Zoologiya va biokimyo


Sut emizuvchilarning umumiy tavsifi



Yüklə 379,69 Kb.
səhifə12/21
tarix14.06.2022
ölçüsü379,69 Kb.
#61448
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
2 5276148906869135149

3.2. Sut emizuvchilarning umumiy tavsifi
Sut emizuvchilarning keng geografik va biotropik tarqalishi ularning biologik progressini ko‘rsatadi. Sut emizuvchilar yer yuzida, Antarktikadan tashqari hamma joyda uchraydi. Yerda yashovchi hayvonlarning qator turlari Shimoliy Muz okeani orollarida ham yashaydi. Sut emizuvchilar barcha okeanlarda shimoliy qutubgacha tarqalgan bo‘lib, ularga kurakoyoqlilar va kitsimonlar misol bo‘ladi Sut emizuvchilar vertikal yo‘nalishda ham nihoyatda keng tarqalgan. Markaziy Tyanshanda 3-4 ming metr balandlikda, yersichqon, sug‘ur, yovvoyi echki, qo‘y va irbis uchraydi. Himolay tog‘ida yovvoyi qo‘ylar 6 ming metrgacha, ayrim yakka bo‘rilar esa 7150 metrgacha balandlikka ko‘tarilishi o‘rganilgan.
Sut emizuvchilar sinfining turli hayot sharoitida yashashi, yana ham ko‘rsatkichlidir. Faqat shu sinfda yerda hayot kechiruvchi turlar bilan bir qatorda havoda aktiv uchuvchi, hech quruqlikka chiqmaydigan, haqiyqiy suv hayvonlari va nihoyat, butun hayotini tuproq ostida o‘tkazuvchi turlar mavjud. Gazandalar sinfi uchun, boshqa sinflarga nisbatan, turli sharoitda yashashga imkon beruvchi belgilar bo‘lishi harekterlidir.
Agar alohida turlar olib qaralsa, u holatda ulardagi moslanishlar nihoyatda tor sharoitga moslanganligini ko‘rish mumkin. Aksariyat maymunlar, ayniqsa odamsimon maymunlar, suv ayg‘iri, karkidon va tapirlar nisbatan baland va bir xil temperaturada yashashi mumkin.
Janubiy Amerikada yashaydigan yarim suv hayvoni bo‘lgan nutriyani iqlimlashtirish bu hayvon faqat muzlamaydigan yoki muz qatlami nihoyatda qisqa muddat saqlanadigan ko‘llarda yashay olishini ko‘rsatdi. Muz nutriyaga suv ostidagi oziqni olishni qiyinlashtiradi. Temperaturaning bilvosita ta’sirini krotning tarqalishida ham ko‘rish mumkin. Tayga zonasida qor kam bo‘lishi va yer ancha chuqur muzlashi tufayli krotlar Sharqiy Sibir’ taygasida yashay olmaydi. Shu bilan bir qatorda juda turli-tuman temperatura o‘zgarishi bo‘lgan sharoitda ham yashay oladigan turlar oz emas.
Namlikning sut emizuvchilar tarqalishiga ta’siri kam. Faqat ayrim junsiz yoki kam junli turlarigina qurg‘oqchilikdan zarar ko‘radi. Faqat nam tropik zonalarda yashovchi suv ayg‘irlari va boshqalar bunga misol bo‘ladi. Nam va yog‘inning bilvosita ta’siri katta. Krotning Rossiya Yevropa qismidagi tarqalish chegarasi yiliga 40 sm dan kam yog‘in bo‘ladigan zonaga to‘g‘ri keladi. Bu holatda yerdagi oziq krotga yetishmaydi. A.N.Formozovning aniqlashicha, qor qatlamining 90 sm bo‘lishi losning tarqalishini cheklaydi. Qor qatlamining maksimal kritik balandligi yillik uchun 50 sm, to‘ng‘iz uchun 30-40 sm bo‘lishi kerak. Qor qatlami bunday qalin bo‘lsa, oziq topish qiyinlashadi yoki iloji bo‘lmaydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston suv va to‘qayzorlarida mo‘yna beruvchi ondatra, nutriya kabi hayvonlar ham urchitilmoqda.
O‘zbekiston vohalarida qushlardan musicha, zag‘cha, qarqunoq, bulbul, bedana, chumchuq, boyo‘g‘li, laylak; sudralib yuruvchilardan sariq ilon, chipor ilon, bo‘zrang kaltakesak; sutemizuvchilardan bo‘ri, tulki, quyon, ko‘rshapalak, tipritikan kabilar yashaydi. Bulardan tashqari vohalarda yana sichqonlar, kalamushlar, chigirtka va boshqa hasharotlar uchraydi.
O‘zbekiston suv havzalarida baliqlarning 70 ga yaqin turi uchrab, ularning eng muhimlari Amudaryo va Sirdaryoda uchraydiganlari ilon baliq, zorora baliq, shil, sazan (zog‘ora baliq), laqqa baliq, oddiy cho‘rtan, qora baliq (marinka), ilonbosh kabilar hisoblanadi.
Sirdaryo va Amudaryo xavzasida, Kattaqo‘rg‘on, Quyimozor va Tolimarjon suv omborlarida, Amu-Buxoro, Qarshi magistral kanallarida mo‘ylov baliq (so‘g‘yon); Sirdaryo, Chirchiq daryolarida va Katta Farg‘ona, Janubiy Mirzacho‘l kanallarida Sirdaryo kurakburun (filburun) balig‘i uchraydi.
Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sherobod kabi daryolarda, ayniqsa sekin oqadigan qismida xramulya, Amudaryoda esa katta kurakburun balig‘i, Amudaryo fareli (gulmoyi) yashaydi.
O‘zbekistondagi barcha daryolarning tog‘li qismida esa qora baliq uchraydi.
Jumhuriyatimiz suv havzalarida — ko‘llarida oddiy oqqayroq, kumush rang tovonbaliq, sazan, oddiy laqqa, oddiy sudak kabi baliqlar tarqalgan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston suvlarida iqlimlashtirilgan ilonbosh, oddiy do‘ngpeshona, oq amur baliqlari ham urchitilmoqda.
O‘zbekistonda yana mo‘yna va go‘sht beruvchi, lekin «Qizil kitob»ga kiritilgan ayiq, qoplon, ilvirs, tog‘ takasi, arxar, jayron, Buxoro bug‘usi kabilar ham bor.
Aksariyat sut emizuvchilar tuproq va orgrafik sharoitiga nihoyatda talabchandir. Masalan, qo‘shoyoqlarning ayrim turlari faqat sochiluvchi qumlarda yashaydi. Shunga o‘xshash sharoit ingichka barmoqli yumronqoziqlar uchun ham kerak. Katta qo‘shoyoq esa, aksincha, faqat zich tuproqli yerda yashaydi. Krotlar, ko‘rsichqonlar qattiq yerda yo‘l qazishi qiyin bo‘lganligi uchun bunday joylarda uchraydi. Qo‘ylar keng yaylov va ochiq joylari bo‘lgan xilma-xil landshaftli joylarni egallaydi. Qiya tog‘ landshaftli joylarda yashaydigan echkilar rel’efga nihoyatda talabchan. To‘ng‘izlar uchun yumshoq, nam, sero‘simlik joylar ancha qulay. Otlar, antilopalar, tuyalar, aksincha, yumshoq tuproqli yerlarga o‘tmaydi, chunki ularning oyoqlari yumshoq tuproqda yurishga moslashgan.
Umuman olganda sut emizuvchilarning tarqalishi boshqa hayvonlar singari yashash muxitiga bog‘liq. Shu bilan bir qatorda bu bog‘lanish tuban hayvonlarga nisbatan, sut emizuvchilarda ancha murakkab ekanligi qayd qilish lozim. Sut emizuvchilar tashqi muhitning bevosita ta’siriga nisbatan kam bog‘liq. Ularning moslanishi yuksak darajada rivojlangan oliy nerf faoliyatiga bog‘liq. Sut emizuvchilardan suvsarsimonlar katta amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi.


Yüklə 379,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin