BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLARINI OʻQITISHDA DIDAKTIK OʻYINLARDAN FOYDALANISH
Didaktik oʻyinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat? Tajribada shuni koʻrsatadiki, didaktik oʻyinlar hamjihatlik va intizomlikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir oʻyin gʻalaba qozonishga intilish bilan bogʻliq boʻlib, oʻyin shartlari va qoidalariga qat’iy va izchil rioya qilishni talab etadi. “Zinama-zina”, “Eng yaxshi hisobchi”, “Koʻrganni eslab qol” kabi oʻyinlarni oʻtkazish paytida oʻquvchilar sinf xonasida jimjitlik boʻlishiga, oʻquvchilarning oʻzlarini tuta bilishlariga, partadan tovusn chiqarmay turib, oyoq uchida doskada chiqa olishlariga, joylariga osoyishtalik bilan qaytib kelib oʻtkazishlariga, tovushlarni diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn bilan qarashlariga erishadilar.
Darsda oʻyinqaroqlik qilib oʻtiradigan va oʻqituvchini bitta dars davomida 10-15 martagacha tanbeh berishga majbur etadigan bolalar ham uchrab turadi. Biroq oʻyin oʻtkazilayotgan vaqtda bunday bolalarning xulq-atvori tamoman oʻzgarib ketadi. Ular darhol oʻzlarini tutib oladilar, oʻqituvchining oʻyin qoidalarini koʻrsatib berishini kutib oʻtirmaydilar ham, qoidalarini oʻzlari mustaqil bajaradilar. Didaktik oʻyinlar jarayonida bolalarda uyushqoqlik, vaqtni iloji boricha tejay bilish xislatlari tarbiyalanadi. Didaktik oʻyinlarda tirishqoqlik, matonatlilik, boshlangan ishni ohirigacha yetkaza bilish singari eng kerakli irodaviy sifatlar tarbiyalanadi. Masalan “Doiraviy misollar“ oʻyinida oltita misolning hammasini yechish kerak, aks holda, oxirgi sonning birinchisiga toʻgʻri kelish-kelmasligini bilib boʻlmaydi. Ana shuning oʻzi bolalarni faollashatirib yuboradi va ular misolni yechmay qoʻymaydilar.
- Boshlangʻich sinf matematika darslarini oʻqitishda didaktik oʻyinlardan foydalanish metodikasi Matematika fanidan 4-sinflar uchun bir soatlik ochiq dars ishlanmasi.
Darsning texnologik xaritasi
Darsning mavzusi: Koʻp xonali sonlar boʻlimi yuzasidan umumlashtiruvchi dars