‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I


-chizm a. « K a d rla r tayyorlash m illiy d a sta ri» n in g m o h iy a ti v a ta r k ib iy tu zilm a si



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/243
tarix16.12.2023
ölçüsü24 Kb.
#182349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
PEDAGOGIKA

1-chizm a. « K a d rla r tayyorlash m illiy d a sta ri» n in g m o h iy a ti v a ta r k ib iy tu zilm a si
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy, tarkibiy qismlari.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta ’lim-tarbiya jarayoninigina 
qamrab olmay, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o ‘z 
ichiga oladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz 
t a ’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qism larning o ‘zaro 
hamkorligi, ular o ‘rtasidagi o ‘zaro aloqadorlik asosida «yuksak m a ’naviy 
va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash 
Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi (2- 
chizma):
2
-
ch izm a. K a d rla r tayyorlash m illiy m odelining asosiy, ta rk ib iy qism lari
o'rta sid a g i o 'za ro a lo q a d o rlik va bog'liqlik
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosida kadrlar tayyorlash 
milliy modeli va uning mohiyati yoritiladi. Milliy modelning o'ziga 
xos xususiyati mustaqil ravishda t o ‘qqiz yillik umumiy o ‘rta hamda 
uch yillik o ‘rta maxsus, ka sb-hunar t a ’liminining joriy etilishi bilan 
belgilanadi. Bu esa o ‘z navbatida umumiy t a ’lim dasturlaridan o ‘rta 
maxsus, k asb -h u nar t a ’limi dasturlariga o ‘tilishiga zamin yaratadi1.
www.ziyouz.com kutubxonasi


K a d rla r tayyorlash milliy m odelining asosiy tarkibiy qismlari 
quyidagilardan iboratdir:
1. Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, 
t a ’lim sohasidagi x iz m a tla rn in g iste ’m o lc h isi va ularni am alga 
oshiruvchidir.
Shaxs uzluksiz t a ’lim j a r a y o n id a d u n yo v iy, ilmiy bilim larni 
o ‘zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari 
bilan tan ish a d i, shuningdek, o ‘zida ijtimoiy t a ’sirlar y o rdam ida 
m a ’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda o ‘zlashtirilgan 
bilim, faoliyat ko'nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat 
ham shakllanib boradi. Yuksak m a ’naviy-axloqiy sifatlar va yuqori 
darajadagi kasbiy malakaga ega bo ‘lish uchun shaxs o ‘z oldiga muayyan 
maqsadni qo'ya olishi hamda unga erishish yo‘lida tinimsiz izlanishi, 
o ‘q ib -o ‘rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, 
malakali kadr bo'lib shakllanadi.
O 'z - o 'z i n i anglash tuyg 'u sig a ega b o 'Iis h , t a ’lim sohasidagi 
xizm atlardan to'laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy 
bilimlarni puxta o'zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo'la 
olishi uchu n poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning 
o'ziga bog'liqdir. Shu bois milliy dasturda shaxs va uning kamolotini 
shakllantirishga alohida e ’tibor qaratilgan.
«Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta ’limini 
olish va kasb-hunar tayyorgarligidan o'tish kafolatlanadi. T a ’lim olish 
jarayonida shaxs davlat t a ’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni 
bajarishi shart.
Shaxs t a ’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka 
darajasini olgach, ta ’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va 
xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat ko'rsatadi va o 'z bilimi ham da 
tajribasini o'rgatishda ishtirok etadi»2.
2. Davlat va iamivat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini 
tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash 
va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
Shaxs kam oloti nafaqat o 'z i u c h u n , balki davlat va jam iy a t 
taraqqiyoti, ravnaqi uchun ham m uhim ahamiyatga egadir. Binobarin, 
fuqarolari yuksak m a’naviyatga ega jamiyat h ar to m o n la m a taraqqiy 
eta oladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shaxs va davlat (jamiyat) o ‘rtasidagi aloqa ikki t o m o n la m a
xususiyatga ega. Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o ‘z fuqarolarining 
yashashi, m ehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, 
uni namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib 
bera olishi lozim. Respublika ta ’lim tizimida davlat va jamiyat shaxsning 
har tomonlam a shakllanishi, o ‘zligini namoyon eta olishi uchun yetarli 
darajada shart-sharoit yaratib berish mas’uliyatini o ‘z zimmasiga oluvchi 
subyekt sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat va jam iy a t t a ’lim m u assa sala rin in g yuqori m alakali 
raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini ham 
uyg‘unlashtiradi ham da quyidagilarga kafolat beradi:
— fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o ‘z malakasini oshirish 
huquqlarining ro‘yobga chiqarilishiga;
— majburiy umumiy o ‘rta t a ’lim hamda akademik litsey yoki kasb- 
hunar kollejida t a ’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy 
o ‘rta maxsus, kasb-hunar t a ’limini olishga;
— davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy t a ’lim va 
oliy o ‘quv yurtidan keyingi t a ’limni olish huquqiga;
— davlat t a ’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta ’minlashga;
— ta ’lim oluvchilarning o ‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart- 
sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik 
boshqaruvini rivojlantirishga;
— t a ’lim ja ra y o n i q a tn a sh c h ila rin i ijtimoiy jih a td a n q o ‘llab- 
quvvatlashga;
— sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo ‘lgan shaxslarning ta ’lim 
olish iga1.
3. 
Uzluksiz t a ’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning 
asosi bo ‘lib, ta ’limning barcha turlari, davlat ta ’lim standartlarini, kadrlar 
tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o ‘z 
ichiga oladi.
Uzluksiz t a ’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, 0 ‘zbekiston 
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta ’minlovchi, shaxs, 
jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy 
ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo ‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, 
m a’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh
www.ziyouz.com kutubxonasi


kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi1.
Uzluksiz t a ’lim jarayoni shaxsning har to m o n la m a qaror topishi 
uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda 
k a sb -h u n a r m a ’lumotlarini o ‘zlashtiradi, yuksak m a ’naviy-axloqiy 
sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. U nda 
muayyan dunyoqarash shakllanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta ’lim Davlat t a ’lim standartlari 
h a m d a o ‘quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Uzluksiz t a ’limni tashkil etish muayyan tamoyillarga asoslanadi. 
Jumladan:
— t a ’limning ustuvorligi;
— t a ’limning demokratlashuvi;
— t a ’limning insonparvarlashuvi;
— t a ’limning ijtimoiylashuvi;
— t a ’limning milliy y o ‘naltirilganligi;
— t a ’lim va tarbiyaning uzviy bog‘ 1 iqligi, bu ja ra yonning har 
to m o n lam a kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;
— iqtidorli yoshlarni aniq iash , ularga t a ’lim ning eng yuqori 
darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun 
shart-sharoitlar yaratish2.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz t a ’limni isloh qilish 
yo ‘nalishlari ham aniq ko‘rsatib berilgan. M azk ur y o ‘nalishlar sirasiga 
quyidagilar kiradi: kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash; pedagoglarning 
kasbiy nufuzini oshirish; davlat va nodavlat t a ’lim muassasalarining 
turlarini rivojlantirish; t a ’lim tizimini tarkibiy jih a td a n qayta qurish; 
t a ’lim dasturlarini tubdan o ‘zgartirish; majburiy o ‘rta umumiy ta ’limdan 
o ‘rta maxsus, kasb-hunar t a ’limiga o ‘tilishini t a ’minlash; yangi tipdagi 
o ‘q u v m u a s s a s a la rin i v u ju d g a k e ltir is h ; y a n g i k a s b - h u n a r va 
mutaxassisliklar b o ‘yicha kadrlar, shu ju m la d a n , boshqaruv tizimi 
kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 
t a ’limning barcha daraja va bo‘g‘inlarida ta ’lim oluvchilarning m a ’naviy- 
a x lo q iy fazilatlarini rivojlan tirish; t a ’lim n i b o s h q a ris h tiz im in i 
takomillashtirish, ta ’lim muassasalarini mintaqalashtirish; shaxsga t a ’lim 
berish va uni tarbiyalashda oila, o ta -o n a la r, j a m o a t tashkilotlari,
1 K adrlar tayyorlash milliy dasturi //O liy ta ’lim: m e’yoriy hujjatlar to ‘plami. — Toshkent: 
Sharq nashriyot-m atbaa aksiyadorlik kom panfyasi Bosh tahririyati. 2001. — 31-bet.
! Q ‘slja m anba. 31-32-betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish; t a ’lim 
jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish; 
t a ’lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar 
bilan t a ’minlash mexanizmlarini shakllantirish; uzluksiz t a ’limni fan 
va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirishning puxta mexanizmlarini 
ishlab chiqish; chet el va xalqaro tashkilotlar bilan ham korlikni 
kengaytirish; tu b yerli millatga m an su b b o ‘lmagan shaxslar zich 
yashaydigan joylarda ularning o ‘z on a tillarida ta ’lim olishlari uchun 
tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlarni yaratish; ta’limning barcha 
darajalarida t a ’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va 
sanitariya-gigiyena t a ’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish1.
Uzluksiz t a ’lim quyidagi t a ’lim turlarini o ‘z ichiga oladi:
— maktabgacha t a ’lim;
— umumiy o ‘rta t a ’lim;
— o ‘rta maxsus, kasb-hunar t a ’limi;
— oliy t a ’lim;
— oliy o ‘quv yurtidan keyingi t a ’lim;
— kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
— maktabdan tashqari t a ’lim.
Maktabgacha t a ’lim bolaning sog'lom, har tomonlam a kamol topib 
shakllanishini t a ’minlaydi, unda o ‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni 
m untazam t a ’lim olishga tayyorlaydi ham d a bola olti-yetti yoshga 
yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha t a ’lim muassasalari va 
oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi t a ’lim muassasalarining faoliyatini 
tashkil etishda mahallalar, jam o at va xayriya tashkilotlari, xalqaro 
fondlar faol ishtirok etadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta ’lim muassasalarining yangi tarmog‘i 
shakllanib bormoqda. Bu o ‘rinda «Xonadon bog‘chasi» hamda «Bolalar 
bog‘chasi — boshlang‘ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish 
mumkin. M aktabgacha t a ’lim muassasalarida bolalarga tasviriy s a n ’at, 
musiqa, til va k om puter savodxonligini o ‘rgatuvchi guruhlar tashkil 
etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta ’lim yoshidagi bolalarning 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida m a ’naviy-axloqiy 
tarbiyalashga xizmat qiladi.
U m um iy o ‘rta t a ’lim t o ‘qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


h a m d a uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o ‘rta maxsus, kasb- 
h u n a r t a ’limidan iborat. U m um iy o ‘rta t a ’lim boshlang‘ich t a ’limni 
h a m qamrab oladi. M azkur bosqichda o ‘quvchilarning fanlar asoslari 
b o ‘yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga 
k e li s h i, asosiy o ‘q u v - i l m i y va u m u m m a d a n i y b i l i m l a r n i n g
o ‘zlashtirishlari, milliy va um umbashariy qadriyatlarga asoslangan 
m a ’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli 
m u no sa b a td a boMish, shuningdek, kasb tan la sh ko ‘n ikm alarinin g 
shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tom onidan 
tasdiqlangan namunadagi attestat o ‘quvchilarning um umiy o ‘rta va 
o ‘rta maxsus, kasb-hunar m a ’lumotiga egaliklarini belgilaydi.
0 ‘quvchilarni kasb-hunarga yo ‘naltirish vazifasi m aktab jam oasi 
va o ta -o n a la r hamkorligida o ‘quvchilarni kasb-hunarga y o ‘naltirish 
va psixologik-pedagogik tash h is m arkazlari rahbarligida a m a lg a
oshiriladi.
Q ‘qish muddati uch vil boMgan maiburiv o ‘rta maxsus. kasb -hunar 
t a ’limi uzluksiz t a ’lim tizim ining mustaqil turi sanalib, u m um iy o ‘rta 
t a ’lim negizida tashkil etiladi. 0 ‘rta maxsus, k a sb -h u n a r t a ’limining 
ikki m uhim yo ‘nalishi boMgan — akadem ik litsey yoki k a s b -h u n a r 
ko lle jid a t a ’lim olish o ‘q u v c h ila r t o m o n i d a n ixtiyoriy ra v ish d a
tanlanadi.
Akademik litsey o ‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini 
hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi c h u q u r, 
so h a la sh tiriig an , ta b a q a la s h tirilg a n , kasbga y o ‘naltirilgan t a ’lim 
olishlarini t a ’minlash m aqsadida davlat t a ’lim standartlariga muvofiq 
o ‘r ta m ax su s t a ’lim b e r u v c h i , y u r id i k m a q o m g a e ga t a ’lim
muassasasidir.
Akadem ik litseylarda o ‘q uv c h ila r o ‘zlari ta n la b olg an t a ’lim 
y o ‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) b o ‘yicha bilim 
saviyalarini oshirish hamda o ‘zlarida fanni c huqur o ‘i^anishga qaratilgan 
maxsus kasb-hunar k o ‘nikmaiarini shakllantirish imkoniyatiga ega 
boMadilar.
Akademik litseylar asosan oliy o ‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. 
K a s b -h u n a r kollejlari esa o ‘quvchilarning m uayyan k a s b -h u n a rg a
moyilligi, layoqatlari, bilim va ko ‘nikmalarini c h u q u r rivojlantirish, 
ularning tanlangan yo‘nalishlar b o ‘yicha bir yoki bir necha z am onaviy 
kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
K asb-hunar kolleii 
0
‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim
www.ziyouz.com kutubxonasi


va ko'nikmalarini c h u qur rivojlantiruvchi, tanlab olingan ka sb-hunar 
b o 'y ich a bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish 
maqsadida tegishli davlat t a ’lim standartlari doirasida o ‘rta maxsus, 
k a s b - h u n a r t a ’lim in i b e ru v c h i, y u rid ik m a q o m g a ega t a ’lim
muassasasidir.
K asb-hunar kollejlari yangi tipdagi t a ’lim muassasalari b o ‘lib, 
u l a r n i n g j i h o z l a n g a n l i k d a ra ja s i, p e d a g o g ik ta r k i b n in g p u x ta
tanlanganligi, shuningdek, o ‘quv jarayonining zamonaviy texnika va 
texnologiyalar yordamida tashkil etilishi alohida e ’tiborga loyiq.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat 
t o m o n i d a n tasd iq la n g a n n a m u n a d a g i d ip lo m la r beriladi. U shbu 
diplomlar asosida bitiruvchilar t a ’limning keyingi bosqichlarida o'qishni 
davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo'yicha mehnat 
faoliyati bilan shug'ullanish huquqini qo'lga kiritadilar.
Oliy t a ’lim o 'r ta maxsus, kasb-hunar t a ’limi negiziga asoslanib, 
ikki b osqich (bakalavriat h a m d a m a g is tra tu ra )d a tashkil etilib
mutaxassisliklar yo'nalishlari bo'yicha xalq xo'jaligining turli sohalariga 
oliy m a ’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy t a ’lim muassasalariga 
talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy 
asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat — mutaxassisliklar yo'nalishi bo'yicha fundamental va 
amaliy bilim beradigan, t a ’lim olish muddati kamida to'rt yil davom 
etadigan tayanch oliy t a ’lim.
Bakalavr darajasiga ega bo'lgan shaxs oliy ta ’lim tizimi yo'nalishidagi 
o'zi tanlagan soha bo'yicha oliy m a ’lumotli mutaxassis hisoblanadi va 
davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega 
bo'ladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy 
bilim beradigan, bakalavriat negizida ta ’lim muddati kamida ikki yil 
davom etadigan oliy t a ’lim bo'lib, magistraturadagi tahsil yakuniy 
klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.
Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli m a ’lum ixtisoslik 
bo'yicha t a ’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm- 
fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat 
ko'rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega.
O'zbekiston Respublikasida quyidagi turdagi oliy ta ’lim muassasalari 
faoliyat ko'rsatadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


Oliv o ‘quv vurtidan kevingi t a ’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy 
va ilmiy pedagog kadrlarga boMgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning 
ijodiy t a ’lim — kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, 
oliy o ‘quv yurtlari va ilm iy-tadqiqot m uassasalarida aspirantu ra, 
a d ’yunktura va doktoranturada t a ’lim olish, shuningdek, mustaqil 
tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy 
o ‘quv y u r tid a n
keyingi t a ’lim
n o m z o d l ik
yo k i d o k t o r l ik
d is s e r ta ts iy a la r in in g him o y a si b ila n y a k u n la n a d i. 0 ‘z b e k is to n
Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi to m o n id an olib borilgan 
yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari tegishli ravishda fan nom zodi va 
fan doktori ilmiy darajasi ha m d a davlat to m o n id a n tasdiqlangan 
namunadagi diplomga ega boMish huquqini beradi.
Har ikki (aspirantura, doktorantura) darajada ham maqsad muayyan 
m u taxassisliklar b o ‘yicha oliy toifali ilm iy -p e d ag o g ik k a d rla rn i 
shakllantirishdan iborat.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida 
asosiy e ’tibo r mutaxassislarning kasb bilimlari va k o ‘nikm alarini 
yangilash h am da chuqurlashtirishga qaratiladi. K adrlar malakasini 
oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi 
t a ’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘qish natijalariga ko ‘ra davlat tom onidan tasdiqlangan namunadagi 
guvohnoma yoki sertifikatga ega bo ‘ladilar.
M aktabdan tashqari t a ’lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat 
t a ’lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va 
jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport 
va boshqa y o ‘nalishlarda yo‘lga q o ‘yilib, bolalar hamda o ‘smirlarning 
t a ’limga b o ‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini 
qondirish, ularning b o ‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida 
olib boriladi.
1. Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan 
foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab 
chiqaruvchi b o ‘lib, «kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat 
taraqqiyoti qonuniyatlari t o ‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy 
bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog 
kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan t a ’lim tizim ida unumli 
foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlas'h jara y o n in in g ilmiy 
tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta ’limning axborot tarmoqlarida 
foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot bazasini 
shakllantirishni hamda ilmiy tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar 
zamirida yosh olimlarning, ilmiy-pedagogik xodimlarning ijtimoiy 
mavqeyi va ob ro‘sini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi»1.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida 
fan, yana shuningdek, «ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta ’lim 
s ta n d a rtla ri, t a ’lim dasturlari, o ‘quv darsliklari va q o ‘llanm alar 
tayyorlashda, ilmiy-metodik ta ’minotni amalga oshirishda bevosita va 
bilvosita ishtirok etadi»2.
2. Ishlab chiqarish — kadrlarga bo ‘lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, 
ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni 
belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy 
va m oddiy-texnika jihatdan t a ’minlash jarayonining qatnashchisi.
«Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining 
yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining 
maqsadi, vazifalari va m azm unini belgilaydi, malaka talablarini ilgari 
suradi, t a ’limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni
1 Barkamol avlod orzusi //Tuzuvchilar Sh.Qurbonov, H.Saidov, R.Ahliddinov. — Toshkent: 
Sharq nashriyot-m atbaa konserni Bosh tahririyati, 1999. — 172-bet.
2 O 'sh a asar, 171-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


taqozo.etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va 
raqobatbardoshligiga baho beradi»1.
Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida 
mutaxassislarni tayyorlashni, guruhlarni va o ‘quv yurtlarini moliyalash 
jarayonida ishtirok etib, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy 
faolligini rag‘batlantiradi, ularni moddiy va m a ’naviy jihatdan qoMlab- 
quvvatlashda bevosita ishtirok etadi»2.
Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan 
foydalanuvchi iste’molchi sifatidagina faoliyat olib borgan b o ‘lsa, 
bugungi kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o ‘zgardi. Endilikda 
ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o ‘z 
talablarini q o ‘ya oladi. Shu bilan birga sifatli ham da yuksak saviyali 
mutaxassisni tayyorlab yetishtirish yo‘lida uzluksiz t a ’lim ham da fan 
tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan q o ‘llab-quvvatlash 
majburiyatini o ‘z zimmasiga oladi. Shu asosida kadrlar tayyorlash 
tizimining faol ishtirokchisiga aylandi.
Milliy model Konsepsiyasining m azm uni o ‘zbek xalqining milliy 
turm ush tarzi va m a’naviy-axloqiy a n ’analari bilan hamnafasdir. Zero, 
xalq orasida qad im dan « m a ’rifatli inson» tu sh u n c h a si qoMlanilib 
kelingan boMib, u o ‘zida keng m a’noni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, 
m a ’rifatli boMish o ‘zbek xalqi, niillatining ruhiyatida ustuvor o ‘rin 
tutuvchi omil sanaladi. M a’rifatlilik — faqatgina bilim va malakaga ega 
boMish emas, ayni vaqtda chuqur m a’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil 
inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon boMadi.
Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun 
mohiyati o ‘zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bogManib 
ketgan.
Mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasida o ‘ziga xos, takrorlanmas, 
tarixiy a n ’analarga asoslangan ham da bugungi kun talablariga toMa 
javob bera oladigan kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin