Umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun uslubiy koʻrsatma


II bosqich. Oʻtgan mavzuni soʻrash va mustahkamlash



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə4/12
tarix28.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#150209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLARINI OʻQITISHDA DIDAKTIK OʻYINLARDAN FOYDALANISH

II bosqich.
Oʻtgan mavzuni soʻrash va mustahkamlash.

1. Uyga berilgan vazifani
tekshirish,
2. Mustahkamlash



Savol-javob

10 daqiqa

III bosqich.
Yangi mavzuni bayoni.



  1. Koʻpaytirishni tushuntirish bilan bajarish.

  2. Amallar tartibiga rioya qilib misollarni yechish.

  3. Dam olish daqiqasi:

(2013-yilga ta’rif)
4. Rasmlar asosida masala tuzib
yechish.
5. Dam olish daqiqasi
6. Vaqt, tezlik, masofa boʻyicha
masala yechish.
7. Tenglama yechish.

Yozma bajarish
Guruhlarda ishlash
Ogʻzaki



20 daqiqa

IV bosqich.
Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. Tarqatma materiallar bilan
ishlash. Test.
2. Boshqotirma

Savol-javob



5 daqiqa

V bosqich.
Baholash.

Ishtirokchilar faolligi e’tiborga olinadi. Baholarni e’lon qilish, ragʻbatlantirish. Darsga xulosa yasash

Ogʻzaki

3 daqiqa

VI bosqich.
Uy ishi.

Ustun shaklida hisoblash

Uy ishi

2 daqiqa



Darsning borishi:
I bosqich. Darsning tashkiliy qismi.
Oʻquvchilar bilan salomlashish
Navbatchi axboroti eshitiladi, davomat aniqlanadi.
Oʻqituvchi: Bolajonlar, hozir qaysi darsni boshlaymiz?
Oʻquvchi: Darsimiz riyoziyot
Hisob-kitob qilamiz.
Raqamlarning sirlarin
Puxta bilib olamiz.
Bizning shior: ,,Kuch bilim va tafakkurda”
Oʻqituvchi: Vatan bu nima?
Oʻquvchi: Vatan bu mening tugʻilib oʻsgan joyim, uyim, maktabim, ota-onam.
Oʻqituvchi: Vatanimiz ramzlarini ayting.
Oʻquvchi: Vatanimiz oʻz gerbi, bayrogʻi va madhiyasiga ega.
Oʻqituvchi: Vatan haqida she’rlar bilamizmi?
Oʻquvchi: Vatan desa ulus tursa oyoqqa,
Tiz choʻkib sigʻinsa qutluq bayroqqa.
Joʻr boʻlib kuylasa madhiyani boz,
Vatan timsollarini qilsalar e’zoz.
Oʻqituvchi: Biz yaqinda qaysi bayramni nishonladik?
Oʻquvchi: 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni.
Oʻqituvchi: Bolajonlar, biz kimlarning farzandlarimiz?
Oʻquvchi: Oʻtmishi buyuk xalqning farzandlarimiz.
Oʻqituvchi: Ular kimlar?
Oʻquvchi: A.Navoiy, M.Bobur, A.Temur, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy.
Oʻqituvchi: Mana hozir darsimiz matematika dedik. Taniqli matematik olimlardan kimlarni bilamiz?
O ʻquvchi: Hisob ilmiga yangilik kiritgan matematik olim al-Xorazmiy boʻladi. Biz har kuni duch keladigan 1 dan 9 gacha boʻlgan raqamlarni, ular ustida bajariladigan amallar qoidalarini va boshqa koʻp arifmetik qonunlarni fanga birinchilardan boʻlib vatandoshimiz buyuk matematik al-Xorazmiy kiritgan. Uning matematikaga doir bir qator asarlari oʻsha paytda tarjima qilinib, uzoq vaqtgacha Yevropa unuversitetlarida hisob ilmidan darslik vazifasini bajarib kelgan. Al-Xorazmiy matematikaga doir juda koʻp risolalar yaratgan. Buyuk bobokolonimiz matematika, astranomiya, geografiya fanlarining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin