II bosqich. Oʻtgan mavzuni soʻrash va mustahkamlash. Oʻqituvchi: Uyga vazifa qilib qaysi topshiriqlar berilgan edi?
Oʻquvchi: Darslikning 80-betidagi 373 va 374-topshiriqlar uyga vazifa qilib berilgan edi.
Oʻquvchilarga uy vazifasi oʻqitilib qanday bajarilganligi ogʻzaki savol-javoblar orqali soʻrab oʻtiladi, natijalar tekshiriladi. Mustahkamlash uchun test savollari tarqatiladi. 1. Opam tikkan soʻzananing eni 400 sm, boʻyi esa 300 sm. Soʻzananing yuzi necha sm2 ?
a) 7000 sm2 b) 120000 sm2 d) 14000 sm2 2. Noma’lum son bilan 60 ning koʻpaytmasi 540 ga teng boʻlsa, noma’lum son nechaga teng?
a) 6
b) 7
d) 9
3. 9993, 9994……………………….1 000 000 sonlari qatorida nechta son tushirib qoldirilgan?
a) 3 ta
b) 4 ta
d) 5 ta
4. Masofani topish uchun nima qilamiz?
a) Masofani tezlikka boʻlamiz
b) Tezlik bilan vaqtni koʻpaytiramiz
d) Masofani oʻlchab chiqmiz
III bosqich. Yangi mavzuni bayoni Oʻqituvchi:Aziz bolajonlar, bugungi darsimizda biz kichik guruhlarda ishlaymiz.
1-guruh: ,,Uchburchak guruhi”
2-guruh: ,,Toʻtburchak guruhi”
3-guruh: ,,Aylana guruhi “
4-guruh: ,,Kvadrat guruhi”
Oʻquvchilar guruhlarga boʻlinib oladilar. O Oltin qoida - Mustaqillik - Ahillik
- Tirishqoqlik - Epchillik
- Mohirlik - Ilg’orlik
- Komillik - Topqirlik
- Vaqtni tejash - Faollik
ʻqituvchi: Aziz bolajonlar, darsni boshlashdan oldin ,, Oltin qoida” ni eslab olamiz.
Guruhlarda beriladigan topshiriqlar slaydlarda koʻrsatiladi. Har bir guruh navbat bilan oʻz javobini aytadilar.
Dam olish daqiqasi: Quyoncha oʻrmonda ketayotsa, uning roʻparasidan boʻri chiqib qolibdi. Boʻri uni yemoqchi boʻlibdi.Quyoncha:,,Meni qoʻyib yubor, matematika darsiga kechikaman” debdi. Shunda boʻri: ,,Agar sonlar qatnashgan maqol aytib bersang seni qoʻyib yuboraman” debdi.
Bolajonlar quyonchaga yordam beramizmi? (Ha)