Zoologiya va biokimyo


-rasm. Sassiqko’zan-Mustela eversmanni



Yüklə 379,69 Kb.
səhifə16/21
tarix14.06.2022
ölçüsü379,69 Kb.
#61448
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
2 5276148906869135149

4.1.3-rasm. Sassiqko’zan-Mustela eversmanni
Aprel oyida inidagi yumshoq to‘shama ustida bolalaydi (8—11 ta, ba’zan 15 va hatto 19 tacha tug‘adi). ba’zan 15 va hatto 19 tacha tug‘adi). Yangi tug‘ilgan bolalari mayin oqish tuk bilan qoplangan, pushti rangda bo‘ladi. Massasi 5—6 g. 31—35 kun deganda ko‘zlari ochiladi. 45 kun davomida sut bilan oziqlanib boradi, lekin go‘shtni ham ancha barvaqt yeya boshlaydi. Bolalari 2 oylik bo‘lganida ota-onalari bilan birga ovga boradi, uch oyligida mustaqil bo‘lib qoladi.
Sassiqko‘zanning kushandalari korsaklar, tulkilar, bo‘rilar va burgutlar hisoblanadi. Sassiqko‘zanning mo‘ynasi birmuncha qimmat, lekin mo‘yna tayyorlashda katta rol o‘ynamaydi. Sassiqko‘zan Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot rayonida hammadan ko‘ra ko‘proq tutiladi, bu yerda yiliga ikki yuztadan ko‘proq teri topshiriladi. Sassiqko‘zanlarni qopqonlar bilan tutiladi, bu qopqonlarni shu hayvonlar ov qiladigan qumsichqonlar yumronqoziqlarning ini yoniga qo‘yib qo‘yiladi.
Sariq sassiqko‘zan bir talay zararkunanda kemiruvchilarni yo‘q qalib, foyda keltiradi.
4. Bo‘rsiq – Meles meles L.
Bo‘rsiq suvsarsimonlarning yirik vakillaridan hisoblanib, asosan tog‘oldi zonadagi biotoplarda tarqalgan. Ba’zan bo‘rsiqlar daryo bo‘ylaridagi to‘qaylar, dasht jarliklarda, suv yaqinidagi to‘qaylarda, dasht va chala dashtlardagi jarlik joylarda ham uchraydi.
Bo‘rsiq chuqur uya kovlab yashovchi hayvon bo‘lib, tundradan boshqa hamma joylarni, lekin tayganing ma’lum xududlarini egallagan. Ozig‘i xilma- xil, barcha yirtqichlardan etni kam yeyishi bilan farq qiladi, qishda uzoq uyquga kiradi.
Tanasining uzunligi 70-78 sm, dumining uzunligi 18-25 sm, tumshug‘idan orqa tomoniga sarg‘ish – oq yo‘l o‘tgan. Bahorda erkagi 7-6 kg, kuzda uyquga ketish oldidan 20 kg ga yetadi.
Ovqati chigirtka, qo‘ng‘iz va ularning lichinkalaridan iborat. Kezi kelganda kemiruvchilar va kaltakesaklarni tutib yeydi. Tog‘ olcha, o‘rik, olma, jiyda va tutni ham iste’mol qiladi, ba’zan yovvoyi o‘simliklarning ildiz poyalari piyozchalarini, mevalarini kemiradi.


Yüklə 379,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin