III . Embrion xaltachasining tuzilishi va rivojlanishi
Megaspora (embrion xaltasi)ni hosil qiluvchi arxesporiy, odatda,
atigi bitta hujayraga qadar reduksiyalanadi. Arxesporiy chang yo’li ostida
yotgan nutsellusning subepiderlik hujayrasidan yuzaga keladi. Ikki
qoplag’ichli ko’pgina urug’kurtaklarda shu subeliderlik hujayra bitta
hujayrani tashqi tomonga ajratib chiqaradi. Bu hujayra yana bo’linadi va bir
qancha hujayralarni hosil qiladi, shu hujayralar arxesporiy hujayrasini
nutsellusning ichkarirog’iga suradi( chang xonalarida arxesporiy hosil
bo’layotgan vaqtdagidek). Bir qoplag’ichli urug’kurtaklarda, odatda, shu
qoplag’ich hujayra ajralib chiqmaydi va subeliderlik hujayra arxesporiy
hujayrasi bo’lib qoladi. Keyinchalik arxesporiy hujayrasi tipik hollarda ikki
marta bo’linib, nutsellusning uzunasiga ketgan o’qi ustida ustma-ust yotgan
to’rtta hujayraga aylanadi va xromosomalarning soni ikki marta kamayadi. Bu
hujayralarning pastki ( axyon-axyonda yuqorisigdagi yoki o’rtadagilaridan
biri) juda kattalashib ketadi, yuqoridagi hujayralarni siqib qo’yadi va
megasporaga yoki boshqacha aytganda bir yadroli embrion xaltasiga aylanadi.
Ba’zan bir qancha embrion xaltasi rivojlana boshlaydi, lekin keyinchalik
ularning bittasi boshqa hammasini siqib qo’yadi.
Megaspora, xuddi ochiq urug’lardagidek ona o’simlikning urug’kurtagida
unadi.Ba’zi o’simliklarda u changlanishdan keyin unadi. Embrion xaltasi unar
ekan, yadrosi qarama-qarshi tomonga, ya’ni chang yo’li va uning qarshi
tomoniga, ajraladigan ikkita yadroga bo’linadi. Bu yadrolar turgan joylarida
keyin yana ikki marta bo’linadi, natijada embrion xaltasining har ikkila
tomonida to’rttadan yadro yuzaga keladi. Har bir to’lning bittadan yadrosi
(qutb yadrosi degan yadrosi) embrion xaltasining o’rtasiga qarab yo’lanadi va
shu markaziy deb ataladigan yadrosini hosil qiladi. Embrion xaltasining chang
yo’li yonidagi tomonida turgan uchta yadro atrofiga quyuq protoplazma
to’planib, uchta yalang’och yoki yupqa oqsil ( ammo,sellyuloza emas) parda
bilan o’ralgan hujayra hosil bo’ladi. Bu hujayralar tuxum apparatidan tashkil
32
topadi. Ularning birida chang yo’lidan hammadan nari turganida,yirik yadrosi
va yadrosi yonida vakuolasi bo’ladi: tuxum hujayra yoki onalik gametasi deb
shuni aytiladi. Yadrosi kichikroq bo’lib, vakuolalari ikkita hujayra yordamchi
hujayralar yoki sinergidalar deb ataladi. Embrion xaltasining chang yo’li
qarshisidagi tomonida turgan uchta yadrolar atrofiga ham protoplazma
to’planib, uchta yalang’och yoki yupqa parda bilan o’ralgan hujayra yuzaga
keladi: ular antipodalar deb ataladi. Embrion xaltasining markaziy hujayrasini
hosil qiladi. Shunday qilib, raso tashkil topgan embrion xaltasida (unga
magaspora yoki onalik galitofinida) uning chang yo’liga qaragan tomonida
tuxum hujayra bilan ikkita sinergida,qarama-qarshi tomonida uchta antipoda,
o’rtada esa embrion xaltasining markaziy hujayralari bo’ladi.
Tashkil topgan embrion xaltasini, ya’ni onalik gametofitini ( ungan
magasporani) ochiq urug’larning , shuningdek organi bilan gomolog deyish
birmuncha qiyin. Antipodlarni o’simta bilan, tuxum apparatini arxegoniy
bilan gomolog desa bo’lur edi.Embrion xaltasining markaziy hujayrasida
diploid yadrosi bilan birga ochiq organdir.Onalik gametofini ayrim
qismlarining morfologik tabiati to’g’risida boshqa ipotezalar ham bor.
|