1. Sonlarni xona orqali oʻtib ayirishni tushuntirish.
2.Misollarni tushuntirish bilan yechish.
3. Dam olish daqiqasi.
4. Sonlarni yigʻindi bilan almashtirish.
5. Masala yechish.
6. Katta, kichik va teng belgilarini qoʻyish.
7.Shakllarni perimertrini topish.
Yozma bajarish
Guruhlarda ishlash
Ogʻzaki
guruhlarda ishlash
Yozma bajarish
ogʻzaki
Yozma bajarish
ogʻzaki guruhlarda ishlash
Diqqat mashqi (bosh harakati bilan eshik, deraza, shift, pol soʻzlari uch marta takrorlanadi, mashq soʻngida «doska» soʻzi aytilib, oʻquvchilar diqqati jamlanadi).
Oʻqituvchi: -Aziz bolajonlar, bugungi darsimizni musobaqa tarzida oʻtkazamiz.
Sinf oʻquvchilari 3 guruhga boʻlinadi. Stol ustida toʻrtburchak, uchburchak hamda aylana rasmlari berilgan qogʻozlar teskari holda qoʻyilgan. Oʻquvchilar bu qogʻozlarni navbatma-navbat oladilar.Toʻrtburchak olgan oʻquvchilar bir guruh, uchburchak rasmini tanlagan bolalar ikkinchi guruh, aylana rasmini olgan oʻquvchilar uchunchi guruhni tashkil qiladi. Har bir jamoa oʻziga ajratilgan joyga borib oʻtiradi. Demak, oʻquvchilar uch guruhga boʻlinadi.
I guruh: Toʻrtburchak II guruh: Uchburchak III guruh: Aylana Dars jarayonidagi «Ofarin!», «Qoyil!», «Tasanno!» nomli ragʻbat kartochkalari bilan taqdirlab boriladi.
II Bosqich. Oʻtgan mavzuni soʻrash va mustahkamlash.