‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov menejment


Strategik rejani amalga oshirishni boshqarish, uni



Yüklə 40,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/196
tarix07.01.2024
ölçüsü40,03 Kb.
#205913
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   196
qtSakfWloQTZoqrytXwO

11.6.Strategik rejani amalga oshirishni boshqarish, uni
bajarilishini nazorat qilish va baholash
H ozirgi 
kunda 
rejalashtirishni 
va 
nazorat 
jarayonini 
m uvofiqlashtirishning bir necha turlari bor. Keng q o ‘llaniladigan 
ikkita boshqaruv instrum etlari mavjud: budjetlar va m aqsadlar 
b o ‘y ich a boshqarish.
Budjetlar.
Rejalashtirishning asosiy vazifalaridan biri bu 
iloji borich a resurslarni sam arali taqsimlashdan iborat. Rejalar, 
rah bariyat fikricha, m aqsadlarga erishish uchun resurslardan 
foydalanish xatti-harakatini taqsim lashga k o ‘m aklashadi. Rahbarlar 
qanday resurslarga ega ekanligini aniqlash uchun rejalashtirishning 
dastagi b o ‘lgan budjetlar ishlatiladi. Budjet bu resurslarni taqsim lash 
usuli b o ‘lib, m iqdoriy k o ‘rinishda xarakterlanadi va m aqsadlarga 
erishishga ko ‘m aklashadi. 
M aqsadva resurslarni miqdoriy aniqlash.
Budjetni ishlab chiqishning birinchi qadami m aqsad va resurslarni 
son k o ‘rinishida ifodalashdan iborat. Keng tarqalgan o ic h o v la r bu 
pul va natural k o ‘rinishlardir.
Budjetni ishlab chiqish bosqichlari:
1. Yuqori rahbariyat tom onidan firmaning umumiy m aqsadi e ’lon 
qilinadi. M asalan, bashorat etilayotgan sotish hajmi.
2. B o ‘lim larda operativ sm etaning tayyorlanishi.
210


3. Yuqori rahbariyat berilgan tadbirlarni budjetga binoan tahlil 
qiladi va o ‘zgartirish kiritadi va b o ‘lim lar yuqori rahbariyat 
k o ‘rsatgan kam chiliklarga tuzatish kiritadi. Ushbu bosqichda yuqori 
rahbariyat tashkilotni resurslar bilan taqsim lash vazifasini bajaradi.
4. Yakuniy budjetlam i tayyorlash.
Aytib o ‘tilgandek nazorat rejalashtirishga asoslanadi. N azorat 
samarali b o ‘lishi uchun uni rejalashtirish bilan cham barchas bogMash 
kerak. Budjetni ishlab chiqish bunday b o g ‘liqlik va nazorat sam arali 
m iqdoriy usulini tashkil etadi.
Inson resurslarida rejalashtirish v a nazorat b o g ‘liqligini 
ta ’m inlovchi boshqarish uslubi — m a q s a d la r b o ‘y ich a b o s h q a ris h
(M B O ) uslubi hisoblanadi. M B O oldingi m avzularda batafsil 
keltirilgan.
Strategik rejani baholash m aqsadlar va erishilgan natijalarni 
solishtirish y o ‘li bilan am alga oshiriladi. Baholash uzlu k siz va 
tizimli olib borilishi kerak. B aholash jarayoni strategiyani tartibga 
solish m aqsadida qo‘llaniladi. Strategik rejalashtirishni baholashda 
quyidagi 5 savolga javob berish lozim: Strategiya tashkilotning 
ichki im koniyatlariga mos keladim i? Strategiya m a’lum darajadagi 
tavakkallikni taqozo etadimi? Strategiyani am alga oshirish uchun 
tashkilot kerakli resurslarga egam i? Strategiya tashqi x a v f va 
imkoniyatlarni hisobga oladim i? Strategiya firma resurslarini 
qoMlashda eng yaxshi usul hisoblanadim i?
Baholash jarayonida bir qator m iqdoriy va sifatiy m ezonlar 
m avjud. M iqdoriy m ezonlarga quyidagilar kiradi: bozordagi 
hissa, sotish hajm ining oshishi, kadrlar q o ‘nim sizligi, xarajatlar 
darajasi, samarali ishlab chiqarish va hokazo. Sifatiy m ezonlarga 
esa, m ijozlarga xizm at ko‘rsatish hajm ini oshirish, bozor haqidagi 
bilimlarni chuqurlashtirish, im koniyatlardan foydalanish, x a v f 
m iqdorini kam aytirish va hokazo kiradi.
Sifatiy va miqdoriy baholash bilan bogMiq m uam m olar: Vaqt 
omili. 0 ‘lchashning aniqligi. Strategiya va rejalar aniqlangandan 
keyin rahbariyat um um tashkilot m aqsadlariga erishish uchun 
tashkilot strukturasini o ‘rganishi kerak.
211



Yüklə 40,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin