Qimmatli qog‘ozlar tahlili. Tahlilning maqsadi – qimmatli qog‗ozlar
bo‗yicha kelajakdagi xatti-harakatni aniqlik bilan taxmin qilishga qaratilgan. Tahlil
qilmasdan sarmoyadorlar bozorda nima bo‗layotganligini bila olmaydilar.
Eng
istiqbolli
kompaniyalar,
emitentlar
ham
oxir-oqibatda
muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Boshqa tomondan kichik va noqobil
kompaniyalar tez va kutilmagan tarzda natijalarga erishib‚ ularning ulushi keskin
ortib ketishi mumkin.
Barcha ishtirokchilar qaysi kompaniyalar rivojlanib ketmoqda, qaysilarining
rivojlanishi sekinlashgan yoki orqaga ketganligiga qarab aksiyalarni sotib olish
yoki sotish yuzasidan qimmatli qog‗ozlarni tahlil qilishga kirishadilar.
Qimmatli qog‗ozlarning odatda fundamental va texnik tahlil turlari
tarkiblanadi.
Moliyaviy hisobotni bashoratlash. Boshqaruv har doim kelajakka
yo‗nalitirilgan bo‗ladi. Bo‗lib o‗tgan jarayonni ortga qaytarib bo‗lmaydi. Lekin
uning natijalariga qarab kelajak rejasini tuzish, kelajakdagi boshqaruvning
optimalligini, samaradorligini ta‘minlash choralarini ko‗rish mumkin.
Moliyaviy hisobotlarni bashoratlash nima uchun kerak? Moliyaviy
hisobotlarni bashoratlash asosida moliyaviy holat, natija, pul harakati, kapital
o‗zgarishidagi har qanday ko‗rsatkichni oldindan kutilishini bashoratlash mumkin.
Bashoratlash moliyaviy hisobotlar ma‘lumotlari asosida hisob-kitob
qilinadigan har qanday ko‗rsatkichni oldindan aniqlash imkonini beradi. Bu esa
korxonaning moliyaviy holati, natijalari, pul oqimi yuzasidan oddindan kutilishi
mumkin bo‗lgan holatni aniqlashga imkon beradi. To‗g‗ri, oldindan aniqlangan
ko‗rsatkichning aniqligi ta‘minlab bo‗lmaydi. Chunki unga ta‘sir etuvchi ichki va
tashqi omillar, shuningdek‚ boshqaruv apparati tomonidan qabul qilinadigan
qarorlar aniqlikni qay jihatdandir o‗zgarishiga sabab bo‗ladi.
105
Bashoratlashda murakkab modellashtirish tizimidan foydalaniladi. Risklarni
baholash masalasi bu borada o‗ta murakkab va qiyin jarayon hisoblanadi.
Balans moddalarini
bashoratlashda quyidagi