Adabiyotlar: 1. Karimov I. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T., “O’zbekiston”, 1992.
2. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., “SHarq”, 1998.
3. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, “SHarq”, 1999.
4. Hoshimov K. va b. Pedagogika tarixi. T., “O’qituvchi”, 2006.
5. Pedagogika. A.Q. Munavvarov tahriri ostida. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996.
6. Malkova Z.A. Shkola i pedagogika zarubejom. M., “Pedagogika”, 1983y.
7. Jahon mamlakatlari tarixi . T – O‘qituvchi .1994 y
8. Xorijda ta’lim ,ma’rifat – 2001 y
9. Xorijiy davlatlar ta’lim tizimiga oid Internet ma’lumotlari
5- Mavzu: Yevropa mamlakatlaridata’lim-tarbiya masalalarining olib borilishi va komparativistik tahlili.
Reja 1. Rivojlangan mamlakatlarda komil insonni tarbiyalash muammosi. 2. Vengriya va Germaniyada xalq ta‘limi tizimi. 3. Ruminiya, Chexiya, Slovakiyada maktab ta‘limi. 4. Germaniya ta’lim tizimi. 5. Angliya ta’lim tizimi. 6. Fransiya ta’lim tizimi.
Tayanch iboralar:Muammoli tarbiya, Vengriya va Germaniyada xalq ta‘limi tizimi, Gimnaziya,.
1.Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo’lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o’zgarishlarni insonning o’zini o’zgartirmasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o’z-o’zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta‘lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o’qitish usullari va metodlari ma‘nan eskirib, ta‘limning ilg’or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi.
Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini o’rganib borar ekan, insonni, uning ma‘naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam – olam ichidagi kichik olam bo’lib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o’z aksini topgandir. Bu hol olamni to’la tasavvur qilishdan oldin odamni, inson olamini yaxshi bilishni taqazo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish ko’zga tashlanadi. Shuning uchun bu mamlakatlarda insonni faqat zamonaviy ishlab chiqarish ilmi bilan qurollantirish, axborot texnologiyalari, boshqaruv malakalarini o’rgatishga ustivor soha sifatida qaralmoqda. Ulardagi maktablar ta‘lim-tarbiyasi oldiga ham shunday vazifa qo’yilgan bo’lib, kichik olam (Najmiddin Kubro) ning moddiy ehtiyojlari yetakchi o’ringa, ma‘naviy ehtiyojlar keyingi o’ringa tushib qolayotir.
2.Sobiq sho’rolar imperiyasi barham topguniga qadar Yevropadagi qator mamlakatlarda xalq ta‘limi taraqqiyoti sobiq kommunistik firqalar mafkurasi asosida amalga oshirildi. Ammo, mamlakatlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda yoshlarga zamon talablari asosida ta‘lim-tarbiya berish, ularni ilmiy-texnika inqilobi yutuqlariga asoslangan kasbiy bilimlar bilan qurollantirish lozim deb qaraldi. Shuning uchun mazkur muammoni hal qilishga qaratilgan davlat qarorlari qabul qilindi. Vengriyada (1980 y) va Chexoslovakiyada (1981) maktab ta‘lim-tarbiyasi sifatini tubdan o’zgartirish yo’nalishida dadil qadamlar tashlandi. Maktab ta‘lim-tarbiyasi puxta o’ylangan reja asosida yo’lga qo’yildi.
Sotsialistik tuzum barham topguniga qadar mazkur mamlakatlarda jadal industrlashtirish yo’llarida (50 -y) yoshlarga umumta‘lim va kasbiy ta‘lim berish ehtiyoji kuchaydi. Qishloqlarda jadal sur‘atlar bilan yirik maktablar barpo etildi, mavjud maktablar yarim internatlar shakliga o’tdi. O’quvchilar kontengentining 30 % yarim internatlar va kuni uzaytirilgan guruhlarga jalb etildi. Majburiy ta‘lim 8 yillik bo’lib, ta‘limning ishlab chiqarish bilan aloqasi kuchaytirildi.
70 – yillarda maktab bitiruvchilarining 80 % i (8-sinfni) turli shakllardagi umumiy o’rta ta‘lim maktablarida davom ettirdilar. Ammo, umumiy o’rta ta‘lim (X-XI sinflar) ga yoshlarni jalb etishda qator obyektiv muammolar mavjud bo’lib, ularni hal qilishda Yevropa mamlakatlari yaqindan hamkorlik qilishmoqda.
Vengriya – hududi-93.000 kv.km, aholisi 11 mln., poytaxti – Budapesht shahri, mamlakat o’tmishi mustaqillik uchun kurashlar tarixi bilan hamohang 1919 - yilgi inqilob (133 kun) tufayli yagona mehnat maktabi haqida Dekret qabul qilingan edi. Maktab ta‘limini qayta qurish va savodsizlikni tugatish yo’lida ilk qadamlar qo’yildi. Ammo, Xorti boshchiligidagi fashistik rejim xalq ta‘limi rivojini ortga surib yubordi.
Ikkinchi jahon urushi tugaganida mamlakatdagi bolalarning teng yarmi boshlang’ich ta‘limni ham olmagan, kattalarning 10 % i savodsiz, talabalar orasida oddiy xalq bolalari 2,7 % ni tashkil etar edi.
O’tgan asrning 50-yillari nihoyasida mamlakatda 6-16 yoshli bolalar uchun tekin umumiy majburiy ta‘lim joriy etildi. “Vengriyada xalq maorifi tizimi haqida Qonun” qabul qilindi (1961 y). Bu xalq maorifi sohasidagi erishilgan yutuqlarni yanada mustahkamladi.
1972 - yildagi “Xalq maorifining ahvoli va uni takomillashtirish haqida” gi qaror va 1975 - yilgi qurultoy umumiy majburiy o’rta ta‘limga to’la o’tishi ta‘minlandi. Hozirgi kunda mamlakat xalq ta‘limi tizimi quyidagi ko’rinishga ega:
Bolalar bog’chalari – 3-6 yoshli bolalarning bir qismini qamrab olgan (70 %). Bog’chalarga qatnamaydigan bolalar maktabga borishdan 6 oy oldin tayyorlov mashg’ulotlariga jalb etiladi. Bog’chalardagi mashg’ulotlar aholining ish rejimiga bog’liq holda tashkil etiladi.
Umumiy majburiy ta‘limga 6 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb etiladi. Bu amalda 2 bosqichli 8 yillik ta‘lim bo’lib, I-IV, V-VIII sinflarni o’z ichiga oladi. 1-sinfga qabul qilinganlarning 80 % i asosiy maktab (8-sinf) ni 14 yoshida, qolgan 20% 16 yoshida tugallaydi. Yuqori sinflarda iqtidorlilar uchun alohida o’quv rejasiga asoslangan chuqurlashtirilgan ta‘lim beriladi. 8-sinfni bitirgan o’smirlar o’rta umumiy ta‘lim olish uchun yana 2 yil o’qiydi.
O’rta ma‘lumot – tayanch maktabi (8-sinf) ni bitirgan o’quvchilarning 20 % i jalb etiladi (iqtidorlilar, shundan bolalarning 15 % i). Shuningdek, ularning bir qismi kasb-hunar-texnika bilim yurtlariga jalb etiladi. Lekin ularning 15 % i ishlab chiqarish yo’nalishida umumiy ta‘lim oladi.
Gimnaziya – 4 yillik ta‘lim bo’lib, unda chuqurlashtirilgan ta‘lim sinflari ham mavjud. Gimnaziyaning oxirgi sinflarida ba‘zi fanlar tanlov asosida o’rganiladi. Gimnaziyani tugatganlarga o’zlashtirish natijalariga ko’ra yetuklik attestatni olish uchun imtihonlarni topshirishga ruxsat beriladi. Ular oliy maktabda o’qishni davom ettirishlari mumkin, qolgan qismiga ishga kirish uchun guvohnoma beriladi. Topshirilgan imtihonlar oliy o’quv yurtiga kirish imtihonlari vazifasini ham bajaradi.
Kasb-hunar o’rta maktabi – 4 yillik kasbiy ta‘lim bo’lib, xalq xo’jaligining 11 yo’nalishi uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beradi. Uni tugatganlarga ham oliy maktabga kirish huquqini beruvchi yetuklik attestati beriladi.
Hunar-texnika bilim yurtlari – 3 yillik kasbiy ta‘lim bo’lib, xalq xo’jaligining 186 yo’nalishi uchun malakali ishchilar tayyorlaydi. Uni tugatganlarga yetuklik attestati beriladi.
Gimnaziya va kasb-hunar maktablarining kechki va sirtqi bo’limlari ham mavjud bo’lib, hamma uchun ochiqdir.
Oliy o’quv yurtlari – 18 ta universitet, 32 ta institut va yana bir necha oliy maktablarni o’z ichiga oladi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari – pedagogika bilim yurtlarida, o’rta maktab o’qituvchilari esa pedagogika institutlari va universitetlarda tayyorlanadi. Shuningdek, aspirantura, doktorantura, kon‘yunktura, fanlar akademiyasi, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda hozir masofaviy ta‘lim, pedagogik texnologiyadan keng miqyosda foydalaniladi.
Germaniyada xalq ta‘limida 90 yillarda chuqur o’zgarishlar yuz berdi. 68 mln. aholiga ega bo’lgan GFR 1990 - yilgacha ikkita mustaqil davlat edi.
1946 - yildagi “Nemis maktablarini demokratiyalash to’g’risidagi Qonun” tufayli mamlakatdagi uch toifali tabaqaviy maktablar faoliyatiga yakun yasab, 8-yillik ta‘lim joriy etildi. Xalq ta‘limini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan 1959 yildagi “Germaniyada maktab ta‘limini rivojlantirish to’g’risidagi Qonun” ga ko’ra 10 yillik ta‘lim joriy etildi.