Tanasining uzunligi 36 sm gacha, dumining uzunligi 27-29 sm. Suvda va quruqlikda hayot kechiradi. Orqa oyoqlarida xuddi o‘rdakdagidek suzgich pardasi bo‘lib, mo‘ynasi qalin, uncha namlanmaydi va qimmatbaho.
Ondatra suvda va suv bo‘yida o‘sadigan o‘simliklar bilan asosan qamish, qo‘g‘a bilan oziqlanadi, onda – sonda baliqlarni tutib yeydi.
Yiliga o‘rtacha 2-3 marta, ba’zida esa 4 martagacha ko‘payadi, har safar 4-6, goho 12 tagacha nasl beradi, bolalarini 21-25 kun davomida sut bilan boqadi. Urg‘ochilari 5-6 oylik bo‘lganida, erkaklari 8-11 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi.
Ondatraning umri 6 –8 yilgacha bo‘lib, dastlabki yillarda ondatrani 15 – noyabrdan, 1- fevralgacha ma’lum sondagisini maxsus ruxsatnoma bilan ovlash mumkin edi, lekin hozirgi paytga kelib rejasiz ovlash tufayli, soni keskin kamayib ketdi. Sun’iy sharoitda ko‘paytirish imkoniyati katta.
4.2.2-rasm-Ondatra-Ondatra zibethica 3.Nutriya yoki suv bobri – Myocastor covpns Moll Tanasining uzunligi 50 – 65 sm, og‘irligi 4 – 5 kg. Ayrim individlari 80 sm gacha uzunlikda bo‘ladi va og‘irligi 10 kg gacha boradi. Erkaklari urg‘ochilaridan bir oz yirikroq bo‘ladi, orqa oyoqlarining to‘rtta barmog‘i suzgich parda bilan bir – biriga tutashgan. Tumshuqi yapaloq, uzun – uzun mo‘ylovlari bor.
Nutriya suvda o‘sadigan o‘simliklar ildizroyalari bilan oziqlanadi. Kuzda makkajo‘xori, arpa, lavlagi, sabzi, xashak bilan, yozda esa bundan tashqari o‘t, lavlagi va sabzi palagi, tarvuz, qovun bilan boqiladi.
Urg‘ochilari yiliga ikki marta 4 – 5 tadan bola tug‘adi. Bolalari 50-60 kun davomida onasini emib turadi. 6-7 oydan keyin, yaxshi sharoitda bo‘lganida esa ham ertaroq jinsiy jihatdan voyaga yetadi. Nutriya ko‘pi bilan 4-5 yil umr ko‘radi.
Terisi qorako‘l terilariga qaraganda ham qimmatliroq turadi. Shuning uchun nutriyani suv havzalarigina emas, balki fermer xo‘jaliklarida, qafaslarda ham urchitish foydalidir. Ularni yozda tabiiy sharoitlarda, hovuzlarda, qishda esa, maxsus qafaslarda ko‘paytirish yaxshi natijalar beradi.