4.1.4-rasm.Bo‘rsiq – Meles meles L Fevral oxiri yoki martdan boshlab ko‘payishga kirishadi. Urg‘ochi bo‘rsiq, 2-6 ta o‘rta hisobda 4 ta bola tug‘adi. Bolalarining ko‘zi 33-38 kunda ochilib, iyunda uyalaridan bolalari tashqariga chiqa boshlaydi. Ular to kuz tushgunicha onasi bilan yashaydi. Bo‘rsiqlar davo bo‘ladigan yog‘i uchun ovlanadi, ularni qopqonlar bilan va kechalari itlar bilan yoki uyasini kovlash orqali tutiladi.
O‘zbekiston respublikasi ov qilish muddatlari to‘g‘risidagi 337 – qaroriga muvifiq bo‘rsiqlarni 15 – sentabrdan 30 – noyabrgacha har bir ovchiga bir bosh bo‘rsiq ovlashga ruxsat etilgan.
Ola ko‘zan -Vormela peregusna Guld
O‘zbekistonning dashtlari, sahro va yarim sahrolarida kichkinagina kelishgan bir hayvon uchraydi. Tanasining uzunligi 31-35, dumining uzunligi 16-20 sm. Olako‘zanning dumi baroq, quloqlari oq bo‘ladi, yaxshi ko‘rinib turadi. Bu hayvon juda ola-bula rangda bo‘ladi. Orqasi sariq, malla va qo‘ng‘ir tusli noto‘g‘ri shakldagi mayda-mayda xollari boryu qorni tomog‘idan to dumining asosi va oyoqlarigacha qora-qo‘ng‘ir, dumining o‘rtasi oqish, uchi qora-qo‘ng‘ir.
Bu hayvon quruq joylarda uchrab, cho‘llarda katta qumsichqon, ingichka barmoqli va sariq yumronqoziqlarning inida yashaydi. Sug‘oriladigan yerlarda aksari polizlar, ekinzorlarda, paxta dalalarining chetlarida uchraydi. Ahyon-ahyonda imoratlarga kirib oladi, ba’zan in kovlaydi.
4.1.5-rasm.Ola ko‘zan-Vormela peregusna guld Asosan erta sahar va oqshom kezlari ov qiladi. Biror narsadan cho‘chisa yoki bezovtalansa, dumini orqasiga chiqarib olib, quloqlarini dikkaytiradi va boshini ko‘tarib, tishlarini tirjaytiradi-da, itning irillashiga o‘zshash tovush chiqaradi. Asosan mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi, ba’zida quyon bolalari va mayda qushlarni tutib yoydi.
Fevral oxiri yoki mart boshlarida bolalaydi. Har safar 4-8 tadan bola tug‘adi. Yangi tug‘ilgan bolalarining ko‘zi aprel oxiriga borib ochiladi. Iyunda ham bolalari onasi bilan birga chaqadi, kemiruvchilarni qirib, katta foyda keltiradi.