24
3. Qadimiy davr tilidan o’sha tilning hozirgi zamonaviy holatiga tarjima qilish (masalan,
qadimgi o’zbek tilidan hozirgi o’zbekchaga tabdil etish)
Asl nusxada ifodalangan fikr bo’lak tilda ham xuddi aslidagiday to’la, aniq va ta’sirchan
bo’lishi lozim. Bundan tashqari tarjima o’sha asr o’girilgan tilning me’yoriga mos, muvofiq
bo’lishi lozim.Tarjimaning bosh xossasi uning boshqa til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat
ijodiy jarayon, so’z san’ati ekanligidir.
Zamonlar osha tarjimaga bo’lgan talablar yangilana boradi, ammo uning ijodiy xarakteri, qayta
yaratish sa’nati ekanligi o’zgarmaydi.Tarjimani qo’llash va uningtaraqqiyoti
har bir xalqning
ma’rifiy darajasiga bog’liq va o’z navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali ta’sir
etadi. ―Tarjima‖ termini bir tildagi matnni ikkinchi tilga o’girish jarayonining,
shuningdek tayyor
tarjima asarini anglatadi.
Hozirgi davrda har bir taraqqiy etgan xalqda jahondagi yuzlab xalqlar tilidan o’z ona tiliga ilm-
fan va madaniyatning o’nlab sohalariga oid materiallarini tarjima qilinadi. Tarjima nusxa
ko’chirish emas, tarjimaning estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan tashqari, tarjimada iz qoldiradi.
Yozuvchi hayot voqealaridan olgan mushohadalarini
tilda badiiy ifodalasa, tarjimon asliyat
matnni til vositasida qayta gavdalantiradi. Buning uchun u asarda tilga olingan voqe’likni muallif
darajasida puxta bilishi shart.Har bir xalq adabiyotining rivojlanishida tarjimachilikning ta’siri
katta bo’ladi. Zero tarjima adabiyot tarihi bilan tengdosh.
O’zbek tarjimashunosligi ham qadimiydir. O’zbekistonda tarjimashunoslik maxsus ilm
sifatida o’tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. O’zbek tarjimashunosligida
asosan adabiy
yo’nalishi taraqqiy etgan. Tarjimaning insoniy jihatlari keyinroq o’zbek tiliga ko’pgina xorijiy
tillardan bevosita o’girishga yo’l ochilgandan so’ng rivojlana boshladi.
Tarjima xoh u yozma bo’lsin, xoh og’zaki bo’lsin, u millatlar va xalqlar o’rtasidagi
muhim aloqa vositasi hisoblanadi. Har qanday tarjimaning asosiy vazifasi asl tilda so’zlovchi
yoki yozuvchi tomonidan bildirilgan komunikativ maqsadni o’zga tarjima tilida to’la va aniq
ifoda etilishidan iborat. Tarjimaning aniq va mukammal bo’lishida tilning grammatik qurulishi,
unga muofiq til birliklarning
mavjud ekanligi yoki emasligi, tilning ob’ektiv borliqni ifoda eta
olish imkoniyatlarining miqyosi bir xil ekanligi yohud bir xil emasligi kabi omillar qatorida
tarjimaning mahorati katta ahamiyat kasb etadi.
Shu ma’noda, tarjimon nafaqat asliyat tarjima
tillarning Grammatik qurilishi, leksik
boyligini, balki o’sha tillarda gapiruvchi xalqlar tarihi,
urf-odatlari, an’anasi haqida bilimlarga
ega bo’lishi lozim.Til birliklarining funksional jihatlari haqida ham mukammal bilimlarga ega
bo’lishi kerak.
Tarjima jarayonining oson yoki qarindosh yoki qarindosh emasligi, tipologik jihatdan bir
yoki boshqa –boshqa til tizimlariga mansubligi ham katta ro’l o’ynaydi.
25
Analitik qurulishga ega bo’lgan, ingliz, fransuz, ispan kabi
tillarning grammatikasi va
Grammatik qurulishi o’xshash tomonlarining ko’pligi tarjima jarayonini osonlashtirsa,
agglyutinativ tillarga mansub hozirgi zamon o’zbek tilida va analitik qurilishga ega bo’lgan
hozirgi zamon ingliz tili asosida amalga oshiriladigan tarjimalarda bu jarayon qiyinroq kechishi
mumkin. Hozirgi kunda tarjima jarayonining miqyosi ancha kengaydi. Leksik tarjimon o’z
faoliyatida barcha sohalarni qamrab olish imkoniyatiga ega emas. Shu bois, tarjima to’laqonli,
aniq va tabiiy chiqishida ixtisoslashuvning ahamiyati beqiyos ekan. Bu borada tarjimon ko’zda
tutilgan malakaviy amaliyot borasida ham ancha-muncha islohotlarni amalga oshirish lozim deb
o’ylayman. Amliyot jarayonining 3 bosqichga bo’linishi maqsadga muofiq bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: