Mavzuning qisqacha ta’rifi: Misollarni xona orqali oʻtib ayirish; sonlarni yigʻindi bilan almashtirish; masalani tushuntirish bilan yechdirish; shakllarni perimetrini topdirish.
Oʻquv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi
Metod: Noan’anaviy musobaqa darsi;
Shakl: Kichik guruhlarda ishlash, noan’anaviy:
Jihoz: Darslik tarqatma materiallar, topshiriqlar, testlar, boshqotirma, jadval;
Nazorat: Ogʻzaki nazorat, kuzatish:
Baholash: Oʻquvchilarni ragʻbat kartochkalariga asoslanib 5 ballik reyting tizimida, kerakli me’yoriy xujjatlarda baholash.
Kutilayotgan natija. Oʻquvchilar dars oxirida bilimlarni umumlashtirib oladi:
Darsning maqsad va vazifalari. Ta’limiy: Oʻtilgan darslarda olgan bilimlarni mustahkamlash, xona orqali oʻtib,misollarni yechilishini tushuntirish. Oʻquvchilarning DTS boʻyicha bilim, koʻnikma va malakasini tekshirish. Mavzu borasida keng qamrovli tushuncha berish:
Tarbiyaviy:Oʻquvchilarni halollik va hamjihatlikda ishlashga oʻrgatish. Matematika fani orqali hayotni toʻgʻri tasavvur eta olish malakasini, fanga boʻlgan qiziqishlarini shakllantirish:
Rivojlantiruvchi: Oʻquvchilarni ogʻzaki va yozma malakalarini oshirish, rivojlantirish. Mantiqiy tafakkurlarini oshirish, oʻz fikrini aniq va ravon bayon etish, qobiliyatini rivojlantirish.