Abdumannonov Sardor 730-23 guruh Falsafa fanidan mustaqil ish Mavzu: Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar



Yüklə 63,27 Kb.
səhifə1/8
tarix07.01.2024
ölçüsü63,27 Kb.
#205708
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Bilish


Abdumannonov Sardor 730-23 guruh
Falsafa fanidan mustaqil ish
Mavzu: Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar
Reja:
1. Gnoseologiyaning mazmuni va mohiyati.
2. Bilishning asosiy turlari va shakllari.
3. Haqiqat tushunchasi. Haqiqatning turlari. Bilishda amaliyotning o‘rni
4. Falsafa metodlari. Fan metodlari: umumilmiy, xususiy ilmiy va fanlararo
tadqiqot metodlari. Hozirgi zamon metodologiyasi.
Insonning o‘zini qurshagan dunyoda mo‘ljal olish funksiyasini bilim bajaradi.
Bilim – inson ong yordamida oladigan dunyo haqidagi ma’lumotlarning eng
oliy
darajasidir. Bilish va bilim to‘g‘risida so‘z yuritganda o‘rta asrlardagi kabi
bilim va e’tiqodni qaramaqarshi qo‘yish yaramaydi. E’tiqod – moddiy va
ma’naviy dunyo narsalari, jarayonlari va hodisalarini dalil-isbotsiz bilish
demak. «Men Xudoning borligiga ishonaman»; «men yaqinda bahor
kelishiga ishonaman»; «men o‘z ishimning muvaffaqiyatiga ishonaman» va
h.k. va sh.k. E’tiqod – bu insonning ishonchi. Bilim bizga aniq-ravshan
ko‘rinib turadigan narsalarni kashf
etish imkonini bersa, e’tiqod, ishonch insonga hozircha ko‘rinmaydigan sirli
narsalarni aniqlashga yordam beradi. Shu tariqa e’tiqod bilish jarayonida
faol ishtirok etadi va uning muhim unsuri hisoblanadi. Biroq, shu bilan bir
vaqtda, zamirida aqlning so‘qirligi, mutaassiblik va insonning kuchsizligi
yotuvchi soxta e’tiqod ham mavjudligini qayd etib o‘tish lozim.
Bilish – inson qo‘lga kiritadigan axborotning eng oliy darajasi. Bu axborotni
u bilish muammolari va vazifalarini qo‘yish va echish yo‘li bilan, izchil
anglab etadi. Axborot miyaning mvhumlashtiruvchi faoliyati yordamida
belgi shaklini (2  2  4) kasb etadiki, bu unga ishlov berish, saqlash va
keyinchalik undan foydalanish uchun qulaydir.

Yüklə 63,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin