Biologik kurashda suvsarsimonlar vakillaridan foydalanish
Norka Sassisqo‘zan Olako‘zan Latcha
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, biologik kurashda kemiruvchilarning tabiiy kushandalari hisoblangan norka, sassisqo‘zan, olako‘zan, latcha va boshqa turlardan tabiiy sharoitlarda keng foydalanish mumkin.
4.2. Iqlimlashtirilgan turlar tavsifi
Amerika norkasi Mustela vison Schreber
Amerika norkasi bizning joyimizda iqlimlashtirilgan tur hisoblanadi. Keyingi yillarda Respublikamizning ayrim xududlarida tabiiy xolda uchrashi qayd etildi.
Norkalar asosan suvga yaqin bo‘lgan dalalarni, voxalarni egallab, Farg‘ona vodiysida keng tarqalib bormoqda. Ko‘payish davri uzlq muddatni o‘z ichiga olib, asosan fevral-martdan boshlanadi. Xomiladorlik davri 34-78 kun aprel-may oylarida 4-8 ta dastlabki nasllar paydo bo‘ladi. Bolalari kichkina, ojiz va nimjon bo‘lib, tabiiy iqlimi yuqori. Ularning tabiiy kushandalari bo‘ri, tulki, chiyabo‘ri, echkemar, chipor ilonlardan tashqari asosan kalamushlar hisoblanadi.
Bolalari tez o‘sadi, ikkinchi oydan boshlab, ular o‘z ota-onalari bilan birga ovga chiqa boshlaydi va keyinchalik tustaqil ov qilishga o‘tadi. Ular asosan kalamush, yumronqoziq, sichqon kabi kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Shu bilan birga, ular baliq, baqa va ilonlarni ham xush ko‘radi. Norkalar tabiiy sharoitda 2-3 marta, sun’iy sharoitda esa 4 martagacha nasl berishi mumkin.
4.2.1-rasm. Amerika norkasi-Mustela vison schreber
Voyaga yetgan norkalar kuniga bir necha yuzlab zararkunanda kemiruvchilar turlarini, jumladan kalamushlarni qironini beradi. Ular o‘zlari uya kovlaydi, asosan kemiruvchilar uyalarini egallab u yerlarda hayot kechiradi. Yemish qidirib bir necha km masofalarga migratsiya qiladi, yirtqichlik xususiyati juda yuqori bo‘lib, dala sharoitida asosan kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Sun’iy sharoitda ularni ko‘paytirish imkoniyati bor. Hozirda rejasiz ovlash tufayli, soni juda ham kam.
Dostları ilə paylaş: |