1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə1/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari


1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat).
Asosiy savollar:
LEkologiyaning hozirgi zamon tushunchasi va uning vazifalari. Ekologiyaning tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishda nazariy asos ekanligi. 2.Ekologiyaning bo‘limlari va sohalari. 3.Ekologiya fanining asoslari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar:
Ekologiya, adaptatsiya. tabiatdan oqilona foydalanish, rekultivatsiya, autekologiya, sinekologiya, demekologiya, biosfera taTimoti, organizm, jamoa, abiotik muhit, populyatsiya, ekotizm, biogeotsenoz, hayot muhiti, evribiont, stenobiont, regulyatsiya, gomeostaz, biotsenoz, biotop.
1-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Talabalarda «Ekologiya» atamasi, predmeti, vazifalari haqida tushuncha hosil qildirish hamda ekologiyaning tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishda nazariy asos ekanligini asoslab berish.
Identiv o‘quv maqsadlari: l.l.»Ekologiya» atamasi ma'nosini anglab yetadi. 1.2.Ekologiyaning predmeti va vazifalarini biladi hamda farqiga yetadi.
1.3.Ekologiyaning tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishda nazariy asos ekaanligini tahlil qila oladi.
1-asosiy savolning bayoni.
«Ekologiya» tushunchasi fanga birinchi bo‘lib nemis olimi EGekkel tomonidan 1866 yil kiritilgan.(«Organizmlarning umumiy morfologiyasi» asarida.)
Hozirda ommalashib ketgan bu atama yunoncha so‘z bo‘lib, «Oykov» - uy- joy; «logos» -fan degan ma'noni beradi.
Ekologiya biologik fan bo‘lib, u organizmlarning bir-biri va tashqi muhit sharoiti bilan o‘zaro munosabat qonuniyatlarini o‘rganadigan fan hisoblanadi.
Organizmlarning moslashuvi(adaptatsiya)ni o‘rganish sifatida bundan 100 yil awal shakllangan hozirgi zamon ekologiyasi-tabiatdan oqilona fo ydalanish va tabiatni muhofaza qilishning nazariy asosi hisoblanadi. U o‘ziga xos predmetga, vazifalarga hamda izlanish usullariga egadir.
Ekologiya antropogen va har xil omillar ta'sirida tabiatdagi bog‘lanishlarning buzilishi to‘g‘risida maTumot bcradi. Ekologiya tabiat resurslaridan oqilona foydalanishda va tabiatni muhofaza qilishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan: har yili o‘rmon xo‘jaliklari tabiatda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni yig‘ib olib dori tayyorlash uchun topshiradi. Bunda agar yig‘ib olinayotgan o‘simliklar miqdori qayta o‘sib chiqayotgan o‘simliklar miqdoridan oshsa unda o‘simliklar sekin-asta yo‘qola boshlaydi. Shuning uchun dorivor o‘simliklarni yig‘ish faqatgina ilmiy asoslangan me'yorlar asosida terib topshirilishi kerak. Bu me'yorlar va yig‘ish muddatlari o‘simliklar jamoasida qayta tiklanish uchun asos bo‘lishi kerak.
Ekologiyaning predmeti - organizmlar guruhi va tashqi muhit orasidagi bog‘lanishlarning tuzilishini, unga bog‘liq bo‘lgan jonlanish, taraqqiy etish, tarqalish va konkurentlik xususiyatlarini: tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta'siriga qanday javob beradi,- bularning hammasi ekologiyaning predmeti hisoblanadi.
Hozirgi paytda ekologiyaning asosiy vazifalarini quyidagicha ta'riflash mumkin:
-hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta'sirini hisobga olgan holda o‘rganish:
-insonning xo‘jalik faoliyati tasirida tabiatda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni oldindan bilish:
-biosferadagi kechayotgan jarayonlarni o‘rganish, boshqarish, bashorat qilish, inson yashaydigan muhitni saqlab qolish:
-buzilgan tabiiy tizimlarni tiklash: shu jumladan foydalanishdan chiqarilgan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini yana ishga solish(rekultivatsiya), yaylovlar tuproq hosildorligini, suv havzalari va boshqa ekotizimlarning mahsuldorligini tiklash:
-biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalar.
2-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Ekologiyaning bo‘limlari haqida. ularning nimalarni o‘rganishini yoritib berish. Yu.Odum bo‘yicha biologik spektr mohiyatini tushuntirish. Identiv o‘quv maqsadlari: 2.1.Ekologiyaning bo‘limlarini izohlab beradi. 2.2.Biologik speklrning mohiyatini xotirada saqlab qoladi.
2-asosiy savolning bayoni.
Populyatsiyalar, turlar. biotsenoz, biogeotsenoz. biosfera kkabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham ekologiya 4 ta bo‘limga bo‘lib o‘rganiladi: 1 .Autekologiya- « autosn - yunoncha so‘z bo‘lib «o‘zi» degan manoni beradi. Ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabati. tur larning-qanday muhitga ko‘proq moslashganligini o‘rganadi.
2Populyatsiyalar ekologiyasi- «populyason» - fransuzcha so‘z bo‘lib, «aholi» degan manoni bcradi. Populyatsiyalar tuzilmasi, dinamikasi. Ma'lum sharoitlarda turli organizmlar sonining o‘zgarish sabablarini tekshiradi.
3.Sinekologiya-«sin» degani yunoncha so‘z bo‘lib, «birgalikda» degan ma'noni beradi. Biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o‘simlik va hayvon turlarining o‘zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo‘Igan munosabatlarini o‘rganadi. 4.F.kotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi ekologiyaning yangi bir bo‘limini, ya"ni biosfera (yunoncha «bios»- hayot: «sfera» - shar) haqidagi ta'limotni vujudga keltirdi. Bu ta'limot asoschisi ViVemadskiy hisoblanadi. (1863-1945 yy.), Organizmlar tarqalgan qobiq - biosferadir.
Hozirgi zamon ekologiyasining mazmunini quyidagi biologik spektr tuzilishida yozsa bo‘ladi. ( Yu.Odum. 1986).
Gen hujayra to‘qima organ (organizm populyatsiyajamoaQ abiotik muhit qEkotizm)
3-asosiy savol bo‘yicha o‘qiruvchining maqsadi:
Ekologiya fani asoslarini kkeng yoritib berish. Hayot muhiti, biotsenoz, biogeotsenoz, ekotizmlar haqida ma'lumot berish. Identiv o‘quv maqsadlari:
3.1.Ekologiya fani asoslari haqida tushuncha hosil qiladi. 3.2.Evri va stenobiont turlarni farqlaydi.
3.3.Biotsenoz,biogeotsenoz. ekotizim, gomeostaz, biotop kabi tushunchalarmng farqlarini anglab yetadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin