Yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi


-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni to’g’risida



Yüklə 109,81 Kb.
səhifə2/9
tarix26.12.2023
ölçüsü109,81 Kb.
#197961
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”ning mazmun va mohiyati.

1. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni to’g’risida



Davlat dasturida belgilangan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishida hukumat va parlament o‘rtasida yaqin hamkorlikda faoliyat olib borildi. Qonunchilik palatasining qo‘mitalari va hukumat tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari doirasida ko‘tarilgan masalalarni birgalikda hal etish amaliyotidan unumli foydalanildi.
Hisobot davrida Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan jami 41 ta hujjat qabul qilingan. Qayd etilganidek, yalpi ichki mahsulot o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105,5 foizga o‘sgan. Davlat budjeti daromadlari 47,3 trln. so‘mga ijro etilgan. Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida Davlat budjetidan ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgan xarajatlar 18,1 trln. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,3 foizga oshgan. Hisobot davrida jami qiymati 2,55 mlrd. dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan, tovarlar va xizmatlar eksporti 3,2 mlrd. dollarga yetgan. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 6,2 trln. so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish dasturi tasdiqlanib, uning doirasida sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish bo‘yicha umumiy qiymati 37,8 mlrd. so‘mga teng 31 ta loyiha moliyalashtirilgan.
Bundan tashqari, “Yoshlar daftari”ga jami 70 ming 798 nafar yosh kiritilib, ularning 24 ming 467 nafariga kontrakt to‘lovi, mehnat qurollari uchun mablag‘, muddatli hariy xizmat badali, haydovchilik kurslari, kasb-hunarga o‘qish va davolanish kabi yoshlar orasida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlardagi xarajatlar uchun 21,9 mlrd so‘m qoplab berilgan.
Shunday qilib, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturi ijrosi yuzasidan taqdim etgan hisoboti ma’qullanib, Hukumatning tegishli faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar aks etgan tegishli qaror qabul qilingan.
Mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.
Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida:
1. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Taraqqiyot strategiyasi) va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda – Davlat dasturi) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:

Yüklə 109,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin