7.2 . Boquvchisini y o ‘qotganlik pensiyasi olishga
haqli ho‘lgan shaxslar qaramog‘ida bo‘lish
Boquvchisini yo ‘qotganlik pensiyalarini tayinlashda ushbu
pensiya turini olishga haqli b o lg an shaxslar doirasining to ‘g ‘ri
belgilanishi muhim ahamiyatga ega, chunki uning noto‘g‘ri bel-
gilanishi fuqarolaming asossiz ravishda pensiya olishlariga yoki
boMmasa pensiya olishga haqli bo'lgan shaxslarning konsti-
tutsiyaviy huquqlarining g‘ayriqonuniy tarzda cheklab qo‘yilishiga
sabab bo‘lishi mumkin.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo‘l-
gan shaxslar doirasiga kirish uchun quyidagi talablar qo'yiladi:
a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga
tolm agan bo‘lsa yoki 16 yoshdan katta bo ‘lsa ham 16 yoshga
toMmasdan nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar,
opa-singillar va nabiralaming mehnatga qobiliyatli ota-onalari bo‘l-
masa;
b) ota, ona, o ‘gay ota, o ‘gay ona, xotin, er, basharti, ular
7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga to ‘lgan yoki nogiron
bo‘lsalar;
d) yoshidan va m ehnat qobiliyatidan q at'i nazar, ota va
onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka, opa-
singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari,
opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash
uchun ish haqi saqlanmagan ta'tilda bo‘lish huquqini beradigan
yoshga to ‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
e) buva va buvi — agar qonunga muvoflq ularni boqishi
shart bo‘lgan kishilar boMmasa.
0 ‘quvchilar 18 yoshga toMgunga qadar boquvchisini yo‘qot-
ganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar.
Boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega
bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlar, ular farzandlikka olingan-
larida ham bu huquqni saqlab qoladilar.
64
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘gay o ‘g‘il-qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan
boMsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga
egadirlar.
0 ‘gay ota-ona, agar vafot etgan o'gay o ‘g ‘ilni (qizni) 18
yoshga to ‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan
bo'lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega
bo‘ladilar.
Boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini olish huquqi vafot
etgan shaxslar bilan bir qatorda belgilangan tartibda bedarak
ketgan yoki o ‘lgan deb e'lon qilingan shaxslaming1 oila a'zolarida
ham paydo bo‘ladi.
M arhum boquvchi bilan qarindoshlik aloqalari 0 ‘zbekiston
Respublikasi „Oila kodeksi“ qoidalari bilan belgilanadi2 *
*
5
.
Jumladan, ushbu kodeksning 57-moddasiga muvofiq:
Bir um um iy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan
shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o ‘rtasidagi to ‘g‘ri
shajara bo‘yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi,
ya’ni tug‘ilish soni bilan belgilanadi.
Bolalar ota-onasiga nisbatan to ‘g‘ri shajaradagi birinchi,
nevara bobosiga, buvisiga nisbatan ikkinchi, evara katta bobosiga,
katta buvisiga nisbatan uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi
va hokazo.
A ka-uka, opa-singil, ularning bolalari, o ta-o n an in g aka-
ukasi va opa-singlisi hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning
aka-uka ham da opa-singillari va ularning bolalari va shunga
o'xshashlar yon shajara bo'yicha qarindoshlar hisoblanadi va
hokazo.
T o ‘g‘ri shajara bo ‘yicha qarindoshlar yon shajara bo‘yicha
qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdir.
lkki shaxs o'rtasida qarindoshlikning uzoq-yaqinligini aniq-
lashda, darajalaming soni yoki shu shaxslardan birining o ‘zini
hisobga qo‘shmay turib, undan kelib chiqqan avlodlar soni hi-
sobga olinadi.
Hisob ajdodlar tom on to ‘g‘ri shajara bo'yicha ular uchun
umumiy boMgan shaxsga (ajdodga) qarab va undan esa avlodlar
tom on ulardan boshqasiga qarab olib boriladi.
Tug‘ishgan aka-uka va opa-singil qarindoshlikning ikkinchi
1 Q a ra n g : O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33, 34, 36-
moddalari; Fuqarolik protsessual kodeksining 286—290-moddalari.
1
Q a ra n g : O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga sharhlar. T.,
„Adolat“, 2000-yil.
5 — Ijtimoiy ta'm inot huquqi
65
www.ziyouz.com kutubxonasi
darajasida, tog‘a va amaki, amma va xola o ‘z jiyanlari bilan
qarindoshlikning uchinchi, tog'avachcha, amakivachcha, am m a-
vachcha va xolavachchalar esa to‘rtinchi darajasida turadilar.
„Oila kodeksining“ 58-moddasiga ko‘ra esa aka-uka va opa-
singillar yot aralashmagan va yot aralashgan qarindosh bo‘lishi
mumkin. Aka-uka va opa-singillar bir ota-onadan kelib chiqqan
bo‘lsa, yot aralashmagan, ota bir ona boshqa yoki aksincha ona
bir ota boshqa bo‘lsa, yot aralashgan qarindosh hisoblanadi. Yot
aralashmagan qarindoshlikda aka-uka va opa-singillar tug‘ishgan,
yot aralashgan qarindoshlikda esa, aka-uka va opa-singillar o ‘gay
hisoblanadi. Er-xotinning ilgarigi nikohlaridan bo‘lgan bolalari
o ‘zaro qarindosh hisoblanmaydi.
Er (xotin) va uning yaqin qarindoshlari bilan xotin (er)
qarindoshlarining bir-biriga nisbatan munosabatlari (qayinbo'yin-
chilik va quda-an d ach ilik ) o ‘zaro huquq va m ajburiyatlarni
keltirib chiqarmaydi.
Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari „Oila kodeksi“ning
60-moddasida belgilab qo'yilgan va bolaning shu onadan tug‘il-
ganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnom alarini qayd qilish
organi tom onidan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko‘ra, bola
tibbiy muassasada tug'ilm agan hollarda esa, boshqa dalillarga
asosan belgilanadi.
Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining o ‘limi, ni-
kohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganiigi
tufayli nikoh tugaganidan so‘ng uch yuz kun ichida tug'ilgan
bolasi nikohda tug'ilgan bola hisoblanadi.
Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola
tug'ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo‘lsa, bola awalgi
nikohdan tug'ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki
uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida nizolashish huqu-
qiga ega ekanliklari belgilangan.
O ta -o n a rasm iy qayd etilm agan nikoh m u n o sab atlarid a
(fuqarolik nikohida) b o ‘lganlari holda tug'ilgan farzandlarning
nasl-nasabi (onasi ham, otasi ham, er-xotinning ixtiyoriy tarzda
birgalikda bergan arizasiga ko‘ra, bunday ariza mavjud bo‘lmagan
va otalikni ixtiyoriy tan olishdan bo ‘yin tovlanayotgan hollarda
otalik belgilangan tartibda sud yo‘li bilan aniqlanishi m um kin1.
1 Q a ran g : 0 ‘zbekiston Respublikasi „Oila kodeksi“ning 61—62-moddalari;
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2001-yil l-maydagi „Otalikni
belgilash haqidagi ishlarni ko'rishda sudlar tomonidan qonunlarning tatbiq
etilishi to‘g‘risida“gi qarori. „Qonun nomi bi!an“ , 2001-yil, 3—4-son, 31-bet.
66
www.ziyouz.com kutubxonasi
M arhum boquvchi fuqaroning qaram og'ida b o ‘lganlik tu-
shunchasi ta ’rifi „Fuqarolarning davlat pensiya ta'm inoti to 'g '-
risida“gi qonunning 20-moddasida bayon etib berilgan.
U shbu m oddada k o ‘rsatilishicha, qonunda nazarda tutib
qo‘yilgan oila a'zolari (yuqoridagi qonunning 19-moddasi) agar
ular marhumning to ‘liq boquvida bo ‘lgan yoki undan yordam
olib turgan bolsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy
kun kechirish m ablag'ining manbayi hisoblangan bo‘lsa, mar-
humning qaramog‘ida turgan deb hisoblanadilar.
M arhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila a'zolari,
agar m arhum ning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun
kechirish mablag‘ining manbayi hisoblangan bo‘lsa, boquvchisini
yo'qotganlik pensiyasiga o ‘tish huquqiga egadirlar.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanishini so ‘rab
murojaat qilayotgan va hech qanday daromadga ega bo‘lmagan
oila a’zolarini (yosh bolalar, pensiya olmaydigan nogironlar va
boshqalar) marhum boquvchi shaxs qaramog‘ida bo‘lib kelganligi
faktini aniqlash hollari qiyinchilik tug'dirmaydi va osonlikcha hal
etilishi mumkin.
Biroq m arhum boquvchi hayotlik paytida bir oila bo ‘lib
yashagan, um um iy darom adga ega boMgan bo‘lsa-da, am m o
mustaqil ish haqi (pensiya, nafaqa) yoki boshqa daromadga ega
b o ‘lgan shaxslarning m arhum qaram og‘ida b o ‘lib kelganligini
aniqlash muayyan murakkabliklar tug'diradi.
Bunda marhumning ish haqi, stipendiya yoki pensiya oluvchi
oila a'zolari uning qaramog‘ida turgan-turmaganligi masalasini hal
qilishda ko‘rsatiladigan moddiy yordam doim iy xarakterga va
boshqa d aro m ad larg a q arag an d a qanday hajm da ekanligini
aniqlash lozim b o ‘ladi.
Oila a ’zosining ish haqi, stipendiya yoki pensiya olishi uni
oilaning qaramog‘ida deb tan olishga monelik qilmasligi kerak,
buning uchun sanab o ‘tilgan oila a'zolarining daromadi emas,
vafot etgan shaxsning yordami yashash uchun asosiy va doimiy
mablag1 manbayi bo‘lishi kerak.
Bolalar ota-onalarining ish haqlari miqdori qancha bo‘lishi-
dan qat'i nazar har ikkalasining qaramog‘ida deb hisoblanadilar.
Uy xo‘jaliklari bilan shug‘ullanuvchi ishlamaydigan onalarning
bolalari uning qaramog‘ida deb tan olinadi. Ota oMgandan keyin
tug‘ilgan yoki tug‘ish paytida onasi o ‘lgan bola qaramog'da deb
hisoblanadi.
67
www.ziyouz.com kutubxonasi
Marhum boquvchining qaramog‘ida bo‘lganlik masalasida nizo
kelib chiqqani taqdirda ushbu masala qonun hujjatlarida bel-
gilangan tartibda sud yo'li bilan ko‘rib, hal etiladi'.
Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan pensiya
yolg‘iz qolgan er (xotin) yangi nikohdan o'tganida ham saqlanib
qoladi.
Oilaning pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan barcha a ’zolariga
bitta umumiy pensiya tayinlanadi.
Oila a’zosining talabi bilan uning pensiyadagi ulushi ajratilib,
alohida to ‘lanadi.
Pensiyadan ulush ajratib berish pensiyani bo‘lish to ‘g‘risida
ariza tushgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |