IV. Urug’lanish.
Changlanish bilan urug’lanish, ya’ni gomotalarning qo’shilishi
orasida ma’lum bir vaqt o’tadi. Bu vaqt kauchukli ko’k-sag’izda atigi 15-30
minutni, g’o’zada 18-20 soatni, ba’zi o’simliklarda bir necha kun, hafta, oy va
hatto yilni tashkil qiladi.
Og’izchaga tushgan chang o’sa boshlaydi. Changning intinaga o’ralgan
moddasi ekzinadagi teshiklardan do’mbayib chiqadi va chang naychasini
hosil qiladi, bu naycha asta-sekin cho’ziladi va ustuncha bo’lgan taqdirda
kanili bo’ylab yoki ustunchadagi alohida o’tkazuvchi to’qima bo’ylab o’sib,
tugunchaga qarab yo’naladi. Chang naychasi oziqlanishi va o’sishi uchun
zarur moddalarni aftidan, chang zapaslaridan eams, balki ustuncha
to’qimalaridan xiycha miqdorda oladi. Chang naychasining ma’lum tomonga
qarab o’sishi ham ustuncha bilan urug’kurtak to’qimasidagi allaqanday
moddalarning ta’siriga bog’liq.Chang qismlari ya’ni vegetative yadroli
protoplazma bilan generative hujayra chang naychasining o’suvchi uchiga
o’tadi, lekin ba’zi o’simliklarda vegetative yadro changda qoladi.Generativ
hujayra ba’zan changing o’zidayoq, ko’pincha esa chang naychasida ikkiga
bo’linadi. Ilgari shu generative qiz hujayralarning chegaralari yo’qoladi,
ularning protoplazmasi vegetative hujayra protoplazmasi bilan aralashib
ketadi va spermiyalar (plazmasiz spermiyalar) deb ham ataladigan ikkita
generative yadrogina ro’yrost ajralib turadi deb o’ylar edilar. Spermiyalarning
yolg’iz yadrolar emasligi, generative yadrolar o’z protoplazmasining yupqa
qavati bilan o’ralib turishi, demak, chang naychasida plazmasiz spermiyalar
emas, balki, odatda, cho’ziq ko’rinadigan spermiya hujayralar bo’lishi
tasdiqlandi. Bu kuzatuvlar mohiyat e’tibori bilan kata ahamiyatga ega: ular
spermiyalardan yuzaga chiqadigan urug’lanishda erkak individ tomonidan
yolg’iz yadrogina emas, balki yadro bilan protoplazma ishtirok etishini isbot
qiladi.
34
Chang naychasi protoplazmasida, uning o’sayotgan ichida asta-sekin
yemirilib ketadigan vegetative yadroni,uning orqasida esa, ancha ixchamligi
va cho’ziq shakli bilan ajralib turadigan ikkita spermiyani payqasa bo’ladi.
Chang naychasi tugunchaga yetar ekan, undagi alohida o’tkazuvchi to’qima
bo’ylab o’sadi va urug’kurtakka borib, chang yo’li orqali unga kiradi. Bu
yerda u yo to’g’ri embrion xaltasiga duch keladi,yoki shu xaltani qoplab
turgan yumshoq hujayralar orqali xaltaga o’tadi. Embrion xaltasining chang
naychasi uchiga taqalib turgan pardasi erib ketadi.Chang naychasi embrion
xaltasiga kirar ekan, sinergidalar orasida yoki bir sinergida bilan embrion
xaltasining devoir orasida tuxum hujayra tomoniga qarab o’sadi.Chang
naychasining uchidagi parda yirtilib, undan ikkita spermiya chiqadi, bu unga
qo’shiladi.Bir qancha tekshiruvchilar spermiyalar ayni vaqtda aktiv harakat
qiladi, deb yozadi.
Shunday qilib, yopiq urug’lilarning ociq urug’lilarda ko’rilmaydigan
xususiyati, ya’ni qo’sh urug’lanish degan xodisa vujuga keladi.Urug’langan
tuxum hujayradan embrion, embrion xaltasining markaziy hujayrasidan
embrionga oziq bo’ladigan endosperm hosil bo’ladi.Sinergidalar bilan
antipodalar esa halok bo’ladi, qo’sh urug’lanishni dastlab 1898-yilda mashhur
rus botanigi S.G. Navashin kashf etdi. Ba’zi o’simliklarda chang naychasi
uru’kurtakka chang yo’li orqali kirmay, xolatsa ( xalatsogamiya) orqali yoki
yon tomondan qoplag’ichlar orqali kiradi ( lizogamiya gerkcha”mezos”-o’rta,
“gameo”-nikohlanaman degan so’zlardan olingan). Mana shu ikkita keying
usul turli oilalarda evolyutsiya protssesida birinchi usuldan (poragamiyadan)
vujudga kelgan. Bir qancha ishlarda madaniy gulli o’simliklarda
kuzatiladigan tanlab urug’lanish hodisasiga ahamiyat berilmoqda.
Og’izchaga, odatda, urug’kurtaklardagi tuxum hujayrani urug;lantira oladigan
bir talay chang tushadi. Lekin boyagi ishlardan olingan ma’lumotlarga
qaraganda, hatto o’sha tur yoki navning tasodifan boshqalardan oldinroq
tushgan har qanday change emas, balki urug’lantirganda eng yaxshi natija
35
beradigan,biologik jihatdan juda mos keladigan changlargina urug’lanishda
ishtirok etadi. Shu tariqa tanlab urug’lanish xususiyatidan hozirgi kunda
SSSRda madaniy o’simliklarni chatishtirishda keng foydalanilmoqda.
Ko’pgina madaniy o’simliklarning changlanishida ko’riladigan yana boshqa
bir qancha tafsilotlar ham aniqlangan I.V.Michurin yaxshi chatishmaydigan
ikki turni chatishtirishda ota tur o’simlik changiga bir oz ona tur changini
qo’shadi.; bu chora egona chang bilan yaxshi changlanishga yordam berdi.
Changlanishning yaxshi chiqishi uchun changlatishda olingan chang
miqdorining ham ahamiyati bor. Ba’zi o’simliklarda yakka o’sadigan
changlar to’p-to’p bo’lib o’sadigan changlar hosil qilgan chang naychalaridan
ko’ra sekinroq o’suvchi chang naychalarini beradi. Changlanishning yaxshi
chiqishi uchun chang miqdori changlanadigan urug’kurtaklar sonidan necha
baravar ortiq bo;lishi kerak. Bunday hollarda changdan chiqadigan va meva
hosil bo’lishining dastlabki stadiyalarida zarur bo’ladigan allaqanday
moddalar ma’lum darajada rol o’ynasa ham ajab emas.
Dostları ilə paylaş: |