Umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun uslubiy koʻrsatma



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə1/12
tarix28.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#150209
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLARINI OʻQITISHDA DIDAKTIK OʻYINLARDAN FOYDALANISH




SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZ
MAKTABGACHA, BOSHLANGʻICH VA MAXSUS TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLARINI OʻQITISHDA DIDAKTIK OʻYINLARDAN FOYDALANISH
(umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun uslubiy koʻrsatma)
S amarqand – 2018
Rabbanayeva Dildora. Boshlangʻich sinf matematika darslarini oʻqitishda didaktik oʻyinlardan foydalanish. Umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun uslubiy koʻrsatma. – SamDU XTXQTUMOHM, 2018-yil. 32 bet.

Mas’ul muharrir: A.Abdumannotov – SamDU XTXQTUMOHM,


Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus
ta’lim ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti
Taqrizchilar: X.Rabbanaqulov – SamDU, Boshlangʻich ta’lim
metodikasi kafedrasi dotsenti
D.Joʻrayeva – SamDU XTXQTUMOHM
Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim
metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi

Ushbu koʻrsatma umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, boshlangʻich sinf matematika darslarida didaktik oʻyinlardan foydalanish metodikasi yuzasidan uslubiy tavsiyalar berilgan.


U slubiy koʻrsatma Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Ilmiy kengashining 2018-yil _ mart ___- sonli yigʻilish qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.


Didaktik oʻyinlarning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati
Ta’lim va tarbiya jarayonida oʻquvchilarga har qanday oʻyinni oʻrgatishda muayyan ta’limiy va tarbiyaviy maqsad nazarda tutiladi. Oʻyinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir. Oʻyin oʻtgazilish shakllari va usullari ta’limning boshqa turlaridan farq qiladi.
Didaktik oʻyin usullari cheksiz boʻlib, takrorlash va oʻzgartirish, unga turli yangiliklar kiritish imkoni bor. Didaktik oʻyinlar oʻqitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar gʻolib chiqish maqsadida bajonidil mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga boʻlgan qiziqish orta boradi. Didaktik oʻyinlar har bir darsning maqsadini har bir mashqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi.
Didaktik oʻyinlar ta’limning koʻrgazmaliligini, oʻqituvchining nutqini va bolalar harakatini oʻz ichiga oladi, buning natijasida idrokda (koʻrish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tugʻiladi. Bu esa oʻqituvchining aytganlarini bolalarning oʻylab olishiga va aytilganlarini ifodalab berishlariga, ya’ni didaktik oʻyin qoidalarini oʻzlari bajarishlariga undaydi. Didaktik oʻyinlarning bu tarzda tuzulish xususiyatlari oʻquvchilar faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar oʻyin vaqtida zoʻr qiziqish bilan harakat qiladilar. Didaktik oʻyinlar bolaning his-tuygʻusiga ta’sir etib, unda oʻqishga ijobiy munosabat va qiziqish xislatini tarkib toptiradi. Bolalar oʻyinda zoʻr mamnuniyat bilan ishtirok etadilar. Oʻyin boshlanishini sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beixtiyor ertangi oʻquv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi. Har bir didaktik oʻyinda koʻpchilik bolalar yoki butun bir sinf oʻquvchilari ishtirok etadi. Masalan, “Doiraviy misollar” oʻyinida hamma, “Zanjircha” da 10 nafar, “Doʻkoncha” da 8 – 12 nafar oʻquvchilar ishtirok etishadi.
Bundan tashqari, oʻyin jarayonida hatto bolalardan ba’zi birlari ishtirok etmasa ham, ular oʻyinda imo-ishoralar bilan qatnashadilar. Masalan, koʻzlarini yumib, kim necha marta taqillatganini tinglaydilar. “Eng yaxshi hisobchi”, “Kim aniqroq va tezroq” kabi oʻyinlarda oʻz oʻrtoqlarining misolni qanchalik toʻgri yoki notoʻgʻri yechayotganlarini kuzatib boradilar. Bu esa oqituvchiga oʻquvchi faoliyatiga individual munosabatda boʻlish imkonini beradi.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin