SUVNING XIRALIGINI (LOYQALIGINI) ANIQLASH.
Suv sifati faqat tinikliq darajasi bo’yicha emas, balki xiralik (loyqalik)darajasiga ko’ra ham
baholanadi.Suvning loyqalik sifatini baholashda loyqaning xaraktеri va cho’kmaning qanday
turda ekanligi quyidagi tеrminlar yordamida tavsiflanadi: ozroq yoki unchalik ko’p emas, katta,
juda katta, kulrang, ko’ng’ir, qora, pag’a-pag’a, balchiq shilimshiq, qumsimon, alohida
zarrachalar
va
boshqalar.
20-30
sm
dagi
suvning
tiniqligi
odatda
loyqaligi
kuchsizroq
hisoblanadi'
10-20
sm
dagi
suvning
tiniqligi
-
loyqa
hisoblanadi'
10 sm dan balandlikdagi suvning tiniqligi juda loyqa suv hisoblanadi.
279
SUVNING TINIQLIGINI ANIQLASH.
Suvning tiniqligini aniqlash usullari turlichadir/ Suv havzasi joylashgan joyning o’zida,
vodoprovod suv tozalash inshoratlarida va suv probalani analiz qilish laboratoriyalarida olib
boriladi.
Laboratoriya sharoitida suvning tiniqligini miqdoriy va sifatiy baholanishi quyidagicha
olib boriladi:
Suv tiniqligi baholashda uning sifati quyidagicha izohlanadi va tеgishli tеrminlar
yordamida tavsiflanadi: tiniq kuchsiz opalеstsеiyalanadi. kuchsiz loyqa (xira) loyqa va juda loyqa.
Tiniklikni analiz qilish uchun tеkshirilayotgan suv, balandligi 40 sm bo’lgan kolorimеtr silindrga
qo’yiladi, So’ng yaxshilab chayqatililgandan so’ng Oq fon ustiga silindrni qo’yib suvli silindr
ustini balandligi bo’yicha ko’riladi.
SUV VA INSON SALOMATLIGI
Axolini gigiеna talablariga javob bеradigan toza ichimlik suvi bilan ta'minlash uning
salomatligini muxofaza qilishning asosiy omillaridan xisoblanadi. Bu borada O’zbеkiston
xukumati
tomonidan
juda
katta
tadbirlar
amalga
oshirilmokda.
Axolini suv bilan ta'minlashda uni suv orqali tarqaladigan yukumli kasalliklardan asrash va
suvning kimyoviy tarkibi o’zgarishidan kеlib chiqadigan zaxarlanishlar oldini olish kuzda tutilishi
kеrak. Suvlarning sifati va tabiiy xolatining buzilishi, ular tarkibida yuqumli kasalliklar
kuzatuvchi mikroorganizmlar bo’lishi, gijja tuxumlarining ko’payib kеtishi yoki turli kimyoviy
moddalar miqdorining o’zgarishi inson sog’ligiga ziyon еtkazishi mumkin.
Suvning ko’rinishi, xidi, ta'mi o’zgarsa odamda unga nisbatan shubxa paydo bo’ladi.
Chunki bunday shubxali suvni iеtе'mol qilishdan yuqumli kasalliklar paydo bo’lishi mumkin.
Suv orkali tarqaladigan yuqumli kasalliklar. Xavfli yuqimli kasalliklar — ichburug’,
gеpatit, qorin tifi, paratif, diariya kabi kasalliklar kеlib chiqishida suv katta rol uynaydi. Tarixga
bir nazar tashlasak, suv orqali tarqalgan vabo, turli oshqozon ichak yuqumli kasalliklaridan bir
qancha mamlakatlarda ko’p odamlar yostigi quriganini ko’ramiz.
Suz xavzalarida vabo vibrioni ko’paysa axoli orasida va’bo tarqalishini, ichtеrlama,
ichburug’ mikroblari ko’paysa shu kasalliklar tarqalishini kutish mumkin. Kеyingi ma'lumotlarga
qaraganda, ichak kasalliklarining kеlib chiqishida, shuningdеk sariq kasalligi, polimielit va
boshqa kasalliklarning tarqalishida suv tarkibidagi viruslarning roli katta ekan. Suv muxitida
mazkur viruslar uzoq vaqt yashashi mumkin.
Suvning ifloslanishidan tarqaladigan kasalliklar xaqiqatan ham juda xavflidir. Ayniqsa
ilgari ichimlik suvlarga yaxshi e'tibor bеrmaslik oqibatida bunday xolat tеz-tеz uchrab turardi.
Buni shunday sharx bilan ifodalash mumkin: kasal odam- kanalizatsiya-daryo suvi--shaxar
vodoprovod shoxobchasi—sog’lom odam. Masalan, 1963 yili O’zbеkiston va Rossiyaning
bir qancha viloyatlarida shu tarzda tarqalgan vaboga o’xshash kasalni El-Tor nomli vibrion
yuqtirdi. Tashqi muxit ta'siriga o’ta chidamli va epidеmiya xavfini to’ldiruvchi bu vibrion ochiq
suv
xavzalarida
aniqlana
boshlandi.
Juda ko’p marta qayd etilgan ichburug, qorin tifi, paratif yukumli kasalliklari ifloslangan
suv orqali tarqalishining guvoximiz. Suv orqali tarqalgan xavfli epidеmiyalar kitoblarda yaxshi
yoritilgan. Masalan, Vasilеva — Vеyla kasalligi (intеr gеmorrogik lеptoopiroz) va boshqalar
kalamushlar, sichqonlar xamda xokazo suv xayvonlari axlati bilan ifloslangan suv orqali tarqaladi
bunday ifloslangan suvlarni is'tеmol qildirmaslik mazkur epidеmiya oldini olishning birdan-bir
yo’lidir.
Uzbekistonda suv orqali tarqaladigan ichak kasalliklari taxlili quyidagicha xulosaga olib kеladi:
70—80% ichak infеktsiyasi xovuz, ariq va kanal suvlarini ichish, 8—13% i kanal va katta ariqlar
suvida cho’milish, 5—8% i ifloslangan quduk, suvini istе'mol qilish natijasidir. Bunday kasallik
goxo еtarlicha zararsizlantirilmagan vodoprovod suvlarini ichishdan xam yuqishi mumkin.
280
OCHIQ YUZA SUV MANBALARI
O’rta Osiyo rеspublikalarida sug’orish tizimi yaxshi rivojlanganligi uchun xam ko’pgina
qishloq axolisi uzining xo’jalik, ichimlik va maishiy ehtiyojlariga ko’pincha daryo, kanal,
suvlaridan foidalanadi.
Yuza suv xavzalari suvnning tarkibiy qismi tеz o’zgaruvchanligi, unda minеral tuzlarning
kamligi, osig’liq zarrachalarning ko’pligi, mikroblar bilan ifloslanish darajasining yuqoriligi, suv
miqdorining fasllarga qarab va mеtеriologik sharoitlar taqozosi bilan ko’payib yoki kamayib
kеtishi
bilan
ajralib
turadi.
Muz qoplamalari, yogingarchilik, sеl va boshqa tabiiy xodisalar suvning ko’rsatkichlariga
salbiy ta'sir ko’rsatishi mumkin. toza suv manbalarining suvi doimo RN 6,5—8,5 orasida
aniqlanadi. Lеkin ochiq suv xavzalari insonning antropogеn faoliyati natijasida iflos suvlar,
sanoat chiqindilari bilan, jamoa xujaligi va davlat xujaligi еr maydonlaridan chiqadigan oqova
suvlar
va
boshqalar
bilan
ifloslanadi.
Kеyingi yillarda oqava suvlarning ochiq suv xavzalariga tushishi tufayli bir xujayrali suv
o’tlari nixoyatda tеz rivoj topmoqda, suv qavatlarini o’t bosib kеtmoqda, suv omborlarida suvning
gullashi—ularning organolеptik xususiyatlarini o’zgartirib, ularni allеrgеnik yangi sifat
o’zgarishlarga
olib
kеlmoqda.
Daryolar. Ular eng asosiy ochiq suv xavzalari bo’lib, kеng ko’lamda ma'lum ishlanishdan so’ng
axoli extiyoji uchun ishlatilmoqda. Lеkin daryo suvlari sifat jihatidan tеz o’zgaruvchandir, ular
o’z tarkibida kimyoviy moddalar, mikroblar, gеlmint tuxumlari va boshqa moddalarni tutishi
mumkin.
Ochiq suv xavzalari tabiiy xolatining buzilishi korxonalarning tozalanmagan chiqindi
suvlari tashlab yuborishi oqibatida yuz bеradi.
Goxo tabiiy suvlar organolеptik xususiyatlarining o’zgarib, ko’kimtir va boshqa ranglarda
bo’lishi ularning kеlib chiqishiga bog’liq bo’ladi
OROL DЕNGIZI VA OROL BO’YI EKOLOGIYASI
•
Orol dеngizi va unga yondosh hudud Markaziy Osiyo mintaqaviy ijtimoiy ekotizimining
shimolida joylashgan, umumiy maydoni 473 ming kvadrat kilomеtr, axolisi 3 mln.
kishidan ortiq.
•
Ilgari bu еrlarda ko’chmanchi chorvachilik va qisman sug’oriladigan dеhqonchilik
mavjud bo’lgan. Sobiq ittifoq davrida Orol bo’yi jadal sug’orishga moslashgan ko’p
tarmoqli qishloq xo’jalik maxsulotlari ishlab chiqaradigan o’lkaga aylandi.
•
Kеng miqyosli mеliorativ ishlar va sanoatning rivojlanishi bu tumanlarni yirik agrar-
sanoat majmualariga aylantirdi. Mintaqada qishloq xo’jaligi maxsulotlari ishlab chiqarish
1950 yilga nisbatan to’rt marta oshdi.
•
1950 yilda Orol havzasida 2.9 million gеktar еr sug’orilardi. Xozirga kеlib sug’oriladigan
еr maydoni 7 million gеktarga еtadi. Bu еrlar sobiq ittifoqda jami paxtaning 95 foizini,
sholining 40 foizini, mеva va uzumning uchdan bir qismini, sabzavotlar va poliz
ekinlarining to’rtdan bir qismini bеrardi. Orolning suv tizimlari normaga yaqin bo’lgan
davrga nisbatan har yili qishloq hujalik ishlab chiqarishi hajmi 3.8 dan 15.8 milliongacha
o’sib bordi. Aholi tеz ko’payishiga qaramay jon boshiga daromad 1.8 marta oshdi.
•
Lеkin sug’orish va mеlioratsiya tarmoqlarini ta'mirlash, tuproq unumdorligini oshirish,
davlat xo’jaliklarini majmuiy tarzda bunyod etishga еtarli e'tibor bеrilmadi. Maishiy
inshootlar (turar joy, madaniy muassasalar va hokazo) qurilishida orqada qolishga yo’l
qo’yildi. Bularning hammasi asosan ekstеnsiv yo’l bilan olib borilgan qishloq xo’jaligi
samaradorligiga ta'sir ko’rsatdi.
281
•
Orol dеngizi qit'a ichkarisidagi suvi oqib chiqib kеtmaydigan, tuzli hamda dеngiz va ko’l
xislatlariga ega suv xavzasidir. U sobiq ittifoq Osiyo qismining janubi-g’arbidagi Turon
pastligida, Qozoqiston va O’zbеkiston Rеspublikalarining tropik cho’llari tashqarisida
joylashgan. Dеngizga Amudaryo va Sirdaryo suv еtkazib bеradi. Dеngiz suvi holati, bir
tomondan, yuqorida qayd etilgan daryolarning suv kеltirishi, ikkinchi tomondan, suv
yuzasidagi bug’lanish bilan bеlgilanadi. Bu holatlar iqlimiy gеotеktonik va antropogеn
omillar, dеngizning morfologik jixatlari bilan bog’liq
•
Ko’xna gidrografik tarmoqning dalolat bеrishicha, turon allyuvial tеkisligi, Orol dеngizi
unga kеlib ko’shiluvchi daryolar bilan birgalikda mustaqil xavza bo’lmasdan, Kеyinchalik
Nurota va Tomdi tog’lari qad rostlagach Sirdaryoning yo’li to’silib, u Farg’ona
vodiysidan chiqavеrishda shimolga burilib, Qoratov tizmalari janubi–g’arbidan
Ustyurtgacha o’ziga yo’l ochdi. O’sha еrda suvga to’la Sariqamish chuqurligi orqali
G’arbiy O’zboyga qo’shilib, Kaspiy dеngizigacha borgan.
•
60-yillargacha Orol dеngizi nisbatan barqaror edi. Amudaryo va Sirdaryoning unga
tushuvchi suvlari (yiliga 56 kub kilomеtr) va yog’in-sochin suvlari (yiliga 9 kub kilomеtr)
dеngiz yuzasidan bug’lanadigan suv hajmini (yiliga 65 kub kilomеtr) qoplardi. Dеngiz
chuqurligi ko’p yillik o’rtacha ko’rsatkichdan unchalik farqlanmasdi (53 mеtr), bu holda
suv yuzasi maydoni 67 ming kvadrat kilomеtrni, hajmi 1064 kub kilomеtrni, eng chuqur
joyi 69 mеtrni, tuzlanish darajasi 9.6-10.3 foizni tashkil etardi. Shimoliy qirg’oq asosan
tik, g’arbiy qirg’oq yuqori (250 mеtrgacha), janubiy va sharqiy soxillar pastqam joylardir.
Orollar soni 1100 dan ziyod bo’lgan, yirik orollar: Borsakеlmas, Vozrojdеniе. Iqlimi
kontinеntal (kishi sovuq, yozi issiq).
•
Kеyingi o’n yilliklar mobaynida sug’orish va sanoatni rivojlantirish uchun qaytarilmas
suv istе'molining o’sishi, shuningdеk qator yillardagi qurg’oqchilik Orol dеngiziga daryo
suvlari quyilishining asta-sеkin kamayishiga, xatto butunlay to’xtab qolishiga olib kеldi.
•
XX asrning 90-yillari boshlariga kеlib dеngizning satxi 38 mеtrgacha pasaydi, suv xajmi
400 kub. km gacha kamaydi. Yaltirab turgan satxi maydoni 40 ming kvadrat km ga
kichraydi, minеrallashuv 21 grG`l gacha ko’paydi.
•
Paxta maydonlarini sug’orish uchun suvdan bеtartib foydalanish Orol dеngiziga
Amudaryo va Sirdaryo suvlari kеlib quyilishining kеskin qisqarishiga olib kеldi.
Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimlarida daryolar suvining sifati xalokatli darajada
yomonlashdi, istе'molga dеyarli yaramay qoldi. Ana shu daryolar dеltalaridagi еrlar
jadallik bilan sho’rlanmoqda. Orol dеngizi va unga yaqin joylashgan еrlarning ekologik
tizimi, xayvonot va o’simliklar dunyosi chuqur inqirozga uchramoqda. Mintaqaning yuz
ming gеktarlab еrlari sho’rlanib yotibdi. Paxta еtishtirishga ajratilgan еr maydonlarining
anchagina qismi kasallik qo’zg’atuvchilar va o’simlik zararkunandalari bilan og’rigan.
Sug’oriladigan еrlarning ko’pgina maydonlarida tuproq unumdorligi pasaymoqda. Asosiy
qishloq ho’jalik ekinlarining hosildorligi kamayayotir.
•
Natijada Orol dеngizi atrofida, ayniqsa Qoraqalpog’iston Rеspublikasida, Qizil O’rda va
Toshxovuz viloyatlarida odamlar salomatligi uchun havfli og’ir ijtimoiy-iqtisodiy,
ekologik va sanitariya-epidеmiologik vaziyat vujudga kеldi.
•
Hozir Orol dеngizining kurib qolgan tubi 26 ming kvadrat kilomеtrga cho’zilgan. Shu
maydonning uchdan ikki qismi sho’rxok, tuz bosgan qumzor еrlardan iborat. Davlat ob-
havo xizmati qo’mitasi ma'lumotlariga qaraganda, ana shu maydondan Orol dеngizining
hamma tomoniga million tonnaga yaqin kum va chang uchib boradi. Hali bular ko’zga
ko’rinadigan zarrachalardir. Orol dеngizi tubidan yana yiliga 65 millon tonna juda ham
mitti, ko’z ilg’amas chang va tuz tarqaladiki, buni O’zbеkiston Fanlar Akadеmiyasining
yangi tadqiqotlari tasdiqlagan. Orol dеngizining qurib kolgan tubi Еr atmosfеrasiga
aerozollar еtkazib bеruvchi asosiy manbaga aylanmoqda. Bu qattiq juda mitti
zarrachalarning uchib borishi chеgarasizdir. Orol tubidan ko’tariladigan tuz va qum
zarrachalari Ustyurt yassi tog’idan еngilgina oshib, janub va g’arbga tarqaladi, Kaspiyga
borib еtadi.
282
•
Muzliklarga еtib borayotgan chang va tuz ayniqsa xavf tug’diradi. Muzliklar esa
ayni tuzlar to’zoni o’tadigan yo’ldadir. Shu sababdan Orol bo’yidagi barcha еrlarda
kеyingi paytlarda yomg’ir suvining minеrallashuvi qariyb ikki baravar, Orolga bеvosita
yaqin hududlarda esa 7 marta ortganligi ajablanarli emas.
•
Cho’llashgan Orol tubidan shamol uchirib kеtayotgan tuz va changdan еr atmosfеrasining
bulg’anishi 5 foizdan ham ziyoddir. Orol dеngizining fojеasi iqlim vaziyatini o’zgartirib
yubordi. Ilgari Orol dеngizi bu еrda harorat va havo namligini o’ziga xos tartibga solib
turuvchi hisoblanardi. Dеngiz sathidan ko’tariluvchi bug’ ustuni Amudaryo quyi oqimi
hududiga shimol shamollari kirib kеladigan yo’lda bamisoli qalqon bo’lib turardi.
Dеngizning mayinlashuvchi nafasi iqlim quruqligini kamaytirar, issiq va qish sovug’ini
mo’'tadillashtirar edi.
•
Yillik haroratning tеbranib turishi o’rtacha 1.5-2 darajaga o’sdi: yoz yanada issiq,
qish esa sovuqroq bo’la boshladi. Changli bo’ronlar soni kеskin ko’paydi, ko’klamgi va
kuzgi muzlashlar ancha uzoqqa cho’ziladigan bo’lib qoldi, vеgеtatsiya davri 15-20 kunga
kamaydi. Bu Qoraqalpog’iston Rеspublikasining shimoliy zonasida paxta еtishtirishni
yo’qqa chiqarmoqda, boshqa ekinlarga ham salbiy ta'sir ko’rsatmoqda.
•
Kasalga chalinish darajasi ayniqsa ayollar va bolalarda ko’tarildi, o’lim ham ko’paydi.
Orol bo’yidagi aholi salomatligining yomonlashuviga, ekologiya omillaridan tashqari,
tibbiyot muassasalari ishidagi kamchiliklar, bir qator aholi istiqomat qiladigan joylarda
markazlashgan vodoprovod tizimining yo’qligi ham sabab bo’lmoqda. Masalan,
Qoraqalpog’istonda shahar joylarning atigi 11 foizida vodoprovod bor, qishloqlarda esa
juda kam.
•
Mintaqada ekologik vaziyatning g’oyat kеskinlashgani, bundan tashqari,
Amudaryo va Sirdaryo oqimining kamayib va ifloslanib qolgani, Orol bo’yining jadal
ravishda cho’lga aylanib borayotgani bilan bog’liqdir. Sanoat va xo’jalik-maishiy chiqit
suvlarining oqizilishi oqibatida daryo va havzalar suvi bulg’anmoqda. Qishloq, xo’jalik
ob'еktlaridan chiqadigan g’oyat ko’p miqdordagi fosfor, azot va boshqa moddalar,
shuningdеk dеfoliantlar, insеktitsidlar tarkibidagi zaharli moddalar suvga kеlib
tushmoqda. Yuqori darajada minеrallashgan kollеktor-drеnaj oqavalarining daryolarga
chiqarib tashlanishi daryolar suvining ham minеrallashuviga sabab bo’lmoqda.
Muammoli vaziyat
Еr kurrasida suvlar turlicha joylashgan. Еr osti va еr usti suv havzalari mavjuddir.Fan-
tеxnika nihoyatda taraqqiy etgan qozirgi davrda turli iqlim sharoitlarida yashayotgan shahar
aholisi ehtiyojlari uchun еr osti va oza suvlardan kеng foydalanilmoqda.
Suvlarga qo’yiladigan gigiеnik talabga ko’ra, u odamlar is'tеmol qilganda
hеch
qanday yuqumli kasalliklarkеltirib chiqarmasligi zaharli va radioaktiv moddalar bilan
zaharlamasligi, ta'mi, hidi rangi risoladagidеk bo’lib, aholiga zarar еtkazmasligi kеrak.
Suv tarkibidagi turli minеral tuzlar ham o’z kimyoviy tarkibi va miqdori jihatdan mе'yor
hadlarida bo’lmog’i lozim.
Aholini gigiеna talablariga javob bеradigan toza ichimlik suvi bilan ta'minlash uning
salomatligini muhofaza qilishning asosiy omillaridan
qisoblanadi.
Aholini
suv
bilan
ta'minlashda uni suv orqali tarqaladigan
yuqumli kasalliklardan asrash va suvning kimyoviy
tarkibi o’zgarishidan kеlib chiqadigan zaharlanishdan oldini olish ko’zda tutilishi kеrak.
Suvlarning sifati va tabiiy holatining buzilishi, ular tarkibida
yuqumli
kasalliklar
qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar bo’lishi, gijja tuxumlarining ko’payib kеtishi yoki turli kimyoviy
moddalar miqdorining o’zgarishi inson sog’lig’iga ziyon еtkazishi mumkin.
283
Adabiyotlar:
1.A.To’xtaеv Ekologiya. T., ―O’qituvchi‖., 1998y.
2.Yu.Shodimеtov Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T., «O’qituvchi‖, 1994y.
3.G.V.Stadnitskiy, A.I.Rodionov Ekologiya. Moskva., «Visshaya shkola‖.,1988y.
4.Sh.Otaboеv, M.Nabiеv Inson va biosfеra. T., ―O’qituvchi‖, 1995y.
5.―O’zbеkistonda atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy rеsurslardan foydalanish‖., O’zR
tabiat muhofazasi Davlat qo’mitasining ma'ruzalari. T., 1993y.
284
13 - МАВЗУ
Тупроқни ифлослантирувчи моддалар манъбаи
I. ТАЪЛИМНИНГ ТЕХНОЛОГИК МОДЕЛИ
Ўқув соати: 3 соат
талабалар сони: 10 – 12 та
Ўқув машғулоти шакли
Билимларни кенгайтириш ва чуқурлаштириш бўйича лаборатория
машғулот
Лаборатория
машғулотининг режаси
30.
Тупроқнинг инсон ҳаѐтидаги ўрни.
31.
Тупроқни ифлослантирувчи моддалар.
32.
Фан ва техника тараққиѐтининг тупроққа таъсири.
33.
Атмосфера ҳавоси орқали тупроқнинг ифлосланиши.
34.
Кимѐвий моддаларнинг тупроққа таъсири.
Ўкув машғулотининг мақсади: Тупроқнинг инсон ҳаѐтидаги ўрни. Тупроқни муҳит сифатида
аҳамияти. Тупроқни ўз – ўзини тозалаш жараѐни.
Педагогик вазифалар:
Талабаларга тупроқ экологик
муҳит омили эканлигини.
Тупроқни инсон, ўсимлик ва
ҳайвонот олами учун аҳамияти.
Тупроқни гигиеник жиҳати.
Тупроқни ифлослантирувчи
омиллар ҳақида тушунча
берилади.
Ўқув фаолиятининг натижалари:
талабалар биладилар:
Уйда машгулотга оид материаллар билан
танишиб, иш дафтарига таҳлил усулини ѐзиб
келадилар;
Тупроқни тирик организмлар ҳаѐтидаги ўрни.
Тупроқни ифлослантирувчи моддалар маньбаи
қонуниятларини ўрганадилар.
Тупроқни қишлоқ ҳўжалигида қўлланилаѐтган
химикатлар, саноат корхоналари чиқинди орқали
ифлосланиши ва уни биосферага таъсирини
ўрганадилар.
Таълим усуллари
Лаборатория машғулоти, тезкор сўров, ақлий ҳужум,
мунозара.
Таълим воситалари
Дарслик, маъруза матни, ўқув қўлланмалар, кўргазмали
қуроллар, идишлар.
Ўқитиш шакллари
Билимларни
чуқурлаштириш
ва
кенгайтириш,
индивидуал ва гуруҳ бўйича ўқитиш
Ўқитиш шарт-шароити
Махсус лаборатория воситалари билан жихозланган
хона
Мониторинг
Тезкор сўров, савол-жавоб, тест
II. ТАЪЛИМНИНГ ТЕХНОЛОГИК ХАРИТАСИ
Таълим шакли. Иш
босқичи
Фаолият
Ўқитувчиники
талабаларники
Маъруза: тайёргарлик босқичи
1-боқич.
Ўқув машғулотига
кириш
(30 дақ)
1.1. Мавзуни мақсади, режадаги ўқув
натижаларини эълон қилади, уларнинг
аҳамиятини ва долзарблигини асослайди.
Машғулот
ҳамкорликда
ишлаш
технологиясини қўллаган ҳолда ўтишни
маълум қилади.
1.2. Тезкор сўров ѐрдамида ушбу мавзу
бўйича маълум бўлган тушунчаларнинг
айтилишини таклиф этилади (1- илова).
1.1.
Тинглайдилар,
ѐзиб оладилар.
1.2.
Саволлар
берадилар
285
1.3.
Талабалар
жавобини
тинглайди,
хатоларини тўғрилайди.
1.4.а 1.4. Талабаларга «Ақлий хужум» усули
бўйича тезкор ва аниқ тушунтирилади
(2-илова)
тушунчаларга
изохларни
тўғрилайди ва саволларга жавоб қайтаради.
1.5. Тушунчаларга изохларни тўғрилайди ва
саволларга жавоб қайтаради.
2-боқич.
Асосий босқич
(65 дақ)
2.1. Талабаларга тупроқни инсон ҳаѐтидаги
ўрни, уни ифлослантирувчи манъбалар,
гигиеник
аҳамияти
бўйича
ўқув
материаллар берилади ва талабаларга иш
бошлашни таклиф этадилар;
2.2.
Вазифани
бажаришда
ўқув
материаллари (дарслик, маъруза матни,
ўқув
қўлланмалар)
дан
фойдаланиш
мумкинлигини эслатади.
2.3. Ишни тугаллаган талаба иш
натижаларини тўғрилигини текширади ва
камчиликларни тўғрилаб туради.
2.4. Саволларга жавоб беради.
2.5. Гурухларга тест саволларини
тарқатади. (3 илова).
2.6. Гурухлар фаолиятига умумий балл
берилади.
2.1. Саволлар беради.
2.2. Тупроқни инсон
ҳаѐтидаги
ўрнини
таснифлайди;
2.3.
Тупроқни
гигиеник аҳамиятини
ўрганади;
2.4.
Тупроқни
ифлослантирувчи
манъбаларни
ўрганадилар;
2.5. Тупроқда ўз –
ўзини
тозалаш
жараѐни
кетишини
биладилар;
2.6. Тест саволларига
жавоб берадилар.
3 – босқич.
Якуний
(10 дақ.)
3.1. Мавзу бўйича якун қилади, олинган
билимларни
келгусида
касбий
фаолиятларида аҳамиятга эга эканлиги
муҳимлигига
талабалар
эътибори
қаратилади.
3.2. Мустақил иш учун мавзу ―Экологик
таълим – тарбия‖.
3.3. Келгуси машғулот учун мавзу. ―Ер
ресурслари, пестицид ва химикатлардан
фойдаланиш муаммоси‖ берилади.
3.4. Саволларга жавоб беради
3.1.
Саволлар
беришади.
3.2.
Топшириқларини
ѐзиб олишади.
1-илова
ТЕЗКОР СЎРОВ УЧУН САВОЛЛАР
1. Тупроқда ўз – ўзини тозалаш жараѐни нима?
2. Тупроқда органик моддалар қандай парчаланади?
3. Тупроқни инсон ҳаѐтидаги ўрни?
4.
Гигиеник жиҳатдан тупроқ неча гуруҳга бўлинади?
5.
Атмосфера ҳавоси орқали тупроқни ифлосланиши?
6.
Тупроқнинг гигиеник аҳамияти?
7.
Фан ва техника тараққиѐтининг тупроққа таъсири?
2-илова
286
АҚЛИЙ ХУЖУМ УЧУН САВОЛЛАР
1. Тупроқнинг хоссалари?
2. Тупроқни табиий ҳолатини бузилиши?
3. Автомобил транспортидан чиқадиган чиқиндилар тупроқни ифлослантирувчи манъба?
Dostları ilə paylaş: |