81
Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish
to‘g‘risidagi nizomning 11, 12-bandlari). Agar benzin, dizel yoqilg‘isi
va gazning
chakana narxi bilan olish narxi o‘rtasidagi farq belgilangan ustamadan oshib ketsa,
oshgan summa 3 bank kuni davomida mahalliy byudjetga o‘tkaziladi. Avtomobilga
yonilg‘i quyish shoxobchalarida YaST bo‘yicha soliq solinadigan baza ayni shu summaga
kamaytiriladi
(bundan keyin - oshgan summa).
AYoQSh benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moli uchun jismoniy shaxslardan
olinadigan soliq to‘lovchisidir. Soliq summasi realizatsiya
narxida hisobga olinadi va
YaST hisob-kitobi paytida soliq solinadigan yalpi tushumdan ham chegirilishi kerak.
Realizatsiyadan olinadigan yalpi tushum hamda SK 356-moddasi ikkinchi qismining
1-bandiga asosan chegiriladigan summalar buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha
belgilanadi.
Yagona soliq to‘lovi hisob-kitobini to‘ldirish chog‘ida boshqacha vaziyat
shakllanadi, uning shakli avvalo YaST solinmaydigan summalarni kiritgan holda umumiy
yalpi tushumni aks ettirishni nazarda tutadi. Hisob-kitobga zarur ilovalar to‘ldirilganidan
keyin esa soliq solinadigan yalpi tushumdan jami chegirmalar summasi (imtiyozlar
summasi) belgilanadi.
Chunonchi, Hisob-kitobning 010-»Tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan sof
tushum» satri bo‘yicha benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishdan barcha pul
tushumlari, shuningdek benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moliga
soliq hamda oshish
summasini ko‘rsatish kerak. 010-satr ma’lumotlari Hisob-kitobning 040-satri bo‘yicha
soliq solinadigan yalpi tushum tarkibida hisobga olinadi.
Soliq solinadigan yalpi tushumdan chegirmalar summasini belgilash uchun Hisob-
kitobga 3-»Soliq solinadigan yalpi tushumning kamayishi» ilovasini to‘ldirish lozim,
uning 0208-satrida soliq summasi, 0209-satrda esa oshgan summa ko‘rsatiladi.
Chegirmalarning umumiy summasi 3-ilovaning 010-satrida aks ettiriladi,
YaST hisob-
kitobining 0502-satriga ko‘chiriladi va 050-satrda YaST bo‘yicha soliq imtiyozlarining
umumiy summasida ko‘rsatiladi.
Shu tariqa, YaST hisob-kitobi shakliga ko‘ra, soliq solinadigan yalpi tushumni (040-
satr) imtiyozlar summasiga (050-satr) kamaytirish yo‘li bilan soliq solinadigan baza
aniqlanadi (060-satr), u belgilangan stavkaga ko‘paytiriladi va byudjetga to‘lanadigan
YaST summasi hisoblab chiqariladi.
Plastik kartochkalarni qo‘llagan holda tovarlarni realizatsiya qiladigan korxonalar
YaSTning belgilangan stavkasini 10%ga kamaytirishga haqli. Pasaytirilgan stavka benzin,
dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moliga soliq hamda
oshgan summani chegirgan holda,
terminal bo‘yicha to‘lanadigan ulushda to‘lov terminallari orqali olingan tushumga
qo‘llanadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: