Oʻqituvchi: - Bolalar uyga berilgan vazifani eslab olsak.
Oʻquvchi: - 6-7-misol masalalarni bajarib kelish.
Oʻqituvchi: - Berilgan vazifani bajarib keldingizmi?
Oʻquvchilar: - Ha, bajarib keldik.
Oʻqituvchi: - Tekshirib koʻramiz.
Xona orqali oʻtib qoʻshish mavzusi boʻyicha oʻquvchilar egallagan bilimlari tarqatma materiallar orqali mustahkamlanadi, guruhlarga tarqatiladi.
Guruhlarga berilgan topshiriqlar ogʻzaki savol javob orqali tekshiriladi. Qaysi guruh toʻgʻri va tez bajarsa ragʻbatlantirilib boriladi.
1 guruh 2 guruh 3 guruh
Oʻtgan mavzuni mustahkamlashda “Klaster” usulidan foydalanamiz.
III Bosqich. Yangi mavzuni bayoni. 1-misol.
42-5= koʻrinishidagi misollarni xona orqali oʻtib ayirish usullari tushuntiriladi. 42 sonida 4 ta oʻnlik, 2 ta birlik 5 sonida 5 ta birlik bor. 5 ta birlik 2 ta birlik va 3 ta birlikni qoʻshiluvchilarga ajratiladi.
42 – 5 = 42 – 2 – 3 = ( 42 – 2 ) – 3 = 40 – 3 = 37 ^ 2 3 Oʻqituvchi misolni doskada yozib tushuntiradi. Oʻquvchilar daftarlariga yozadilar.
57 – 9 = 57 – 7 – 2 = ( 57 – 7 ) – 2 = 50 – 2 = 48 ^ 7 2 Misolning birinchisi tushuntiriladi. Qolgani guruhlarga beriladi. Oʻquvchilar doskaga chiqib bajaradilar. Toʻgʻri bajargan guruhlar ragʻbatlantirilib boriladi.
Dam olish daqiqasi. Oʻquvchilar bilan matematik topishmoqlar aytamiz va topamiz.
Oʻynar 3 ta qiz bola,
Goʻyo ochilgan lola.
Doʻstlar keldi beshta,
Ayt ular boʻldi nechta? 3 + 5 = 8 Shaklim oʻxshar vergulga
Oltiga qarindoshman
Bir xonali sonlarga
Shu yoshda karvonboshman.