Tog‘ balandlik mintaqasi. Bu balandlik mintaqada yoz salqin, namroq, qish sovuq, o‘simliklar, ayniqsa daraxtlar ko‘p o‘sib, o‘rmonlarni hosil qiladi. Urmonlar tagida esa har xil o‘tlar qalin o‘sib, serhosil, binobarin, hayvonlar uchun ozuqa moddalar serob. Lekin tog‘ mintaqasining relefi noqulayligi va haroratning pastligi tufayli ba’zi hayvon turlari, chunonchi sudralib yuruvchilar kam, ondasonda — Oloy tog‘ iloni, Himolay va Turkiston agamasi uchraydi. Tog‘ mintaqasida o‘rmon sichqoni, Turkiston kalamushi, oq sichqon, oq suvsar, tog‘ suvsari, qunduz, o‘rmon olmaxoni, ko‘rshapalak, o‘rmon sonyasi yirik sutemizuvchilardan qo‘ng‘ir ayiq, chipor sirtlon, silovsin, manul qoplon, yovvoyi qo‘y alqor, buramali tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, quyon kabilar uchraydi. Qushlardan burgut, yapaloqqush, tasqara, itolg‘i, qumri, kaklik, zarg‘aldoq, boltatumshuq, bulbul, tog‘ chumchug‘i kabilar tarqalgan.
Yaylov balandlik mintaqasi 2800—3000 m dan balandda bo‘lgan tog‘larni o‘z ichiga oladi. Bu balandliklar relefi juda ham murakkab bo‘lib, doimiy qor bilan koplangan tog‘ cho‘qqilari, tik tog‘ yonbag‘irlari, chuqur zovlar, qoyalar mavjud. Buning ustiga yoz qisqa va salqin, qish davomli, sovuq, o‘simlik qoplami siyrak va daraxtsiz, subalhp va alhp o‘tloqlari yaxlit tutash emas. Bular o‘z navbatida hayvonot olamiga ham ta’sir etib, ularning turi va miqdori tog‘ balandlik mintaqasiga nisbatan kam, Yaylov mintaqasida ayniqsa sudralib yuruvchi hayvonlar onda sonda uchraydi. Ularning eng muhimlari Oloy tog‘ iloni, chinqiroq ilon, Himolay agamasi hisoblanadi. Bu mintaqada kam bo‘lsada, qurbaqa, kemiruvchilardan qizil va Menzbir sug‘uri va oq suvsar yashaydi.
Yaylov mintaqasida yirik sutemizuvchilardan qo‘ng‘ir ayik, ilvirs, tog‘ takasi, arxar, muflan, qoplon, bo‘ri; kushlardan ular, qumay, boltayutar, tog‘ zag‘chasi kabilar uchraydi.
O‘zbekiston daryo vodiylari va vohalarida tabiiy sharoit insonning ta’siri natijasida ancha o‘zgargan, binobarin, hayvonot olamida ham muhim o‘zgarishlar yuz bergan, yerlarni qishloq xo‘jaligida o‘zlashtirilishi, tabiiy o‘simliklarni yo‘q qilinishi tufayli, hayvonlarning yashash sharoiti yomonlashib, ularning turi va miqdori yil sayin kamayib bormoqda. Vohalarga xos hayvon turlari asosan, kam o‘zlashtirilgan to‘qaylarda saqlanib qolgan.
Dostları ilə paylaş: |