Zoologiya va biokimyo


IV- BOB. ASOSIY QISM. SUVSARSIMONLARNING TARQALISHI VA EKOLOGIYASI



Yüklə 379,69 Kb.
səhifə13/21
tarix14.06.2022
ölçüsü379,69 Kb.
#61448
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
2 5276148906869135149

IV- BOB. ASOSIY QISM. SUVSARSIMONLARNING TARQALISHI VA EKOLOGIYASI
4.1. Suvsarsimonlarning biotoplar bo‘yicha tarqalishi
Suvsarlar oilasi (Mustelidae). Bu oilaga kichik va o‘rtacha kattalikdagi kalta oyoqli, yarim tovonda yoki tovonda yuruvchi hayvonlar kiradi. Yirtqich tishlari yaxshi rivojlangan, tish formulasi har-xil, hid bezlari anal teshigi oldida joylashgan. Avstraliyadan boshqa hamma biotoplarni egallagan bo‘lib, keyingi paytlarda Avstraliyada ham iqlimlashtirildi.
Ularning ko‘pchilik vakillari, asosan o‘rmon zonasi biotoplarida tarqalgan:
1.Sobol suvsari -Martes zibellina Sibir taygasida keng tarqalgan, lekin Pechoraning o‘ng irmog‘idagi taygada biroz kam. Asosan yerda hayot kechiradi, faqat xavf tug‘ilganda daraxtga chiqadi. Uyasini yiqilgan daraxt, kunda va toshlar ustiga quradi. Sobollar yilda bir marta ko‘payib, asosan bahorda urchiydi. Homiladorlik davri ancha uzoq – 230-280 kunni tashkil etadi, nasllar soni 2-5 ta.
Keyingi paytlarda maxsus qo‘riqxonalar va xo‘jaliklar tashkil qilinib, suvsarlar hayvonotchilik xo‘jaliklarida muvaffaqiyatli ko‘paytirilmoqda.
2.O‘rmon suvsari- Martes martes Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkaz o‘rmonlarida tarqalgan bo‘lib, daraxtlarda yashashi bilan oldingi turdan farq qiladi. Daraxtlarga uya quradi, ko‘p xollarda tiynlarning uyasidan foydalanadi. Sobollar singari, hayvonlar bilan oziqlanadi, urchish biologiyasi sobollarnikidan farq qilmaydi.
3. Bo‘rsiq o‘rmon, tog‘oldi zonani egallagan.
Tekislik biotoplarini quyidagi turlar egallagan:
Kavkazda, Ukraina, Pribaltikada, Qrimda tosh suvsar tarqalgan bo‘lib, u yerda hayot kechiradi. Bu suvsar, odatda suv qirg‘oqlaridagi sertosh joylarni tanlab, uyasini tabiiy toshlar orasidagi yo‘laklarga qo‘yadi. Bir necha mayda turlaridan
sassiqko‘zan, norkalar yerda yashab, sichqonsimonlar va dala sichqon bilan oziqlanadi. Homiladorligi latent fazasiz o‘tadi, juda qisqa. Hid bezlari juda yaxshi rivojlangan bo‘lib, muhofaza vazifasini bajaradi. Barcha turlari katta sanoat ahamiyatiga ega. Keng tarqalgan turlarga oq sichqon – gornostay misol bo‘ladi,
latcha oilaning eng kichik vakili hisoblanadi, Shimoliy rayonlarda, ularning juni qishda oqaradi. Yuqoridagi turlar yer ustidagi inlarda yashab, kemiruvchilarni qirishi bilan katta foyda keltiradi.

Yüklə 379,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin