Bolalar bog’chalari (3-6 yosh 60 %) da ta‘lim boshlang’ich ta‘lim mazmuni bilan yaqindan bog’langan.
Umumta‘lim maktablari – uch bosqichli: boshlang’ich (I-III), gimnaziya (V-VIII), litsey (IX-X) sinflarini o’z ichiga oladi. V sinfdan boshlab, fakultativ soatlar o’qitiladi. VIII sinfni bitirganlar (90 %) imtihonsiz litseyga kiradilar. Ko’pchilik VIII sinf bitiruvchilari (73 %) maxsus litseylarga (sanoat, qishloq xo’jalik, iqtisod, pedagogik, tibbiyot) yo’nalishlaridagi o’qishga kiradi.
Litseyning I-bosqichini bitirganlar kasb ta‘limi beruvchi kurslarda yoki maktablarda (2 yil) o’qishi mumkin. Litsey ta‘limini to’la o’taganlar kasb ta‘limi maktablarida ixtisoslashgan ta‘lim oladilar.
Kasb-hunar ta‘limi(1-2 yil) – 10 yillik ta‘limni bitirganlar qabul qilinadi.
Oliy ta‘lim – universitet va institutlarda beriladi.
O’qituvchilar – boshlang’ich sinflar uchun litseylarda (4 yillik) va yuqori sinflar uchun universitetlarda amalga oshiriladi.
CHexoslavakiya – aholisi 15 mln., yer maydoni 127,9 ming km.kv., poytaxti – Praga. 1990 yildan Chexiya va Slovakiyaga bo’linib ketdi. 1948 umumiy majburiy ta‘lim haqida Qonun qabul qilindi.
Bolalar bog’chalari (3-5 yosh, 80 %), 1 yillik tayyorlov guruhlari.
Maktab ta‘limi (6-16 yosh); asosiy maktab – 8 yillik (ikki bosqichli) bo’lib, boshlang’ich (I-IV) va to’liqsiz o’rta (V- VIII) sinflardan iborat. Uzoq tumanlarda internatlar mavjud.
To’liq umumiy ta‘lim– o’smirlarning 20 % ini qamrab oladi. Bu maktabda 4–yillik gimnaziya bo’lib, differentsial ta‘lim beriladi. Gimnaziya imtihon bilan tugaydi va VUZ ga kirish huquqini beradi.
Kasb-hunar ta‘limi (4 yil) – o’rta ma‘lumot va kasb-hunar beradi (95 %). Shuningdek, kasb-hunar shogirdligi (1-3 yil) o’quvi ham mavjud.
Oliy ta‘lim – universitet va institutlarda amalga oshiriladi. O’qituvchilar universitetlarning pedagogika fakultetlarida tayyorlanadi.
3.Boshlang’ich sinflarda – umumta‘lim asoslari (o’qish, yozuv, hisob malakalari) shakllantiriladi. O’quv soatlarining yarmi ona tiliga, chorak qismi matematikani o’rganishga ajratiladi. Qolgan soatlar – rasm, musiqa, mehnat, jismoniy tarbiyaga ajratiladi. Qisman tabiatshunoslik va tarixga doir ilmlar beriladi. Shunga qaramasdan boshlang’ich ta‘lim muddatlari turlicha (Germaniya – 3 yil, Chexoslavakiya – 4 yil), Bolgariya, Vengriya mamlakatlarida boshlang’ich sinflar o’quvchilari to’garaklar (raqs, harakatli o’yinlar) ga ham jalb qilinadi.
Germaniyada o’quv rejasida I sinfga 21 soat, II sinfga 24 soat, III sinfga 26 soat (nemis tili, vatanshunoslik, matematika, mehnat, maktab qoshidagi uchastkada ishlash, rasm, musiqa, jismoniy tarbiya) ajratilgan.
CHexoslavakiyada o’quv rejasida I sinfga - 20 soat, II sinfga - 22 soat, III sinfga – 24 soat, IV sinfga – 24 soat ajratilgan.
Bolalar maktabga qabul qilinishidan oldin tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. Ko’p mamlakatlarda 1-2 yillarda sinfda qoldirilmaydi.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda o’quvchilarning 60-70 % i qamrab olingan.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyaga asoslangan yangi o’quv dasturlari va rejalari joriy etilmoqda. Ta‘lim jarayoniga axborot texnologiyalari keng miqyosda kirib borayotir.