bilangina gultojdan ajralib turadigan murakkab gulqo’rg’on bargchalarining
qo’shilmagan bo’lsa, birikmagan bargli kosacha, aks holda birikkan bargli
kosachabarglarning yoqori qisimlari butunlay birikmay qoladi,shunga ko’ra,
bo’lak yoki tishchalarning soniga qarab, uni hosil qilishga ishtirok etgan
9
kosachabarglarning soni haqida fikr yuritish mumkin. Kosachabarglarning
qo’shilib ketgan pastki qismi kosacha paychasi deyiladi. Vegitativ barglarni
tasvirlashda qanday terminlar ishlatilsa, birlashmagan bargli kosachabarglarni
yoki birikkan bargli kosacha barklari, parralari, tishchalarini tasvirlashda ham
shunday terminlar ishlatiladi.
Kosachadan bir necha simmetriya tekisligi o’tkazish mumkin bo’lsa, u
to’g’ri yoki aktinamorf kosacha deb, bordiyu faqat bitta simmetriya tekisligi
o’tkazish mumkin bo’lsa, noto’g’ri yoki zigomorf kosacha deb ataladi.
Kosachaning asosiy vazifasi g’uncha holidagi gulning ancha yosh va nozik
ichki qisimlarini gul ochilguncha himoya qilib turishdir. Ko’pchilik
o’simliklarda kossacha gullash vaqtida saqlanib qoladi va so’lib, gultoj bilan
birga to’kilib ketadi. Talaygina o’simliklarda (olma,nok,behi, va boshqalarda)
kosacha mevalarda ham saqlanib va ba’zi o’simliklarda hatto o’sib, ba’zan
rangini o’zgartiradi (fizalis paq-paq)-Physalis alkekengi da) yoki mevalarning
tarqalishiga yordam beradigan organga aylanadi: Mevalarning shamol bilan
tarqalishiga yordam beradigan talaygina murakkabgullilarga mukli jug’a va
boshqalarga yoki meaning hayvonlar yordamida tarqalishiga yo’l ochadigan
qayrilgan ilmoqlar, tishsimon qilchilarga (tikanok va boshqalar) aylanadi.
Ba’zi o’simliklarda kosacha yirik, rangli bo’lib gultojga o’xshab turadi;
bunday hollarda u yo rosmana gultoj bilan baravar rivojlangan bo’lib, shakli
va olgan joyi jihatidan undan farq qiladi yoki vazifasiga ko’ra, o’rnida mayda-
mayda nektardonlar yuzaga keladigan gultojning o’rnini bosadi (kupatsiya
maroznik-Helleborus
va
boshqalarda).
Ko’pchilik
sayavongullilar,
murakkabgullilar, valeriangullilarga kosacha judda kuchsiz rivojlangan
(reduksiyalangan) yoki tamom yoqolgan.
Dostları ilə paylaş: