O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA .O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSISTETI
Pedagogika va psixologiya fakulteti
205-guruh talabasi Boltoboyeva Nilufarning
Ijtimoiy pedagogika fanidan
“Talim jaronini takomillashtirishda trening mashg’ulotlarning o’rni ”
mavzusidagi
KURS ISHI
Qabul qiluvchi:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1. Trening mashg’ulotlari – nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash shakli sifatida
2. Trening qonunlari bo’yicha guruh ishlarini faollashtirish usullari.
3. Trening mashg‘ulotlarining faolligi va qatnashchilari
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. «Ta‘lim togrisida’gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish jarayoni sifat bosqichga kirdi. YAngi o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari, yangi avlod darsliklari, ta‘lim standartlariga muvofiq holda ta‘lim muassasalariga taqdim etildi. Ta‘lim oldida turgan vazifalarni hal etish bevosita o‘qituvchi faoliyatiga bogliqdir. O‘qituvchi o‘quvchilarni bilim egallashda faollashtiradigan, barcha uchun qulay bolgan yollarni, usul va uslublarni, ta‘limning turli xil vositalarini va vaziyatlarini izlaydi. Ulardan foydalangan holda pedagogik jarayonining samaradorligini oshiradi. YOshlarni mustaqil fikrlashga ogatib, ijodiy izlanishga, egallayotgan kasbining sirlarini bilib olishga yonaltiradi. Zero, Yurtboshimiz ta‘kidlaganidek “Kimki bu haqiqatni oz vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa - bunday davlat jahon taraqqiyoti yolidan chetda qolib ketishi muqarrar. Buni chuqur anglab olgan davlat, bunday xulosani chiqargan, xalqaro hamjamiyat va taraqqiy topgan mamlakatlar katoriga kotarilish uchun harakat qilayotgan jamiyat, birinchi navbatda, bug unibosib kelayotgan farzandlarining har tomonlama barkamol avlod bolib hayotga kirib borishini ozi uchun eng ulug, kerak bolsa, eng muqaddas maqsad, deb biladi” 1.
Ta‘lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta‘lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qoshilishini taqozo etmoqda, ozini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda korsh va eng muhimi aniq yangiliklarni ozlashtirishdan iborat. Bu holat bugungi kunda o‘ta dolzarbligi bilan muhimdir, chunki, ushbu jarayon ta‘lim muassasalarini yashash sharti, kelajak avlodlar va pedagoglar jamoasining aloqalarini ijtimoiy himoyalash sharti bolib ham xizmat qiladi. Hayot ta‘lim muassasalari oldiga yangi, mumkin bolmagandek tuyulgan vazifalarni, ya‘ni eskichasiga ishlab turib, aniq yangiliklarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishni oldimizga qoymoqda.
Hozirgi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga fan, texnika, ilgor texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, o‘qitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ilmiy ta‘minlash kiradi. Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimining mukammal bolishi, zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida rivojlanishi hisoblanadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» uzluksiz ta‘lim va kadrlarni tayyorlash tizimlarini tubdan isloh qilishga qaratilgan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta‘lim tizimini orqali har tomonlama rivojlangan shaxs - fuqaroning tashkil topishni kozda tutadi. U ushbu ta‘lim tizimida va kadrlar tayyorlashda ta‘lim xizmatlarining istemolchisi, buyurtmachisi sifatida va huddi shunday ishlab chiqaruvchi sifatida ishtirok yetadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentyabr 2020 yil kuni «Ta’lim to‘g‘risida’gi qonunni imzolandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati. Mazkur hujjat 19 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilinib, 7 avgustda Senat tomonidan ma’qullangan edi.
Qonunga muvofiq, ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
Umumiy o‘rta ta’lim I-XI sinflarni o‘z ichiga oladi.
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |