1. Embrion,urug’ endospermi va mevaning rivojlanishi.
Qo’sh urug’lanishdan keyin hammadan avval embrion xaltasidagi
markaziy hujayra yadrosi bo’lina boshlaydi.Embrion xaltasi yirik, keng
bo’ladigan o’simliklarda, asosan ajralgan tojbarglilar bilan bir pallalilarda,
shu yadro bo’linar ekan, protoplazmaning devor yonidagi qavatidan joy olgan
bir talay yadrolar yuzaga keladi. Keyin ularning orasida bir yo’la to’siqlar
hosil bo’ladi(erkin sur’atda hujayralar hosil bo’lishi deb shunga aytiladi);
yuzaga kelgan hujayralar yana bo’linib ko’payadi va butun embrion xaltasini
to’ldiradi; natijada embrionning va unib kelayotgan yangi o’simlikning
oziqlanishi uchun sarf bo’ladigan embrion xaltasidan yetilib chiqadigan ko’p
hujayrali to’qima-endosperm( oqsil) paydo bo’ladi. Endospermning shu tariqa
rivojlanishi tipi yadrolik yoki nuqmalar tip deyiladi.
Tor embrion xaltalarida( ba’zi o’simliklarda keng xaltalarda ham), asosan,
qo’shilgan tojibarglarda endosperm takommil etar ekan, yadrolarning
36
bo’linishi to’siqlar yuzaga kelishi bilan birga davom etadi. Endosperm hosil
bo’lishining bu tipi hujayrali yoki selyuyar tip deb ataladi. Kamdan-kam
o’simliklarda ( masalan, orxisgullarida) endosperm mutlaqo vujudga
kelmaydi.
Yangi o’simlikning oziqlanishi uchun xizmat qiluvchi yopiq urug’lilar
endospermining biologik roli jihatidan ochiq urug’lilar endospermiga
ma’lum darajada o’xshaydi (analog) deb hisoblasa bo’ladi, lekin uni o’sha
endosperm gomologi deb aytish yaramaydi. Ochiq urug’lilar endospermi
gametofit hujayralarida gaploid miqdorda xromosomalari bor maysadir.Yopiq
urug’lilarda embrion xaltasi markaziy yadrosi ikkinchi spermiya bilan
qo’shilganidan keyin shu xaltadagi markaziy hujayraning ikkilamchi
yadrolarida yuzaga keladigan yopiq urug’lilar endospermi triploid
xromosomalari bor bo’lgan tamomila o’ziga xos tuzilmadirki, bunga
o’xshagan tuzilma boshqa o’simliklarda bo’lmaydi. Yopiq urug’lilar
endospermi ochiq urug’lilar endospermidn farq qilish uchun ko’pincha
ikkilamchi endosperm deb ataladi.
Endospermning urug’lanishdan keyin rivojlanishi biologic jihatdan
ravshan; endosperm embrionning oziqlanishiga sarflanadigan bo’lganidan
uning vaqtidan oldin yuzaga kelishi urug’lanish hodisasi negadir yuzaga
chiqmay qolsa, plastik materialni bexuda sarflash bilan baravar bo’lar edi.
Spermiyaning embrion xaltasidagi markaziy yadro bilan qo’shilishi
endospermning takomil etishi uchun berilgan signaldir, endosperm takomil
etishining asl urug’lanishga uncha aloqsi yo’q. Shu munosabat bilan “ qo’sh
urug’lanish” degan termin asl mohiyatni to’la ifoda etolmaydigan va uncha
bop kelmaydigan termindir.
Ikkinchi spermiyaning embrion xaltasidagi markaziy hujayra bilan
qo’shilishi, aftidan embrionning ancha yaxshi oziqlanishini ta’min etadi,
chunki endospermga ota o’simlik ham ta’sir ko’rsatadi. Urug’ bir tur yoki nav
doirasida yuzaga chiqadigan bo’lsa,bu-o’simlikning uri va naviga oid hamma
37
belgilarning yaxshiroq saqlanib qolishiga yordam beradi. Jinsiy duragaylash
bo’lgan taqdirda, xuddi embrion singari, endospermga ota o’simlik ta’sir etadi
va niholga (maysaga) o’tadigan oziq shu nihol talablariga, masalan, ochiq
urug’lilarda endospermi jinsiy duragaylashda yolg’iz ona o’simlikdan paydo
bo’ladigan, embrionga uncha muvofiq kelmaydigan yopiq urug’lilarda esa
ancha muvofiqroq keladi.
Urug’langan tuxum hujayra tezda parda bilan o’ralib, ko’ndalangiga
ketgan to’siq bilan ikkita hujayraga: chang yo’liga qarab turadigan ustki yoki,
yaxshisi bazal hujayra bilan pastki yoki, yaxshisi terminal hujayraga
bo’linadi. Chang yo’liga qarab turadigan bazal hujayra ko’ndalangiga ketgan
to’siqlar, ba’zi o’simliklarda esa uzunchasiga ketgan to’siqlar bilan ham
bo’linib, osilma sop embrion paydo qiladigan terminal (pastki) hujayrani, oziq
moddalari embrionning rivojlanishi uchun sarf bo’ladigan endosperm bilan
to’luvchi embrion xaltasi bo’shlig’iga surib tushiradi. Osilma sop ichidagi
embrion hosil qiluvchi terminal hujayra bir-biriga tik uchta to’siq bilan 8 ta
hujayraga bo’linadi, shu hujayralarning har birida keyin tagental to’siq yuzaga
keladi. Hujayralari zo’r berib bo’linganligidan kattalashib boradigan
sharsimon tana paydo bo’ladi. Uning uchi tez orada yassi bo’lib qoladi: ikki
pallalilarda uning ikkita qarama-qarshi uchida tobora kattalashib ikkita
dastlabki barg-ikkita urug’larni hosil qiluvchi ikkita do’mboq yuzaga keladi.
Urug’ pallalar bilan osilma sop o’rtasida urug’pallaning pastki bandi va
osilma sopga ( chang yo’liga) yaqinroq joyda birlamchi ildiz hosil bo’ladi.
Urug’pallalar o’rtasidagi oraliqda boshlang’ich poya yuzaga keladi: bu poya
yo yalang’och bo’rtma ko’rinishida bo’ladi, yoki ko’proq o’sib, bir-biriga
zich taqalgan hamda o’zini qoplab olib, kurtakcha hosil qiladigan bir qancha
boshlang’ich barglarni yuzaga keltiradi.
Bir pallalilarda embrion uchida faqat bitta urug’palla hosil bo’ladi,
kurtakcha esa uning yon tomonida turadi. Ko’pgina bir pallalilarda ikkinchi
38
urug’palla juda erta nobud bo’ladi, saqlanib qolgani esa o’sib poyaning
uchiga joylashadi va uning o’sish nuqtasini yon tomonga suradi.
Ba’zi bir pallalilarda istisno tariqasida ikkita urug’palla bo’ladi.(
Agapanthus Dioscorea va boshqalarda). Qator bir pallalilarda embrion
rivojlanishning dastlabki davrlarida urug’palla yon tomonda (loteral), poya
o’sish nuqtasi uning uchida ( terminal), ( telorez, Ottelia, nayzobarg va
boshaqalarda) joylashadi. Shunday qilib birgina urug’palla va uning terminal
joylanishi ikkilamchi belgidir.
Bu bir pallalilarning ikki pallalilardan kelib chiqqanligini isbotlovchi
dalilllardan biridir. Ba’zi ikki pallalilarda bir necha urug’palla: yo ikkita
katta-kichik urug’palla ,yoki ikkita urug’pallaning qo’shilishidan, yo
bo’lmasa bitta urug’pallaning rivojlanmay qolishidan yuzaga keladigan faqat
bitta urug’palla bo’ladi.
Embrionning yuqorida ta’sir etilgan umumiy rivojlanishi tipida turli
o’zgarishlar ko’p ko’riladi, shu bilan birga bu o’zgarishlar tasodifiy bo’lmay,
ma’lum bir o’simlik uchun xarakterli bo’ladi.
Urug’kurtakning hammasi asta-sekin urug’ga aylanadi.Uni o’rab turadigan
po’st urug’kurtak qoplag’ichlaridan, ba’zi o’simliklarda qisman nutsellusdan
ham hosil bo’ladi.
Tuguncha devoir urug’laanishdan keyin ham o’sadi, shaklan o’zgarib,
meva yononi hosil qiladi, tugunchada rivojlanayotgan urug’larni shu meva
yoni o’rab oladi.Tuguncha boshdan oyoq mevaga aylanadi.Ko’pgina
o’simliklarda gulning boshqa qismlari ham meva hosil qilishda ishtirok etadi.
39
1-расм
Кўп уруғли қуруқ мeвалар қутичалари: А-қанотли, б-мураккаб қанотли,
в-дуккак, г-кўзоқ, д-кўзоқча, E, ж, з – қутича, и-бўғинли кўзоқ
2-расм
А-б-данакли мeва, 1-экзокарп, 2-мeзокарп, 3-eндокарп
40
3-расм
Ёнғоқсимон бир уруғли қуруқ мeвалар:
А- ёнғоқ, б-ёнғоқча, г-хакалак, д-қанотли, йe-икки қанотли, ж-писта, з-
мураккаб ёнғоқча, и-пистача
4-расм
Кўп уруғли ҳўл мeвалар:
(
рeзаворлар) а-узум, б-помидор, в-олма, г-лимон, д-бодринг
41
Xulosa
Urug’lanish jarayonidan avval urug’chi tumshuqchasiga tushgan chang
una boshlaydi, ya’ni bo’rtib chang trubka ( naycha)si hosil qiladi. Chang
trubkasi har xil fermentlar aminokislotalar, garmonlar va vitaminlarga boy
bo’lgani uchun kuchli fiziologik jarayonlar natijasida o’sib, urug’kurtakning
mikropile orqali murtak xaltachasiga o’tganda chang trubkasining uchi
yorilib,uning ichidagi 2 ta spermiya murtak xaltasiga to’kiladi. Bu
spermiyalardan bittasi murtak xaltadagi tuxum hujayrasi, ikkinchisi esa
ikkilamchi yadrosi bilan qo’shiladi.Mazkur jarayon qo’sh urug’lanish
deyiladi.
Qo’sh urug’lanish jarayoni 1898-yilda rus olimi-sitalog va embriolog
S.G.Navashin tomonidan aniqlangan.
Murtak xaltasining tuxum hujayrasi bilan spermiya qo’shilganda diploid
zigota hosil bo’ladi.Bu zigotadan urug’ning murtagi rivojlanadi. Urug’ning
murtagida: murtakning ildizchasi, poyachasi, urug’pallalari va kurtakchasi
mavjud. Ikkilamchi yoki markaziy yadro bilan ikkinchi spermiya
qo’shilishida endosperm hosil bo’ladi. Endosperm yirik parenxekmatik
hujayralarga kraxmal,oqsil,moy to’planadi va ualr murtakning rivojlanishida
asosiy oziq hisoblanadi.
42
Adabiyotlar ro’yxati.
1. Jizn rasteniy tom-5(1) Moskva ,, Prosveshenie” 1980. 430b,7-112b.
2. Hamdamov. I.X ,,Botanika asoslari” T. ,,Mehnat” 316b,126-150b.
3. Ikromov. M.I, Normurodov. X.N, Yo’ldoshev. A.S. ,,Botanika”
Toshkent. ,,O’zbekiston nashriyoti 2002” 333b, 255-315b.
4. Kursanov. A.A va boshqalar. Botanika 1-tom.,, O’qituvchi nashriyoti
1972-yil” 447b, 356-413b.
5. Mustafoyev. S.M. ,,Botanika Toshkent 2005-yil.
6. Saxobiddinov. S.S. ,,O’simliklar sistematikasi” 3-qism Toshkent 1966-
yil. 76-116b.
7.Мустафаев С.М. Ботаника. Тошкент. «Узбекистон ».2002. 470 с.
8. Mustafayev S. M., O.A. Ahmedov Botanika,Тошкент, 2006.
9.Тўхтаев А. Ўсимликлар анатомияси ва морфологияси. Тошкент
1994й.
10.Билич Г.Л., Крыжановский В.А. Биология. Польный курс. В 3х т. Том
Анатомия. М.: ОНИКС. 2005. – 864 с.
11.Андреева И.И., Родман Л.С., Чичёв А.В. Практикум по анатомии и
морфологии растений. М.: «Колос». 2005. -156 с.
12.Бавтуто Г.А., Еремин В.М., Жигар М.П. Атлас по анатомии растений.
Минск. «Уроджай». 2001. - 245 с.
13.Рахимов А.К., Қодирова Н.З. “Анатомия ва морфология” фанидан
ўқув-услубий мажмуа. Тошкент 2011й.
WEB САЙТЛАР
1. http: www.ziyonet.uz.
2. www. pedagog.uz
3. www. maik.ru
4. www.edu.ru
Dostları ilə paylaş: |