212
Loyihalar soha va tarmoqlarda keltiradigan samarasi, foydalanish ko‘lami va
mo‘ljallanganlik darajasiga qarab turlicha talqin va tahlil etiladi.(8.3-rasm)
Innovatsion loyihalar dasturning ayrim yo‘nalishlarini (topshiriq, bo‘limlarni)
amalga oshirgan holda ilmiy-texnikaviy dastur tarkibida hamda fan va texnika
taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarida muayyan muammoni hal qilgan ravishda
mustaqil shakllantirilishi mumkin.
Innovatsion loyihalarning vazifalari. Muhim
ilmiy-texnikaviy muammo
(vazifa) larning hal qilinishini ta‘minlash uchun innovatsion loyihalarni
shakllantirish quyidagilarni ta‘minlaydi:
-ilmiy-texnikaviy rivojlanishning muayyan vazifasi (maqsadi) ni hal qilishga
majmuaviy, tizimli yondashish;
-ilmiy-texnikaviy rivojlanishning maqsadlarini miqdoran aniqlashtirish va
innovatsiyalarni boshqarishda loyihaning pirovard maqsadlari
va natijalarini aniq
aks ettirish;
-innovatsion
loyihalarni
amalga
oshirish
uchun
resurslarning
muvozanatlashuvi;
-idoralararo muvofiqlashtirish va loyiha bo‘yicha murakkab majmuaviy
ishlarni samarali boshqarish.
Innovatsion loyihalarning turlari. Ilmiy-texnikaviy rivojlanishning mumkin
bo‘lgan maqsad va vazifalarining xilma-xilligi innovatsion
loyiha turlarining
g‘oyatda turli-tumanligini belgilab beradi. Ularning umumqabul qilingan tasnifi
mavjud emas. Innovatsion loyihalarni ularning amalga oshirilish davri,
loyiha
maqsadlarining tavsifi, qondiriladigan ehtiyoj turi, innovatsiyalar tipi va qabul
qilinadigan qarorlar darajasi kabi belgilar bo‘yicha
tasniflash maqsadga
muvofiqdir.
Loyihani ro‘yobga chiqarish va uning maqsadlariga erishishga sarflanadigan
vaqtga ko‘ra innovatsion loyihalar uzoq muddatli, o‘rta muddatli va qisqa muddatli
loyihalar bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatli (strategik) loyihalarning amalga
oshirilish davri 5 yilni, o‘rta muddatli loyihalarniki 3 dan 5 yilgacha,
qisqa
muddatlilariniki esa 3 yildan kam bo‘lgan davrni tashkil etadi.
213
Innovatsion loyihalar klassifikatsiyasi innovatsiyalar klassifikatsiyasi asosida
amalga oshiriladi. Istalgan darajadagi innovatsiya loyihasi quyidagilarni o'z ichiga
olishi kerak:
126
-
muammoning mazmuni va dolzarbligi;
-
loyiha
rahbarining qisqacha xulosasi;
-
loyihning "maqsadlar daraxti"ni amalga oshirish bo'yicha tadbirlar tizimi;
-
loyihani kompleks asoslash;
-
loyiha amalga oshirilishini kompleks ta'minlash;
-
ilmiy-texnik kengash tavsifi;
-
loyihaning ekspert xulosasi;
-
loyihani amalga oshirish mexanizmi va motivatsiya tizimi.
Amalga oshirish mexanizmi:
-
tashkilotning tuzilmasidan;
-
kompleks ta'minlash rejalaridan;
-
vazifalarni nazorat qilish va boshqarishdan iborat bo'ladi.
Quyidagi jadvalda innovatsion loyihalarning turli soha va tarmoqlarda
turlicha bo‘lishi nuqtai nazariga ko‘ra keng klassifikatsiyalanganligini
guvohi
bo‘lishimiz mumkin.
8.1- jadval
Dostları ilə paylaş: