O‘zbekistonning baland tog‘lari kichikroq yoki o‘rtacha kattalikda (tanasining uzunligi 50 sm gacha) bo‘ladigan bir hayvon yashaydi. Tanasi cho‘ziq, egiluvchan, dumi uzun (28-30 sm bo‘ladi). Bu suvsardir, uning terisidan qilingan yoqani ko‘p ko‘rish mumkin. Qish kezlari mo‘ynasi juda baroq, och qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi. Junining tagidagi momiq tuklari ancha oqimtir. To‘shida oppoq xoli bo‘ladi, shuning uchun bu xildagi suvsarning ko‘pincha oqtomoq deb ham atashadi. Oyoq panjalari va dumi orqasidagidan ham to‘qroq rangda bo‘ladi. Yozda mo‘ynasi qishdagidan to‘qroq, kaltaroq va dag‘alroqdir.
O‘zbekistonda suvsar Chotqol tizmasining tog‘ oldi joylarida, Ko‘hitangtog‘ va Boysuntog‘da uchraydi. Boshqa tog‘li rayonlarda bu hayvon kamdan – kamdan qo‘lga tushadi.
Chopqol tog‘oldi joylarida suvsarlar 2500-2700 m balandlikdagi nishab va archa daraxtlario‘sib yotgan yon bag‘irlarda yashaydi. Qor ko‘p yoqqan qish kezlari yanvar oxirida bu hayvonlar tog‘larning birmuncha pastroq mintaqalariga tushib keladi.
Suvsar qorong‘i tushganida hayot kechiradi, lekin yozda qo‘pincha kunduzi ham aktiv bo‘ladi. Toshlar orasidagi tirqishlarga yosh harsanglar orasiga biqinib olib, xavf-xatardan yashirinadi. Kamdan – kam hollarda daraxtlarga chiqib oladi.
4.1.6-rasm Suvsar-Martes foina Biror yerdagi qoya toshlarning yorig‘iga yoki archa daraxtlari ildizlarining tagiga in quradi. Har bir hayvon bir necha kvadrat kilometr keladigan ma’lum bir joyni egallab oladi. Boshqa suvsarlarni bu joydash quvib chiqaradi. Urg‘ochisi aprel-mayda ko‘zi yumuq 1-8 ta, o‘rta hisobda 3 ta bola tug‘adi, bolalari zaif, quloq teshiklari bekik bo‘ladi. 30-36 kun deganda bolalarining ko‘zi ochiladi. Quloq teshigi 24 kuni ochiladi. Ko‘zi ochilgan bolalari asta-sekin go‘shtga o‘rganib boradi. Bolalari bir yarim oylik bo‘lganidan keyin inidan chiqa boshlaydi. Ikki oy atrofida sut bilan ovqatlanib turadi. Ular tez o‘sadi va iyunga borib bir-biridan ajralishib ketadi. Hayotining ikkinchi yilida jinsiy voyaga yetadi.
Suvsar mayda kemiruvchilar, qushlar, qo‘ng‘izlar, tukli arilar va sudralib yuruvchilar bilan, shuningdek va shilvi mevalari bilan oziqlanadi. Yozda hayvon ovqatiga qaraganda o‘simlik ovqatlarini ko‘proq iste’mol qiladi.
Biologik kurashda suvsarsimonlar vakillaridan tabiiy sharoitlarda keng foydalanish mumkin. Kemiruvchilar ommaviy ko‘paygan yillari, ularga qarshi kimyoviy, fizik kurash usullari bilan birga, biologik kurash ham tabiiy sharoitlarda yaxshi samara beradi.