‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I


 ‘qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo‘yiladigan



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/243
tarix16.12.2023
ölçüsü24 Kb.
#182349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   243
PEDAGOGIKA

0 ‘qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo‘yiladigan
talablar. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq
1 Alisher Navoiy. M ahbub ul-qulub. Asarlar. O 'n besh tom lik. 13 tom . — T o sh k en t, 
Badiiy adabiyot nashriyoti, 1966. 192-193-betIar.
1
Hoshimov K. va boshqalar. Pedagogika tarixi //P ed ag o g ik a oliy o 'q u v yurtlari va 
dorilfununlar talabalari uchun qo‘11. - T oshkent, O 'qituvchi, 1996, — 301-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


etish R e sp u b lik a t a ’lim t iz im i d a olib b o r ila y o tg a n is lo h o tla r
m uvaffaqiyatini t a ’m in la s h , t a ’lim m uassasalarida faoliyat olib 
borayotgan o ‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining m a’naviy 
qiyofasi ham da kasbiy mahoratlariga ham bog‘liqdir.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, 
juda q a dim d a n ushbu faoliyatga jam iyatning yetuk kishilari jalb 
etilgandir. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi 
m azm uni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham 
belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida o ‘qituvchi k adrlarn ing m a ’naviy 
qiyofasi, aqliy salohiyati h a m d a kasbiy m ahoratiga nisbatan jiddiy 
talablar q o ‘ymoqda. C hu n o n c h i, bu borada 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti l.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi — ustoz 
bo'lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o ‘stirish, m a ’rifat ziyosidan 
b a h r a m a n d q ilis h , h a q i q i y v a ta n p a r v a r , h a q iq i y fu q a r o etib 
yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shun day yuksak 
talablarga javob berishi, a n a shunday buyuk fazilatlarga ega boMishi 
kerak»1.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o ‘qituvchisi shaxsiga 
nisbatan q o ‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy 
o ‘qituvchi qanday b o ‘lishi zarur?
0 ‘qituvchi (pedagog') pedagogik, psixologik va mutaxassislik 
y o ‘nalishlari bo ‘yicha maxsus m a ’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak 
axloqiy fazilatlarga ega ham da ta ’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi 
shaxs sanaladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to ‘g‘risida»gi Qonunining 
5 - m o d d a s i 3 -b an d ig a m uvofiq t a ’lim m u assasalarida sudlangan 
s h a x s l a r n i n g p e d a g o g ik fao liy at bilan s h u g ‘u l la n is h la r ig a y o ‘l 
q o ‘yilmaydi.
Bizning nazarimizda, zamonaviy o ‘qituvchi-bakalavr qivofasida 
quyidagi fazilatlar namoyon b o ‘la olishi kerak (so‘z yuritilayotgan sifatlar 
m ohiyatan o ‘qituvchi-bakalavr tomonidan amalga oshirilishi zarur 
b o ‘lgan vazifa, burch va m as’uliyatlarini ifodalaydi):
1. 
0 ‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o ‘zgarishlar, 
olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini c h u qur anglab yetishi
1 K arim ov 1.Л. Buyuk kelajagim izning huquqiy kafolati. — Toshkent, Sharq nashriyot- 
m atbaa konserni Bosh tahririyati, 1993, 2 7-28-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


hamda bu borada o ‘quvchilarga t o ‘g ‘ri, asosli m a’lumotlarni bera olishi 
lozim.
2. Z a m o n av iy o ‘qituvchining ilm -fan, texnika va texnologiya 
yangiliklari va yutuqlaridan xabardor boMishi talab etiladi.
3. 0 ‘qituvchi o ‘z mutaxassisligi b o ‘yicha chuqur, puxta bilimga 
ega boMishi, o ‘z ustida tinimsiz izlanishi lozim.
4. 0 ‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta 
bilish, taMim-tarbiya jarayonida 
0
‘quvchilarning yosh va psixologik 
xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.
5. 0 ‘qituvchi taMim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, m etod va 
vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega b o ‘lmog‘i lozim.
6. 0 ‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga 
ega boMishi shart.
7. 0 ‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik m ahorat, c h u n o n c h i, 
kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qoM-oyoq va 
gavda harakatlari, mimika, pan to m im ik a, jest) qoidalarini c h u q u r
o ‘zlashtirib olishga erishishlari lozim.
8. 0 ‘qituvchi nutq madaniyatiga ega boMishi zarur, uning nutqi 
quyidagi xususiyatlarni o ‘zida aks ettira olishi kerak:
a) nutqning t o ‘g ‘riligi;
b) nutqning aniqligi;
d) nutqning ifodaviyligi;
e) nutqning sofligi (uning turli sheva s o ‘zlaridan holi boMib, faqat 
a d a b iy tild a ifo d a e tilis h i); j a r g o n (m u a y y a n kasb yo k i s o h a
mutaxassisliklariga xos so‘zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon 
etilayotgan nutqda o ‘zga millatlarga xos s o ‘zlarni n oo ‘rin qoMlanilishi); 
vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qoMlaniladigan so‘zlar) h a m d a
k o nselyarizm ( o ‘rni boMmagan v a z iy a tla rd a rasm iy s o ‘z l a r d a n
foydalanish) so‘zlardan holi boMishi, o ‘qituvchining nutqi sodda, ravon 
va tushunarii boMishi kerak;
0 nutqning ravonligi;
g) nutqning boyligi (hikmatli s o ‘zlar, ibonj va m aqollar, m atallar 
hamda ko ‘chirma gaplardan o ‘rinli va samarali foydalana olish).
9. 0 ‘qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), 
taMim-tarbiya jarayonida o ‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli 
xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, 
gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, h atto , soch rangi va turmagiga muvofiq 
ravishda kiyinishni o ‘zlashtirishga erishishi lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


10. 
0 ‘qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o ‘rnak bo‘la 
olishi lozim.
0 ‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida 
o ‘zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. Chunonchi, 
u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to ‘g ‘ri baholay oladigan, 
mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. 
0 ‘quvchi, ota-onalar ham d a hamkasblari bilan muloqot jarayonida 
fikrini aniq va to ‘la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga 
muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi 
dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o ‘quvchi (yoki hamkasbi, ota- 
onalar)ning muvaffaqiyatlarini e ’tirof etishi, ularning yanada boyishiga 
ishonch bildirishi u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot 
ja r a y o n i d a o ‘q i tu v c h in in g s o ‘z la rid a n s u h b a td o s h i g a n isbatan 
xayrixohlik, samimiylik, d o ‘stona munosabat sezilib turisjLi, shuningdek, 
imkon q ad ar ko‘tarinki kayfiyatda boMishi zarur.
0 ‘qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi 
uning o ‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o'rtasida obro‘-e’tibor 
qozonishini t a ’minlaydi.
Pedagogik malioratni egallash yo‘llari. 0 ‘qituvchi barkamol avlodni 
tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat m a ’naviy-axloqiy 
madaniyati bilan atrofdagilarga o ‘mak boMishi, shu bilan birga, pedagogik 
mahoratini namoyon eta olishi, yetuk pedagog sifatida malakali kadrlami 
tayyorlash ishiga o ‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Pedagogik mahorat — yuksak pedagogik tafakkur, t a ’lim-tarbiya 
jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qoMlay 
olish qobiliyati boMib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib 
b o r is h , y a n g ilik la rd a n x a b a rd o r boMish, ilg‘o r tex nologiyalarni 
o ‘z la s h t ir is h asosida t a r k i b to p a d i . Y osh, s h u n in g d e k , t a ’lim 
m u a s s a s a s i d a b ir n e c h a yillik m eh n a t sta jig a ega boMgan 
o ‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega boMishlari o ‘zini kasbiy 
jih a td a n takomillashtirish yoMida bir qator shartlarga amal qilishi 
hisobiga t a ’minlanadi. Ular quyidagilardan iborat:
1. 
Mustaqil o ‘q ib -o ‘rganish (pedagogika fanida ro‘y berayotgan 
yangiliklar haqida m a ’lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet 
materiallari, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan m a ’lumotlar, 
shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari 
surilayotgan g ‘oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil 
loyihalarni tayyorlash).
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. Ham kasb tajribali o ‘qituvchilar faoliyatini o'rganish ( ta ’lim 
muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt, shuningdek, 
iqtisodiy nuqtayi nazardan samarali sanaladi. Tajribali o ‘qituvchilar 
faoliyatini o ‘rganish ular tom onidan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarni 
kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan 
taassurotlarni umumlashtirish asosida xulosa chiqarish m aqsadga 
muvofiqdir).
3. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurs 
(institut)larida kasbiy malakalarini oshirish.
4. Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya 
hamda seminarlar, pedagogik o ‘qish hamda treninglar)da faol ishtirok etish.
5. Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi 
t a ’lim muassasalarida ularning ish tajribalarini o ‘rganish (stajirovka).
Ayni vaqtda, respublikada, «Ustoz» jam g ‘armasining homiyligida 
ta ’lim muassasalarining o ‘qituvchilar rivojlangan xorijiy m am lakatlarda 
bo‘lib, ularning t a ’lim tizimi va ish tajribalarini o ‘rganmoqdalar.
Pedagogik mahoratni egallashda, guruhli va om maviy tadbirlarda 
ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday m uhitda o 'z a ro
fikr a lm a s h is h , shaxsiy m u l o h a z a l a r n i b o s h q a l a r t o m o n i d a n
b ild irila y o tg a n q a r a s h l a r b ila n t a q q o s l a b , u l a r n i n g t o ‘g ‘riligi, 
haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, 
xato yoki kamchiliklarni aniqiash h am da ularni bartaraf etish yo'llarini 
topish imkoniyati mavjud.
Pedagogik mahoratga ega b o ‘lish t a ’lim-tarbiya samaradorligini 
t a ’m inlash garovi bo'libgina q o lm ay , ayni vaqtda o ‘q itu v c h in in g
jamoadagi o b ro ‘- e ’tiborini ham oshiradi, o'quvchilarda unga nisbatan 
hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy m ahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlarni tashkil etish 
pedagogik faoliyatda yo'l qo'yilgan yoki qo'yilayotgan x a tolardan holi 
bo'lish, o'quvchilar, hamkasblar ha m d a o ta-o nalar bilan m un o sa b a td a
muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
O 'z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali 
ibn Sino, Alisher Navoiy, Yan Am os Komenskiy, Lev Tolstoy, H am za 
H akim zoda Niyoziy, Abdulla Avloniy va boshqalar o 'z asarlarida 
o 'qituvchilik kasbi, uning m ash a q q a tla ri, sh u n in g d e k , o 'q i tu v c h i
shaxsida aks etishi zarur bo'lgan sifatlar xususidagi qarashlarni yoritish 
orqali o'zlari ham pedagogik m adaniyatga ega ekanliklarini n a m o y o n
etganlar. Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini anglam agan,
www.ziyouz.com kutubxonasi


bolaga nisbatan chuqur hurm atda b o ‘lmagan shaxs, t a ’lim-tarbiya 
samaradorligi va inson kamolotini t a ’minlovchi fikrga ega b o ‘lmaydi. 
Ularning pedagogik madaniyatlari negizini bolani tushuna olish. unga 
nisbatan insonparvar munosabatda b o ‘lish, vazivatni t o ‘g‘ri baholash. 
yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddivatlarni o ‘z vaqtida bartaraf etish. 
pedagogik faolivatning haaligi. iamivat taraqqivoti ham da pedagogik 
iaravonda o ‘quvchilar oneiga singdirilavotgan ezgu g‘ovalarning havot 
maviudligini t a ’minlashda qudratli omil (vosita) ekanligjga ishonch 
kabilar tashkil etadi.
M u s ta q i ll ik yillarid a 0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s id a m alakali 
(mahoratli) o ‘qituvchilarni q o ‘llab-quvvatlash, ularning tajribalarini 
o m m a la s h t ir is h g a a lo h id a e ’t ib o r q a r a t il m o q d a . 
M a h o ra tli 
o ‘qituvchilarni aniqlash m aqsadida turli ko ‘rik, tan lo v la r tashkil 
etilmoqda. Xususan, «Yil o ‘aituvchisi» Respublika k o ‘rik-tanlovi ta ’lim 
m uassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilarga pedagogik 
m a h o r a tl a r i n i individual ravishda namoyish etish im koniyatini 
b e r a y o t g a n b o ‘lsa, «Yil m a k ta b i» R espu b lik a k o ‘r ik - ta n lo v i 
o ‘qituvchilarga jam oa asosida t a ’lim muassasasida qo'lga kiritilayotgan 
yutuqlarni ommaga ko‘rsata olishlari uchun sharoit yaratmoqda.
Shuningdek, respublika miqyosida, pedagogik faoliyatda ulkan 
yutuqlarni q o ‘lga kirita olgan o ‘qituvchilar ta ’lim sohasida nufuzli 
sanaluvchi davlat mukofoti — 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq o ‘qituvchisi 
k o ‘krak nishoniga sazovor b o ‘lmoqdalar.
Xulosa o'rnid a shuni qayd etish joizki, «Kadrlar tayyorlash milliy 
d a s tu r i» 0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s id a , t a ’lim t i z i m i d a am alga 
oshirilayotgan islohotlar mazmunini o ‘zida aks ettirgan m uhim yuridik 
hujjat b o ‘lib, istiqbol uchun yo‘llanmadir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, alohida t a ’kidlangan milliy 
m odel 0 ‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini 
inobatga olish hamda ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida 
tayyorlangan kadr (mutaxassid) — komil inson va yetuk mutaxassis 
qiyofasini o ‘zida t o ‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarining amaliyotga tatbiq 
etilishi 0 ‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy hayoti uchun muhim 
sanalgan bir qator holatlarning qaror topishiga olib keladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to ‘g‘risida»gi Qonuni hamda 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida 
o ‘qituvchi kadrlar muhim rol o ‘ynaydilar. Komil inson va yetuk malakali
www.ziyouz.com kutubxonasi


m u ta x a s s is 1 maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyat ja ra y o n id a
tarbiyalanar ekan, ushbu jarayonda o ‘qituvchilarning o ‘rni beqiyosdir. 
Shu bois ularning shaxsida bir qator ijobiy m a ’naviy-axloqiy sifatlar 
nam oyon bo‘la olishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin