’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat univerteti


Ma’naviyat tushunchasining ta’rifi va tuzilmasi



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə4/90
tarix27.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#200707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (MEJFAK) (1)

Ma’naviyat tushunchasining ta’rifi va tuzilmasi.
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, ma’naviyatga quyidagicha dastlabki ta’rif berish mumkin: Ma’naviyat, bu - ijtimoiy ongning e’tiqod va qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan sobit, barqaror tuygulari, ehtiroslari, tushunchalari, g‘oyalari, me’yorlari, ijtimoiy mo‘ljallari, ideallaridir, ularning yaratilish jarayoni va madaniy merosda, urf-odatlarda aks etishi, millatga muayyan maqsadlarga erishish uchun yordam beradigan iroda hamda jamiyatda qaror topgan aqliy va hissiy, ruhiy va mafkuraviy muhitdir.
Shunday qilib, ma’naviyat to‘rt o‘zaro uzviy bog‘liq tarkibiy qismdan iborat:

  1. ongning, dunyoqarashning olamga faol munosabat
    ko‘rinishidagi funksional jihati (ijtimoiy ong shakllariga muvofiq - falsafiy, diniy, axloqiy, estetik, huquqiy tuyg‘ular, tushunchalar, baholar, qarashlar, nazariyalar);

  2. ma’naviy madaniyat yutuqlari (xalq og‘zaki ijodi
    asarlari: qo‘shiqlar, dostonlar, ertaklar, maqollar, matallar, xalq amaliy san’ati asarlari, adabiyot, arxitektura, dizayn, tasviriy san’at, teatr, kino, musiqa, estrada asarlari va sh.k.; fan, ommaviy axborot va tashviqot, ta’lim-tarbiya tizimi, istirohat va sport, urf-odatlar, diniy amaliyot va h.k.);

  3. iroda (erkin tanlash, qat’iyat, fidoyilik, or-nomus, milliy g‘urur, ijtimoiy qo‘rquvni engish va h.k.);

  4. jamiyatda qaror topgan ma’naviy muhit.
    Ma’naviyat shaxsning tabiat va jamiyat bilan mushtaraklashib, o‘zaro munosabatini uyg‘unlashtirishni bildiradi. Ya’ni ma’naviyat tushunchasi:

    1. shaxs va jamiyat tomonidan ijtimoiy borliqni o‘z
      faoliyati asosi va ob’ekti sifatida anglab olinishini
      (shu boisdan ham ma’naviyat dunyoqarashning funksional jihati bo‘ladi);

    2. shaxsning, millatning muayyan xulq-atvori va yaratuvchilik faoliyati, borliqqa munosabati, borliqni qayta yaratish yoki o‘zgartirish bo‘yicha ijodiy rejalarini;

    3. bu rejalarni amalga oshirish uchun, birinchidan,
      shaxs va jamiyatdagi qat’iyat, erk va irodani hamda, ikkinchidan, jamiyatda mavjud bo‘lgan mafkuraviy shart-sharoitni bildiradi.

Demak, ma’naviyat orqali inson tabiat va jamiyat bilan bir butunlikni tashkil qiladi, uyg‘unlashadi, olamning haqiqiy javhariga, gultojiga aylanadi. Ma’naviyatsiz inson tabiatning shunchaki bir jonzoti bo‘lib qolaverar, o‘zligini, olamdagi o‘z o‘rnini anglamas, «ikkinchi tabiat»ni yaratolmasdi. Insonning tabiatga va jamiyatga ijobiy ta’siri ma’naviyatga, salbiy ta’siri esa undagi kamchiliklarga bog‘liq.
Ma’naviyatdagi ratsionallik (oqilonalik) va irratsionallik (nooqilonalik). Ma’naviyat nafaqat ratsional, shuningdek, ma’lum darajada irratsional xarakterga ega. Ma’naviyatning ongga, aqlga, mantiqqa oid tomoni insonning ratsional dunyosini tashkil etsa, irodaga oid tomoni qisman irratsional dunyosini tashkil etadi. Ma’naviyatning hissiyotga oid jihatlari esa ham ratsional, ham irratsional xarakter kasb etadi.
Hissiyot ong va irodani birlashtiruvchi qatlam, u bir tomoni bilan ongga singib ketadi. Ikkinchi tomoni bilan irodaga tutashadi (estetik zavq ongli ravishda kechishi mumkin, masalan, asarning badiiy mukammalligini yaxshi tushungan holda yoki shaxmat kombinatsiyasining go‘zalligini idrok etgan holda ulardan zavqlanish mumkin. SHu bilan birga, estetik zavq go‘zallikning bevosita ta’sirida, go‘zallikning tashqi «sehri»ga maftunlikdan hosil bo‘ladi. Bunda ratsional tahlil ikkinchi o‘ringa chekinadi). Uyat, or-nomus va vijdon tuygusi, g‘urur, qo‘rquv bir tomondan - ratsional, ikkinchi tomondan - irratsional mazmunga ega.
Alpomishning bandilikdan qutulishda Kayqubod yordamidan voz kechishi oriyatning, irodaning ko‘rinishidir. Amaliy foydalilik nuqtai nazaridan (tezroq bandilikdan qutulib, dushmanlardan o‘ch olish, adolatni tiklash, Barchin visoliga etish, o‘z yurtiga tezroq qaytish, u yo‘qligida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli xavf-xatarlarning oldini olish va hokazo), ya’ni oqilona ish tutish nuqtai nazaridan Alpomishning qarori unchalik to‘g‘ri emas. Ammo Alpomish obrazi ifodalaydigan ma’naviy tushunchalar, axloqiy ideallar o‘zgalarning yordamidan asosiy maqsadiga erishish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi. U boshqa sohalarda o‘zgalardan yordam olishi mumkin(Kayqubodning oziq-ovqatlarini rad qilmaydi), lekin dushmanlar bilan prinsipial kurashda alp sifatida o‘zligini to‘la-to‘kis namoyon etishi, o‘z kuchi bilan g‘alaba qozonishi lozim. Bunday ish tutish xalqning ma’naviy idealidir, lekin u ratsionalizm doirasiga sig‘maydi.
G‘urur, or-nomus va fidoyilikka ko‘plab tarixiy misollarni keltirish mumkin. Ayniqsa, xalq ozodligi uchun kurashgan buyuk shaxslar, qahramonlar, siyosatchilar, qo‘zg‘olonchi va inqilobchilar hayotida ichki tuyg‘u, sezgi va fahm-farosatga tayanib, tavakkalchilik bilan qo‘rqmasdan amalga oshirilgan ishlar son-sanoqsiz. Ularni oxirigacha ratsionalizm nuqtai nazaridan tushuntirib berish qiyin. Lekin bundan iroda faqat irratsionalistik bo‘lar ekan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Badiiy ijod jarayonida esa irratsionalizm va ratsionalizmni ko‘p hollarda bir-biridan ajratish qiyin.
Ma’naviyatdagi irratsional jihatlar, diniy, diniy-mistik qarashlarda, turli irimlarda, ayrim hollarda ijodkor shaxslarning «darvishona», «mashrabona» xatti-harakatlarida, ba’zan bama’ni kishilarning «aql bovar qilmaydigan» bema’ni qiliqlarida ko‘rinib qoladi. Irratsionalizm ma’naviy hayotda, insonning xulq-atvorida ancha ta’sirli rol o‘ynaydi.
Yuqorida ma’naviyatda sub’ektiv va «moddiylashgan» ob’ektiv tomonlar mavjudligi qayd etilgan edi. Ma’naviyatning sub’ektiv tomoni, o‘z navbatida, ikki ratsional va irratsional qismlarga bo‘linadi. Iroda ko‘p hollarda irratsional xarakterga ega.
Ma’naviyat sub’ektiv hodisa, tuyg‘ular, aql va iroda sifatida borliqning shunchaki aksi emas, balki dunyoqarashning (kengroq olsak, ongning) borliqqa nisbatan amaliy munosabat shaklidagi muayyan faoliyatga aylanishidir. Ma’naviyat ob’ektivlashgan qadriyatlar tizimi (ma’naviy madaniyat) sifatida esa millatning o‘z-o‘zini anglash, o‘z ruhini, irodasini va ongini, ijtimoiy amaliyotini takomillashtirish imkoniyatlarining va vositalarining erishilgan darajasidir, jamiyatning madaniy saviyasidir.
Qisqa qilib aytganda, ma’naviyatda millatning aqliy va ruhiy salohiyati hamda ijodkorlik qobiliyati yuzaga chiqadi. Bu salohiyat va qobiliyat asrlar davomida toblanib, xalqning tarixiy bunyodkorlik, diniy va dunyoviy tajribasini o‘zida mujassamlagan. Shu bois ma’naviyatga barqarorlik xos. Ma’naviyat jamiyat bilan birga yuksaladi, rivojlanadi, tanazzulga va inqirozga uchraydi, qayta uyg‘onadi, gurkirab o‘sadi. Ma’naviyat uchun izchil tarixiylik va zamonaviylik, an’anaviylik va yangilanish xos. Ma’naviyatning rivojlanishi tarixiy zaruratni jamiyat tomonidan to‘gri tushunilishiga va shunga muvofiq jamiyatda amalga oshirilayotgan ishlarga bog‘liq.


Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin