Investitsion tahlil. Investitsion tahlil – bu investorlarning samarali qaror
qabul qilishi uchun investitsiyalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini
ishlab chiqish, asoslash va baholash uchun bajariladigan metodik va amaliy
uslublar, usullar majmuidir.
Mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar har bitta korxonaning asosiy maqsadi
foyda olish va iqtisodiy salohiyatni o‗stirishga qaratilgan. Investitsiyalar ushbu
maqsadga erishishning vositasidir. Ammo, har bir sarmoyadorning qarorlari
103
muvaffaqiyatli bo‗lishi uchun investitsion tahlil natijalariga asoslangan bo‗lishi
lozim.
To‗g‗ri va o‗z vaqtida o‗tkazilgan
investitsion tahlil quyidagi vazifalarni hal
qilish imkonini beradi:
- investitsiyalarning real ehtiyojlarini va investitsiyalar uchun zarur shart-
sharoitlarning mavjudligini baholash;
- korxonaning taktik va strategik maqsadlarini inobatga olgan holda
sarmoyaviy yechimlarini tanlash;
- investitsiyalarning haqiqiy natijalariga, rejalashtirilgan yoki rejadan chetga
chiqishlarga ta‘sir etuvchi barcha omillarni aniqlash;
- investitsiyalarni amalga oshirishda investorlar uchun xavf-xatarlarni
aniqlash;
- korxonalarning sifat ko‗rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan investitsion
monitoringdan keyingi tavsiyalarni ishlab chiqish.
Investitsion tahlilning
turlari bo„yicha : kapital qo‗yilmalarga investitsiyalar
va moliyaviy investitsiyalar tahliliga ajratiladi.
Investitsiyalar
obyekti bo„yicha : to‗liq korxona tahlili va alohida investitson
jarayonlar tahliliga bo‗linadi.
Davri bo„yicha : investitsiya oldi, joriy, operativ va investitsion faoliyatdan
keyingi tahlilga ajratiladi.
Analitik izlanishlar hajmi bo‗yicha to‗liq va tematik tahlil turlariga
bo‗linadi.
Shakli bo„yicha investitsion tahlil: ichki va tashqi tahlil turlariga ajratiladi.
Investitson tahlil quyidagi tizimli ketma-ketlikda o‗tkaziladi:
- zarur axborotlarni tanlash va tayyorlash;
- dastlabki axborotni qayta ishlash va tahliliy axborotni shakllantirish;
- analitik axborotni talqin qilish;
- xulosa va tavsiyalarni tayyorlash.
Investitsion tahlil ikkita muhim bosqichni o‗z ichiga oladi.Ularning har biri
o‗z ichiga yana bir necha bosqichlarni oladi:
104
1-investitsion loyihaning samaradorligini baholash;
2-risklarni baholash.
Investitsion tahlilda moliyaviy tahlilning gorizontal, vertikal, trend,
qiyoslash, koeffitsiyent, integral usullaridan foydalaniladi.