Maktabgacha ta‘lim – bolalar bog’chalari (3-6 yosh), 90 %;
Majburiy ta‘lim – 6-16 yoshlilar jalb qilingan bo’lib, 10 yillik politexnika umumta‘lim maktablarida amalga oshiriladi. Mazkur maktab: quyi, o’rta, yuqori sinflarga bo’linadi. Quyi sinflar (I-III) da, asosan, o’qish, yozish, hisob malakalari shakllanadi. Unda ona tili darslari o’quv soatlarining 50 % ini tashkil etadi. Qolgan soatlar mehnat, estetik, jismoniy tarbiyaga ajratilgan.
O’rta bosqich (IV-VI) ta‘limi fan o’qituvchilari tomonidan olib borilib, unda ilm asoslari o’rganiladi.
Yuqori sinflar (VII-X sinflar) da majburiy ta‘lim dasturi bilan birga tanlov fanlari (22 yo’nalishidagi) ham o’qitiladi, kasb tanlash, kasb-kor tarbiyasiga alohida e‘tibor beriladi.
Kasb ta‘limi– 10-sinfni bitirganlarning barchasi uchun majburiy (o’quv yurtlariga kirmaganlar uchun) dir. Kasb ta‘limi (2-3 yil) da 2 yil o’qiganlarga texnikumlar va o’rta maxsus ma‘lumotli injenerlar maktablarida o’qiydi. Kasb ta‘limi muassasalarida 3 yil o’qiganlar kasb-hunar egallash bilan birga yetuklik attestati ham oladilar va oliy o’quv yurtiga kirish huquqini qo’lga kiritadilar.
Kengaytirilgan maktablar – 10-sinf bitiruvchilarini qabul qilib, 2 yil davomida oliy o’quv yurtiga tayyorlaydi. Bu maktab bitiruvchilari soni oliy o’quv yurtlari ehtiyojiga teng bo’lib, uning bitiruv imtihonlari oliy maktabga kirish imtihonlari vazifasini bajaradi (abitur-sinf).
O’rta maxsus ta‘limi– amaliy xarakterga ega bo’lib, san‘at ishlab chiqarish uchun injenerlar tayyorlaydi.
Oliy o’quv yurtlari (53 universitetlarda), oliy maktablarda oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlanadi. O’qituvchilar tayyorlash 5 yillik dastur asosida 3 pedagogika maktablari va 6 pedagogika institutlarida, 42 pedagogik bilim yurtlarida (maktabgacha ta‘lim va boshlang’ich ta‘lim uchun) tayyorlanadi. Pedagogik tadqiqotlar pedagogika fanlari akademiyasida amalga oshiriladi.
Ruminiya – aholisi 23 mln., yer maydoni – 237,5 ming km.kv, poytaxti – Buxarest. Mamlakat xalq ta‘limi tizimi 1948 yilda isloh qilindi. 1968 yilda “Xalq maorifi haqida Qonun” qabul qilindi va 10 yillik majburiy ta‘lim joriy etildi. Xalq maorifi tizimi tuzilishini belgilab berdi.