Zoologiya va biokimyo


Latcha –Mustela nivalis L



Yüklə 379,69 Kb.
səhifə15/21
tarix14.06.2022
ölçüsü379,69 Kb.
#61448
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
2 5276148906869135149

Latcha –Mustela nivalis L.

Aprel – mayda bolalaydi (2-4 ta, goho 5 tagacha), bolalarining tug‘ilganida ko‘zi yumuq bo‘lib, 9-10 kun deganda ko‘zi ochiladi, sakkiz oyli bo‘lganida bolalari onasi bilan birga ovga chiqa boshlaydi. Bolalari kech kuzgacha, ba’zan butun qish bo‘yi ham birga yuradi.
Qishki mo‘ynalari juda ham sifatli, ovlash man etilgan.
Bu hayvon suvsarsimonlarning eng kichik vakili bo‘lib, butun O‘zbekiston bo‘ylab tarqalgan. Latchalar tekisliklarda ham, tog‘larda ham (3500 m gacha balandlikda) uchrab, ko‘pincha vohalarga, qishloqlarga, madaniy vohalarga kirib, yangi sharoitlarga ikkilamchi tartibda moslashib bormoqda.
Latcha kemiruvchilarning inlariga bemalol kira oladi, xashak g‘aramlari va somon uyumlari, toshlar orasida, xarobalarda, tashlandiq binolar, paxsa devorlar, otxonalar, dala shiyponlari kabi joylarda uchrab, o‘z tarqalish areallarini kengaytirib bormoqda. U juda chaqqon harakatlanib, erkaklari ochiqroq rangdaligi bilan ajralib turadi.
Erkagida tanasining uzunligi 20-22, dumining uzunligi 4-6 sm, massasi 185-187 grammga teng, urg‘ochilari nisbatan kichikroq bo‘ladi. Tinasining yuqori tomonidagi juni yozda to‘q qo‘ng‘ir-jigar rang tusdan to och qizg‘ish tusgacha ko‘rinishda, tanasining pastki tomoni oq rangda.


4.1.2-rasm.Latcha-Mustela nivalis
3.Sassiq ko‘zan - Mustela eversmanni less
Ustyurt, Amudaryoning kuyi oqimlari, Qizilqum sahrosi va Mirzacho‘lda sariq sassiqko‘zan keng tarqalgan. Tanasining uzunligi 29— 46, dumining uzunligi 12—16 sm. Orqasining juni qishda qora g‘ubor aralash zangsimon-sariq rangda bo‘ladi. Tumshug‘i oqish. Oldingi va orqa oyoqlari, ko‘kragi va qorni qora-qo‘ng‘ir, dumining yarmi oqiga zangsimon rangda. Dumining uchi qoraqo‘ng‘ir. Yozda juni qishdagidan ko‘ra kaltaroq va to‘qroq bo‘ladi.
Sassiqko‘zan butun kunni inida o‘tkazadi. O‘ziga ahyon-ahyonda in kovlab, boshpana yasaydi. Bu hayvonlar odatda yumronqoziqlar, qo‘shoyoqlar va katta qumsichqonlarning inlarini egallab olib, bularni kengaytirishadi. Inining oldida hamisha sassiqko‘zan tezagi va ovqat qoldiqlari yotadi. Har bir hayvonning bir nechta boshpanasi bo‘ladi, bularga u vaqt-vaqti bilan borib turadi.
Qoshqoraygan paytda va tunda ovga chiqadi. Bolalarini emizib turadigan yoz paytida kunduzi ham ov qiladi. Qishda bir kechada 10—15 km gacha joyni aylanib chiqadi. Ovqati kemiruvchilar (qumsichqonlar, yumronqoziqlar, ko‘rsichqonlar) va o‘limtiklardan iboratdir. Goho-goho qo‘ng‘izlar, qushlar va ularning tuxumlari, ilonlar va kaltakesaklarni yeydi. Ov vaqtida sassiqko‘zanlar yeya oladiganiga qaraganda ko‘proq kemiruvchilarni tutib oladi. Masalan, bitta sassiqko‘zan 3 soat davomida 18 ta yumronqoziqni tutib olganligi kuzatilgan. Bir kecha-kunduzda 100—150 g go‘sht yeydi, ya’ny bitta yosh yumronqoziq yoki 10—20 ta mayda kemiruvchilar unga bemalol kifoya qiladi. Ortiqcha o‘ljani g‘amlab, bekitib qo‘yadi, Yevropa sharoitida sassiqko‘zan inidai 50 ta yumronqoziq topilganligi fanga ma’lum.




Yüklə 379,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin