Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


  3.4. Iqtisodiy tahlilning asosiy bo„limlari: moliyaviy hisobot tahlili



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

 


100 
3.4. Iqtisodiy tahlilning asosiy bo„limlari: moliyaviy hisobot tahlili, 
investitsion tahlil, qimmatli qog„ozlar bozoridagi jarayonlar tahlili, moliyaviy 
hisobotni bashoratlash. 
 
Moliyaviy hisobot tahlili.
 
Moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi moliyaviy 
hisobotlar hisoblanadi. Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki 
ular bilan bog‗liq bo‗lgan izohlar, mo‗ljallar va tushuntirishlarni ham o‗z ichiga 
oladi. 
Moliyaviy hisobotlar xo‗jalik yurituvchi subyektining moliyaviy holati, 
moliyaviy natijalari va pul oqimlari, xususiy kapital to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni 
jamlaydi, shuningdek‚ ularga ishonib topshirilgan resurslar boshqarilishining 
natijalarini aks ettiradi. 
Moliyaviy hisobotlar xo‗jalik yurituvchi subyektga tegishli bo‗lgan quyidagi 
jihatlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni ta‘minlaydi: 
- aktivlar; 
- majburiyatlar; 
- kapital; 
- daromad va xarajatlar, jumladan foyda va zararlar; 
- mulk egalari tomonidan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi 
qilingan qo‗yilmalar va ularga taqsimlanadigan summalar;
- pul oqimlari. 
Ushbu 
ma‘lumotlar, izohlardagi boshqa ma‘lumotlar moliyaviy 
hisobotlardan foydalanuvchilarga xo‗jalik yurituvchi subyektning kelgusi pul 
oqimlarini va, xususan, ularning muddatini va aniqliligini bashorat qilishga 
yordam beradi. 
Moliyaviy hisobotlarning to‗liq to‗plami quyidagilarni qamrab oladi: 
- davr oxiriga moliyaviy holat to‗g‗risidagi hisobot; 
- davr uchun foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad 
to‗g‗risidagi hisobot; 
- davr uchun kapitaldagi o‗zgarishlar to‗g‗risidagi hisobot; 


101 
g) davr uchun pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot; 
- izohlar, ya‘ni ahamiyatli hisob siyosatlarining va boshqa tushuntirish 
ma‘lumotlarining qisqa bayonini qamrab olgan izohlar; 
- oldingi davr uchun qiyosiy ma‘lumotlarni;
- moliyaviy holat to‗g‗risidagi oldingi davrga tegishli (retrospektiv tahlil 
yuzasidan) ma‘lumotlarni.
Xo‗jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotlarining to‗liq to‗plamida 
barcha moliyaviy hisobotlarni teng darajada taqdim etishi lozim. 
Ko‗pgina xo‗jalik yurituvchi subyektlari, moliyaviy hisobotlardan tashqari, 
xo‗jalik yurituvchi subyektining rahbariyati tomonidan tayyorlangan‚ uning 
moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining asosiy jihatlarini hamda u duch 
keladigan asosiy noaniqliklarni sharhlaydigan va tushuntiradigan moliyaviy 
tahlilni ham taqdim etadilar. Bunday hisobot quyidagilarni o‗z ichiga olishi 
mumkin: 
- moliyaviy natijalarni shakllantirgan asosiy omillar va ta‘sirlar, jumladan 
xo‗jalik yurituvchi subyekti faoliyat ko‗rsatadigan muhitdagi o‗zgarishlar, xo‗jalik 
yurituvchi subyektning ushbu o‗zgarishlarga javoban choralari va ularning ta‘siri, 
hamda xo‗jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalarni saqlab qolish va 
ko‗paytirishga qaratilgan investitsion siyosati, jumladan uning dividend siyosati; 
- xo‗jalik yurituvchi subyektning faoliyatini moliyalashtirish manbalari va u 
tomonidan ko‗zlangan majburiyatlarning kapitalga nisbati koeffitsiyenti;
- xo‗jalik yurituvchi subyektining MHXSlarga muvofiq moliyaviy holat 
to‗g‗risidagi hisobotda tan olinmagan resurslari. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlari, moliyaviy hisobotlardan tashqari, ekologik 
hisobotlar va qo‗shilgan qiymat to‗g‗risidagi rasmiy axborotlar kabi hisobotlarni 
va rasmiy axborotlarni, xususan ekologik omillar ahamiyatli bo‗lgan sohalarda va 
qachonki, xodimlar ahamiyatli foydalanuvchilar guruhi sifatida inobatga 
olinganda, taqdim etadilar.
Moliyaviy hisobotlar tahlilida o‗rganiladigan mavzularni quyidagicha 
tarkiblash mumkin: 


102 
Moliyaviy hisobotlar tahlilining 
umumiy mavzulari

- Buxgalteriya balansi va moliyaviy holat tahlili; 
- Moliyaviy natijalar va rentabellik tahlili; 
- Pul oqimlari va valyuta mablag‗lari harakatini tahlili; 
- Xususiy kapital tahlili; 
- Moliyaviy hisobotlarni kompleks tahlili. 
Moliyaviy hisobotlarning 
birlik mavzulari

- Investitsion faoliyat va investitsion jozibadorlik tahlili 
- Bozor va ish aktivligi tahlili 
- Kreditga layoqatlilik tahlili 
- Iqtisodiy nochorlik tahlili 
- Moliyaviy indikatorlar tahlili 
- Risklar tahlili va h.k. 
Xo‗jalik yurituvchi subyekt joriy davrning moliyaviy hisobotlarida aks 
ettirilgan barcha summalar bo‗yicha oldingi davrga nisbatan qiyosiy ma‘lumotlarni 
taqdim etishi lozim. Bu jihatdan xo‗jalik yurituvchi subyekti kamida, ikkita 
moliyaviy holat to‗g‗risidagi hisobotlarni, ikkita foyda yoki zarar va boshqa 
umumlashgan daromadlar to‗g‗risidagi hisobotlarni, ikkita alohida foyda yoki 
zarar to‗g‗risidagi hisobotlarni (agarda taqdim etiladigan bo‗lsa), ikkita pul 
oqimlari to‗g‗risidagi hisobotlarni va ikkita kapitaldagi o‗zgarishlar to‗g‗risidagi 
hisobotlarni hamda tegishli izohlarni taqdim etishi lozim. Bu holat, ma‘lumotlarni 
qiyoslashni, ularni tahlil etishning zaruriyligini belgilab beruvchi asosiy shartdir. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin