3-mavzu: Gimnastika, voleybol va basketbolda tayyorgarlik turlarining o’rni
3.1. Gimnastikada jismoniy tayyorgarlik bo’yicha mahoratni oshirish Gimnastika mashqlarini o’rgatishning muhim shartlaridan biri bu jismoniy sifatlarni doimo mukammallashtirib borishdir. Hoh u gimnastika mashqlarining texnikasini o’zlashtirish bo’lsin, hoh u jismoniy tayyorgarlikning maxsus mashqlari bo’lsin.
Maxsus vazifalarning yechilishiga qarab jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus tayyorgarlikka bo’linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosi bo’lib xizmat qiladi va o’z navbatida ba’zi hollarda texnik tayorgarlik vazifalarini ham yechishga yordam beradi. Ma’lum gimnastika mashqlari texnikasiga taalluqli bo’lmagan holda umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) vositasi bo’lib kuch, harakatchanlik, chidamlilik, tezkorlik va chaqqonlikni rivojlantirish qabul qilingan. UJT maqsadi-bu shug’ullanuvchilarning sog’lig’ini mustahkamlash. Ularni har tomonlama garmonik rivojlantirish, hayotiy muhim malakalarni mukammallashtirish demakdir. UJT maxsus jismoniy tayyorgarlikning (MJT) asosiy poydevori bo’lib xizmat qiladi. Uning maqsadi sport gimnastikasiga qarashli harakat funktsiyalarini shug’ullantiruvchilarda rivojlanishini ta’minlashdir. Maxsus jismoniy tarbiya vositasi asosiy malaka texnikasi tuzilishiga yaqin bo’lishi kerak.
Odam kuchini shunday ta’riflash mumkin: tashqi qarshilikka qarshilik ko’rsatib yengish qobiliyati yoki mushak zo’riqishi oqibatida unga qarshilik ko’rsatish.
+o’zg’atuvchilar ta’sirida mushak qisqarish xususiyatiga ega. qisqara turib u tananing qismini suradi. U bilan birga unga qo’shib og’irlikni ham suradi va kuchni rivojlantiradi.
Agar mushakka qandaydir yuk osib unga birinchi impulьsni bersak, mushak qisqara boshlaydi va yukni ma’lum balandlikka ko’taradi, agar kattaroq yuk ossak uni pastroq balandlikka ko’taradi.. Ko’tarilgan yuk mushak kuchini ko’rsata olmaydi, nega deganda mushak kuchi undan ko’p bo’ladi.
Yuk og’irligini oshirib mushak ko’tara olmasligiga erishamiz. Yuk og’irligi mushakning kuchiga yetib oldi., mushak qisqara olmaydi.
Mushak kuchi zo’riqishda ko’rinadi, yuk og’irligi mushak zo’riqishini rivojlanishini ko’rsatadi. Demak, kuch bu kilogrammlarda ko’rsatilgan mushaklarning maksimal zo’riqishi kattaligiga teng ekan.
Mushak kuchi uning fiziologik ko’ndalang kesimi kattaligiga va mushak tolalari morfologik tuzilishiga bog’liq.
Mushaklar asabiy ta’sirning xususiyatiga ham qaraydi. Odamning kuch imkoniyatlariga baho berishning ikkita ko’rsatkichi bor: birinchi ko’rsatkichda mushaklarning absolyut kuchi ya’ni mushaklarning maksimal (o’rta zo’riqish) darajada zo’riqishi; ikkinchi ko’rsatkich esa nisbiy kuch xususiyati ya’ni mushakning absolyut kuchini tana og’irligining 1 kgda hisoblab chiqilib nisbiy kuch kattaligiga aytiladi.
Sportchi gimnastika mashqlarini bajarish davomida mushaklar har xil ish tartibi sharoitida ishlaydi: statik (izometrik) tartibda-mushaklarning qisqarishi bilan qarshilik ko’rsata olmay tartibda (pliometrik) mushaklar uzunlashishi bilan boradi. Oxirgi ikkita tartib «dinamik tartib» tushunchasi bilan birlashadilar. Dinamik kuchning turlaridan biri portlash kuchi deb ataladi.