1. Polisaprob zona – eng kuchli ifloslangan zona bo‗lib, bunda kislorod kam, organik
birikmalar ko‗p bo‗ladi. 1 ml suvda bakteriyalar soni 1000000 dan ko‗p bo‗ladi. bunda chirish va
bijg‗ishda ishtirok etuvchi ichak tayoqchasi va anaerob bakteriyalar ko‗p bo‗ladi.
2. Mezosaprob zona – o‗rtacha ifloslangan zona, bu zonada organik moddalarning intensiv
oksidlanishi va nitrifikatsiyalanishi orqali minerallanishi kuzatiladi. Bu zonada 1 ml suvda
mikroblar soni 100 000 ni tashkil qiladi. Ichak tayoqchasining soni ancha kam bo‗ladi.
3. Oligosaprob zona – toza suv hisoblanadi. 1 ml suvdagi mikroblar soni bir necha 10 yoki
100 tani tashkil qiladi. Ichak tayoqchasi bo‗lmaydi. Ifloslanish darajasiga qarab suvda har
xil patogen mikroblar bo‗lishi va bir muncha vaqt saqlanishi mumkin. Masalan, qorin tifi
qo‗zg‗atuvchisi - 2 kundan 3 oygacha, shigellalar - 3-5 kundan, leptospiralar - 7 kundan-5
oygacha, vabo vibrioni - 25 kundanbir necha oygacha, tulyaremiya - 3 oygacha va h.k.
Agar 1 ml vodoprovod suvdagi mikrob soni 100 bo‗lsa yaxshi, 100-150 bo‗lsa shubxali,
500 va undan ortiq bo‗lsa ifloslangan hisoblanadi. Quduq va ochiq suv xavzalarida 1 ml suvda
100 ortiq mikrob bo‗lmasligi darajasi kerak. Suvning tozalik darajasi undagi E.Coli ning soniga
qarab aniqlanadi.
Suvning axlat bilan ifloslanish darajasi koli-titr va koli-indeks orqali ifodalanadi. Bitta
E.Coli topilgan suvning eng kam miqdori (ml) yoki chuqur moddaning grammi koli-titr
deyiladi. Vodoprovod suvining koli-titri 300 dan kam bo‗masligi kerak. (300-500 bo‗lsa yaxshi
hisoblanadi). 1 litr suvda yoki 1 kg tekshirilayotgan materialda E.Coli ning soni koli-indeks
deyiladi. Ichimlik suvida koli-indeks 2-3 dan oshmasligi kerak. Suvning tozaligi bakteriologik
usulda koli-titr va koli-indeksni aniqlash yo‗li bilan tekshirib turiladi.
2.Tuproq mikroflorasi. Tuproq unumdorligini undagi bakteriyalarga bog‗liqligi. Tuproq
orqali tarqaladigan kasalliklar.
Tuproq mikroflorasini o‗rganishda olimlardan V.V.Dokuchaev, P.A.Kostqchev,
S.N.Vinogradskiy, V.R.Vilyams va boshqalarning qilgan ishlarining ahamiyati katta.
Tuproq prokariot va eokariotlarning yashashi va ko‗payishi uchun eng qulay ob‘ektdir.
Tuproqdagi organik va mineral birikmalarning tarkibini undagi mikroblar biotsenozini tashkil
89
qiladigan bakteriyalar, zamburug‗lar, sodda jonivorlar va bakteriyalar boshqarib turadi.Tuproq
biotsenozida albatta yuqori turuvchi o‗simliklar, hashoratlar, hayvonlar alohida o‗rin tutadi.
Tuproqdagi mikroblar soni va turi doimo bir hilda bo‗lmasdan, ular tuproqning kimyoviy
tarkibi, namligi, temperaturasi, Rn sharoiti va boshqa holatlariga bog‗liq bo‗ladi. namligi va
ozuqa moddalari kam bo‗lgan ko‗mlik tuproqlarida 1 gr da 10
5
gacha, ishlov beriladigan
tuproqlarida esa 10
8
-10
9
gacha bakteriyalar bo‗ladi. Odatda 1 ga tuproqdagi tirik organizmlar
soni 1 tonna gacha etadi. Bakteriyalarning eng ko‗p qismi tuproqda 5-15 sm chuqurligida
bo‗ladi. 1,5 chuqurlikda esa kam bo‗ladi. Tuproqda har xil autotrof va geterotroflar, aerob va
anaeroblar, termo-, lizo- va psixrofill bakteriyalar yashaydi. Bularning ichida erkin holatda
yashovchi, azotfiksiya qiluvchi Azotobacter Lar, Nocardia va Clostridii larning ayrim turlari,
dukkakli o‗simliklarning bakteriyalari - Rigobium Lar, nitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalar
avlodiga kiruvchi Nitrosomonas, Nitrobacter, Psevdomonas va zamburug‗lar, denitrifikatsiya
qiluvchi bakteriyalar Tiobacylus denitrificans, ammonifikatsiya qiluvchi bakteriyalar va
boshqalar kiradi. Organik moddalarga boy bo‗lgan tuproqlarda ko‗p miqdorda aerob va anaerob
bakteriyalar aktinomitsetlar, zamburug‗lar, sodda jonivorlar bo‗ladi.
Tuproq mikrob biotsenozining o‗zgarishi uchun hosildorligiga, fasildagi temperatura va
namlikning
o‗zgarishiga
bog‗liqdir.
Hosildor
tuproqlarda
Achromobacteriaceae,
Pseudomonodaceae, Bacillaceae va boshqa oilalarga kiruvchibakteriyalar ko‗proq bo‗ladi. Ular
kuchli fermentativ xossaga ega bo‗lganliklari uchun tuproqning Rn ni kislotalik tarafga
o‗zgartiradilar. Bu sharoitda esa sut achitqisi bakteriyalari, achitqilar mo‗g‗or zamburug‗lari va
bakteriyalar yaxshi ko‗payadi va ular moddalarni yaxshi parchalaydilar. Natijada hosil bo‗lgan
kiribnatlar muhit sharoitini neytrallanishiga va ishqoriy tarafga o‗zgarishga olib keladi. Natijada
qishloq xo‗jaligi o‗simliklari yaxshi o‗smaydi. Undan so‗ng tuproqning tarkibidagi
bakteriyalarning vegetativ formalarini soni kamayib ketadi, ya‘ni ular o‗ladi, spora hosil qiluvchi
bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug‗lar, sodda jonivorlarning sistalari esa ko‗payib ketadi.
Biotsenozning bunday o‗zgarishi tuproqning tarkibidagi mikroblarning oqsilni ammiak va H
2
S
hosil qilib parchalashi va ularni keyinchalik nitratlar vasulfidlariga oksidlanib, tuproqning
kimyoviy tarkibini o‗zgarishiga olib keladi. Bu holat esa tuproqda yangi biotsenozning hosil
bo‗lishiga, ya‘ni mikobakteriyalar, aktinomitsetlar, yuqori turuvchi zamburug‗larning
ko‗payishiga olib keladi. Bunday hollarda sodda jonivorlarning faolligi oshadi va ular
bakteriyalar va bakteriotsidlarni kamayishiga sabab bo‗ladi (ularni ―eydi‖). Tuproq har xil
mineral o‗g‗itlarni solish, yuqorida ko‗rsatilgan biotsenozni izdan chiqarishi mumkin.
Tuproqqa har xil chiqindilar turli kasalliklardan o‗lgan odam va hayvon tanalari bilan
patogen va shartli patogen mikroblar tushishi mumkin. Ko‗pchilik bakteriyalar odam va
hayvonlarning siydik va pateslani bilan tushadi va ma‘lum bir vaqtgacha saqlanadi. Ularning
saqlanish muddati tuproq biotsenozdagi doimiy bakteriyalarning antagonistik xususiyatiga va
tashqi muhit sharoitiga bog‗liq. Bakteriyalarning vegetativ formalari tezroq nobud bo‗ladi, ya‘ni
bir necha kundan bir necha oygacha. Sporalari esa bir necha o‗n yillab saqlanishi mumkin. M.V.
Antracis, Cl. Tetani va boshqa.
Tuproqning sanitar-gigienik holati undagi termofil bakteriyalar holatiga va najas bilan
ifloslanishi darajasiga bog‗liqdir.
Tuprofning shartli patogen va patogen mikroblar – esherixiyalar, salmonellalar, batsillalar,
klostridiyalar bilan ifloslanishi katta epidemiologik ahamiyatga egadir. Asosan bir gr. tuproq
tarkibidagi nitrobakteriyalar va enterobakteriyalar (Citrobacter, Entetobacter), Str. Fecalis, Cl.
Perfringens lar soni aniqlanadi. Bunda sitrobakter va enterobakteriyalar tuproqning eskidan
ifloslanganligi, E.Coli va Str.Fecalis – yangi ifloslanganligi, Cl. Perfringens esa juda eski
ifloslanganligini bildiradi, ya‘ni laboratoriya tekshirish usuli bilan tuproqdagi koli-titr va
perfringens
90
3. Havo mikroflorasi. Havo orqali tarqaladigan kasalliklar.
Havodagi mikroblar juda hilma-hil va ularning soni ko‗p faktorlarga bog‗liqYA‘ni,
havoning mineral Sa organik birikmalar bilan ifloslanishiga, temperaturaga, yog‗ingarchilikka,
yilning fasliga, namlikka, geografik joylanishishiga va boshqalarga bog‗liq.
Havoda chang, qurum qanchalik ko‗p bo‗lsa, mikroblar ham shunchalik ko‗p bo‗ladi.
Tog‗li joylarda, o‗rmonlarda, dengiz va okeanlar ustidagi havoda mikroblar soni kam bo‗ladi.
Havoga mikroblar tuproqdan, o‗simliklardan, hayvon organizmidan tushadi. Havoda ko‗pincha
pigment hosil qiluvchi saprofitlar (meningokokklar va sarsinalar) sporalik bakteriyalar (B.cerius,
B. Megaterium) aktinomitsetlar. Mo‗g‗or va achitqi zamburug‗lari va bakteriyalar uchraydi. 1 m
3
havodagi mikroblar soni har xil bo‗ladi.
Havo mikroflorasini shartli ravishda doimiy, ya‘ni tez-tez uchraydigan va almashinib
turadigan bakteriyalarga bo‗lish mumkin. Havoning doimiy mikroflorasi, asosan tuproq
mikroflorasi hisobiga shakllanadi, ko‗proq turli xil pigment hosil qiluvchi kokklar, spora hosil
qiluvchi batsillalar, antinomitsetlar, zamburug‗lar, viruslar bo‗ladi. Pigment hosil qiluvchi
bakteriyalar o‗zining tarkibidagi karotinoidlar hisobiga quyosh nuriga ma‘lum darajada chidamli
hisoblanadi va ularning havoda uzoq vaqt saqlanishini ta‘minlaydi. Ba‘zi tadqiqotchilarning
fikricha, bu bakteriyalar xatto havoda ko‗paya oladi.havoda tuproq-chang zarralari kamaysa,
havo bir muncha tozalanadi. SHuning uchun 500 metr balandlikdagi 1x3 ha voda bor yo‗g‗i 1000
ta mikrob uchraydi. Toza havo ko‗pincha tog‗, o‗rmon va ko‗kalamzorlashtirilgan joylarda
bo‗ladi, chunki daraxt, ko‗kat va ular bag‗rida chang ushlanib qoladi. Patogen va shartli patogen
mikroorganizmlar, kasal odam yoki hayvonlar, shuningdek, bakteriyalar tashuvchilardan havoga
tomchi aerozollari ko‗rinishida tushadi.
Havo mikroflorasini aniqlash usullari.
Sedimentatsiion usul (Kox) 2 ta oziqli agar quyilgan Petri kosachasi ochiholda60 min.
Davomida stol ustiga qo‗yiladi. So‗ng 37
0
S datermostatga joylashtiriladi. 2 la kosachalardan
o‗sib chiqqan koloniyalar soniga qarab natija chiqariladi. 250 dan kam koloniya usib chiqsa,
havo toza hisoblanadi, koloniyalar soni 250-500 ta bo‗lsa, havo o‗rtacha ifloslangan, agar 500
dan ortiq bo‗lsa nihoyatda ifloslangan bo‗ladi. 2-usul aspiratsion yoki Krotov usuli. Bu havodagi
mikroblar sonini aniqlashda juda ham aniq usul hisoblanadi. Havo apparat yordamida ekiladi.
Krotov apparatiga havo ma‘lum tezlikda oziqli agarli kosachaga yopib turgan pleksiglas
plastinkaning tor yorig‗idan surilib uriladi. Bunda mikroorganizmlarga ega bo‗lgan aerozol
zarrachalari bir tekis agar yuzasiga joylashadi, chunki kosacha yorig‗ining tagida doimiy aylanib
turadi. Termostatga quyilgandan so‗ng formula bo‗yicha mikrob soni hisoblanadi.
X=ax1000 V
A-kosachada hosil bo‗lgan koloniyalar soni;
V-apparat orqali surib o‗tkazilgan havoning hajmi;
1000 tekshiriluvchi xonaning o‗rtacha hajmi.
Havodagi sanitar-ko‗rsatkichli mikroblarni aniqlashda oziqli agardan, gemolitik
streptokokklar uchun esa gensian binafsha qo‗shilgan qonli agardan foydalaniladi. Keyinchalik
koloniyalar mikroskop ostida ko‗riladi. Gumon qilingan koloniyalar esa qaytadan qonli agarga
ekiladi. Staph aureus havoni tuxum sarig‗ini tuzli agariga ekish usuli bilan ajratib olinadi.
Kasalxona ichida tillarang stafilokokk paydo bo‗lganda tekshirishlar infeksiya manbaini
tarqalish yo‗llarini aniqlashga qaratiladi.
4. Inson tana normal mikroflorasi
Inson hayotini birinchi kunidan boshlab juda ko‘p son-sanoqsiz mikroorganizm vakillari
bilan favqulotda aloqada bo‘lib turadi. Ona bachadonida homila steril bo‘ladi. Bola tug‘ilishidan
boshlab, bir necha yillar ichida har bir biotipga xos mikroflora shakllanadi Turli bakteriyalar va
mikrohayotning boshqa vakillari chaqoloqning terisi va shilliq qavvatlari bilan kontakda
bo‘ladi.Bularning ba‘zilari organizm uchun patogen bo‘lsa, bularga qarshi organizm kurashishi
zarur, boshqalari esa organizm bilan uzviy aloqada (simbioz) yashab, foyda keltiradi, ko‘pchiligi
esa kommensal xisoblanib organizmga na foyda keltiradi na ziyon. Inson organizmidagi asosiy
91
mikroorganizmlar makroorganizm xisobiga yashaydi u bilan juda yaqin uzviy aloqada bo‘lib
odamning hayot faoliyatida juda muhim vazifalarni bajaradi. Sog‘lom odamlarda uchrovchi
mikroorganizmlar yig‘indisi odamning normal mikroflorasini yoki mikrobiosenozini tashkil
qiladi. ―Normal mikroflora‖ termini asosan sog‘lom odam organizimidan doimo va ko‘proq
topiladigon mikroblar yig‘indisiga aytiladi. Normal mikroflora asosan odamlarning terisida va
tashqiy muhit bilan bevosta aloqada bo‘lgan organlarida ( yuqori nafas yo‘llari, oshqozon ichak
sistemasi, siydik tanosil organlari) uchraydi va shu organlarda mikroorganizmlarning ma‘lum
biotoplarini,
mikrobiosenozini
shakillantiradi.
Har
bir
odam
bitopida
uchrovchi
mikroorganizmlar o‘zlarining tarkibi va miqdori jihatdan boshqa biotoplardan tubdan farq
qiladi.
Eng
kam
mikroorganizmlar
terida
uchraydi
va
organizmning
umumiy
mikroorganizmlarga nisbatan 2% tashkil qiladi, 9% gacha urogenital traktga, 15-16 % halqum –
og‘iz bo‘shlig‘iga to‘g‘ri kelsa 60-70 % oshqozon ichak traktida uchraydi. Mikroorganizmlarga
eng boy organlar og‘iz bo‘shlig‘i, qin va yo‘g‘on ichak xisoblanadi. Chaqaloq mikroflora bilan
tug‘ilmaydi, mikrobiosenozlar bolalarning hayoti jarayonida shakillanadi. Ona bachadonida homila
steril bo‘ladi. Bola tug‘ilishidan boshlab, bir necha yillar ichida har bir biotipga xos mikroflora
(onaning tug‘ish yo‘llari, terisi, suti, tashqi muhit – havo, tuproq oziq ovqatlar mikroflorasi
xisobiga) shakillanadi.
Me‘yoriy ichak mikroflorasining holatiga endogen va ekzogen omillar doimiy ravishda ta‘sir
etib turadi. Ekzogen omillarga klimatogeografik, ekologik, kasbiy-maishiy sharoitlar va boshqalar
kiradi. Endogen omillariga esa somatik kasalliklar, organizmning turli biotoplardagi shartli-
patogen bakteriyalar keltirib chiqaruvchi kasalliklar, tug‘ma immun tanqisliklar va b. kiradi.
Oxirgi vaqtlarda mikrofloraning buzilishi, immun va asab tizimidagi kasalliklar bilan
birgalikda namoyon bo‘lishi kuzatilmokda.
Fiziologik sharoitda ichak shilliq qavati bioplenka - bakterial glikokaliks bilan qoplangan
bo‘lib, uning tarkibida mikroblarning ekzopolisaxaridlar matriksi va shilliq qavat qadahsimon
hujayralarning musini mavjud. Bu plenkaning qalinligi 1-10 mikron bo‘lishiga qaramasdan, undagi
indigen flora mikrokoloniyalarining miqdori bir necha yuz-mingtani tashkil qilib, bu plenka
ichidagi bakteriyalarning noqulay omillar ta‘siriga chidamliligi boshqa bakteriyalarga nisbatan o‘n,
yuz marotaba yuqoridir.
Normal ichak mikroflorasi 450 dan ortiq mikroorganizmlardan tashkil topib, hujayin
organizmining metabolizmida va ichakda kolonizasion rezistentlikni shakllanishida
ishtirok etadi. Ichakning mikroblar to‘plami makroorganizmda moddalar almashinuvi
jarayonlarining holatini aniqlaydi, bir tomondan, biologik faol birikmalarni zararsizlantirib,
hazm bo‘lmagan ozuqa moddalarini o‘zlashtirsa, ikkinchi tomondan V gurux vitaminlarini,
vitamin K, nikotin, folin va askorbin kislotalarni, ayrim fermentlarni sintezlaydi.
Makroorganizmning immunobiologik reaktivligini shakllanishida mikrofloraning muhim
o‘rni e‘tirof qilinadi, buning natijasida organizmda umumiy immunoglobulinlar mikdori
boshqariladi. Shunday qilib, me‘yoriy ichak mikroflorasining o‘ziga xos - himoya, modda
almashinuv, immun faollashtiruvchi vazifalari aniqlangan va ularning birortasining izdan
chiqishi
metobolizmning
buzilishiga,
natijada
mikronutrientlarning
-vitaminlarning,
mikroelementlarning, mineral moddalarning yetishmovchiligiga, hamda immun holatning
pasayishiga, bu esa makroorganizm a‘zo va tizimlarida qaytmas jarayonlarni kelib chiqishiga
sabab bo‘ladi.
Inson mikroflorasida dominant mikroorganizmlar hisoblangan spora hosil qilmaydigan
qat‘iy anaerob bakteriyalarni ajratib olishda, material olib, ekishgacha bo‘lgan vaqtda bu
mikroorganizmlar O
2
ning letal ta‘siridan himoyalangan bo‘lishi lozim. Shuning uchun bemor
najasi transportirovkasida rezina tiqinli probirkalardan foydalaniladi. Vaginal material maxsus
transport oziq muhiti hisoblangan – tioglikol oziq muhiti solingan rezina tiqinli probirkada olib
kelinadi. Ma‘lumki, material olinib, ekishgacha bo‘lgan vaqt 2 soatdan oshmasligi kerak.
Laboratoriyaga olib kelingan najasning chukur kismidan 1 g tortib, vaginal suyuqlik bo‘lsa
1 ml olamiz va 9ml bufer eritmasida aralashtiriladi. Bu ham aerob, ham anaerob
bakteriyalarning bir tekis tarqalishi va ularning tirik saqlanishi uchun sharoit yaratadi. Bu
92
eritmalarni 10
1
dan 10
10
darajasigacha suyultiriladi va ularning har biridan tegishli oziqa
muhitlariga turli aerob, hamda anaerob mikroorganizmlarni ajratib olish uchun ekiladi.
Anaerob bakteriyalar normal ichak mikroflorasining 98-99% ni, aerob flora esa 1-2% ni
tashkil qilishini hisobga olinib, ularni o‘stirishda kimyoviy modda tutadigan gaz paketchalari
joylashtirilgan mikroanaerostatdan foydalanish mumkin(anarob bakteriyalarni ajratib olish
usullariga qaralsin).
1
Gr(-) spora hosil qilmaydigan qat‘iy anaerob bakteriyalar natriy-azid qo‘shilgan qonli va
bakteroidlar uchun agarlarda o‘stiraldi. Inkubasiya vaqti 35
0
C da 72 soat Bu oziq muhitlarda
bakteroidlar yaxshi o‘sadi. Bakteroidlar kulrang, to‘q jigarrang, qora koloniyalar hosil qilib,
shakli - grammanfiy polimorf tayoqcha, spora hosil qilmaydi, katalaza manfiy. Bakteroidlar qatiy
anaerob hisoblanib, anaerostatlarda 2-4 kun o‘stiriladi.
Gram (+) qat‘iy anaerob bakteriyalar ―Blourokko‖ va ―Hime-dia‖ firmasining
―Bifidobakteriyalar uchun agar‖ oziq muhitlarida 37,5
0
-38
0
S da 48 soat anaerob sharoitda o‘sadi.
Bifidobakteriyalar disk ko‘rinishdagi koloniyalar hosil qiladi. Bu agarda boshqa anaeroblar ham
o‘sishi mumkin. Shuning uchun koloniyalardan surtma tayyorlanib ko‘rildi.
Dostları ilə paylaş: |