III.BOB. TRANSPORT VOSITALARI IJARASI SHARTNOMASI 3.1. Transport vositalari ijarasi shartnomasi tushunchasi Transport vositalari ijarasi mulk ijarasi shartnomasining turlaridan biridir. Uning ijara shartnomasi turi sifatida alohida ko'rsatilishi uning predmetidan kelib chiqadi. Transport vositalari ijarasi shartnomasining predmetini har qanday transport vositasi tashkil qiladi, ya’ni yuklar, yo'lovchilar va bagaj tashish bo'yicha makonda harakatlanadigan texnik qurilmalar tashkil etadi. Transport vositasi, m urakkab texnik qurilma bo'lib, u ayni vaqtning o'zida atrof uchun oshiqcha xavf manbasi ham hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham, y a’ni shu ikki sifatning m avjudligi bu shartnomani ijara shartnomalarining alohida turi sifatida ajratishga sabab bo'ladi
Fuqarolik Kodeksining 564-moddasining 1-2-qismlarida transport vositasini ijaraga berish shartnomasi nazarda tutilgan. Unga ko'ra: www.ziyouz.com kutubxonasi Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasi bo'yicha ijaraga beruvchi transport vositasini vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga ijaraga oluvchiga beradi va o'z kuchi bilan uni boshqarish hamda texnik foydalanish bo'yicha xizmat ko'rsatadi (FKning 564-moddasi 1-qismi).
Transport vositasini ekipajsiz ijaraga berish shartnomasi bo'yicha ijaraga beruvchi transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo'yicha xizmat ko'rsatmagan holda vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun ijaraga oluvchiga haq evaziga beradi (FKning 564-moddasi 2- qismi).
Mulk ijarasining boshqa turlari uchun qo'llaniladigan ayrim qoidalar jumladan, ijara shartnomasini nomuayyan m uddatga qayta tuzish va ijaraga oluvchining ijara shartnomasini yangi muddatga qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi transport vositasini ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qo'llanmaydi. U shbu h o lat ta rn sp o rt v ositalarini ijaraga berish shartnomasining o'ziga xos xususiyatini ifoda etadi. Agar ijaraga oluvchida transport vositalarini qaytadan ijaraga olish istagi paydo boisa, umumiy asoslarga ko'ra shartnoma tuzishi mumkin.
Tam sport vositalari ijarasi shartnomasiga quyidagi huquqiy belgilar xosdir.
Birinchidan, shartnoma ikki tomonlama harakterga ega, ya’ni shartnoma taraflarining har birida ham huquq, ham majburiyat mavjud.
Ikkinchidan, shartnoma haq baravariga tuziladi. Shartnomada albatta muqobil ijro ya’ni haq toiash nazarda tutilishi lozim.
Uchinchidan, shartnoma konsensual harakterga ega. Shartnoma natijasida ijaraga beruvchidan ijaraga oluvchiga mulk huquqining faqat ikki elementi, egalik qilish va foydalanishgina o'tadi. Tasarruf qilish esa mulkdor qoiida saqlanib qoladi.
Yuqorida shartnomaga berilgan ta ’rifdan ko'rinib turibdiki, transport vositalari ijarasi shartnomasining ikki turi mavjud:
1. Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish.
2. Transport vositasini ekipajsiz ijaraga berish.
Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish haqida so'z yuritganda, avvalo ekipaj deganda nima nazarda tutilishini va uning tarkibiga kimlar kirishini anglab olish zarur. Ekipaj so'zi rus tilidan tarjim a qilinganda shaxsiy tarkib degan m a’noni anglatadi. Y a’ni, temir yo'l, avtotransport vositalari, suv, havo, kosmik va shunga o'xshash m akonda m ustaqil harakatlana oladigan texnik qurilmalarni boshqarish uchun tayinlanadigan shaxslar www.ziyouz.com kutubxonasi jamoasidir. Ularning tarkibiga: haydovchi, mexanik, injener, ekspeditor va shu kabilar kiradi.
Transport vositalarini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasining o'ziga xos xususiyati mavjud bo'lib, ular quyidagilardir:
1. Shartnom a predmeti har’ qanday turdagi transport vositalari: temir yo'l, avtomobil, suv, havo, kosmik va shunga o'xshash makonda mustaqil harakatlana oladigan texnik qurilmalar;
2. Transport vositalarini boshqarish va ulardan texnik foydalanish bo'yicha ijaraga beruvchi o'z kuchi bilan, ya’ni ekipaj yordamida yoki aynan ijaraga beruvchi bilan mehnat yoki ishlarni bajarishga doir boshqa m unosabatlarda bo'lgan, masalan, p udrat shartnom asiga asoslangan xodimlar orqali xizmat ko'rsatadi;
3. Transport vositasini ijaraga oluvchiga egalik qilish va foydalanish huquqi o'tadi. Ijaraga beruvchi shartnoma predmetiga egalik qilishni o'zida saqlab qola olmaydi, biroq transport vositasini boshqarishni ijaraga beruvchining xodimlari davom ettiradilar va odatda tegishli mulkka egalik qiladilar. Shuning uchun ham vaqtincha xodim lar transport vositalarini boshqara turib, ish bajaruvchining emas, balki begona shaxslarning manfaatlarini ko'zlab harakat qilishligini nazarda tutish kerak bo'ladi.
4. Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasining m azm unidan unda ijaraga beruvchining ikki turdagi majburiyati birlashtirilganligini anglash mumkin:
a) mulkdor o'ziga tegishli bo'lgan transport vositasini vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga ijaraga oluvchiga beradi;
b) o'z kuchi bilan uni boshqarish hamda texnik foydalanish bo'yicha xizmat ko'rsatadi.
Transport, vositalarini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasi o'zida ijara va xizmat ko'rsatish (pudrat) shartnom alarining xususiyatlarini ifodalagan, chunki ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga transport vositalarini boshqarish va texnik foydalanish bo'yicha xizmat ko'rsatadi. Shartnoma tuzilishi ham tegishli ravishda joylashtirilgan (564-moddaning 1-qismi).
Biroq bu shartnomani aralash deb aytish mumkin emas, chunki u kodeks bilan alohida tartibga solinadi. Shuning uchun ham transport vositalarini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasiga haq evaziga xizmat ko'rsatish yoki pudrat to'g'risidagi normalami faqat analogiya bo'yicha qo'llash mumkin bo'ladi Transport vositalarini ekipaj bilan ijaraga berish shartnomasining o'ziga xos xususiyatlari ijaraga beruvchining zimmasida ko'proq majburiyatlar mavjudligini bildiradi.
Transport vositalari ijarasining ikkinchi turi transport vositalarini ekipajsiz ijaraga berish bo'lib, unga quyidagi xususiyatlar xosdir:
1. Shartnom a predm eti har qanday turdagi transport vositalari: temir yo'l, avtomobil, suv, havo, kosmik va shunga o'xshash makonda mustaqil harakatlana oladigan texnik qurilmalar;
2. Transport vositasini boshqarish va texnik xizmat ko'rsatish ijaraga oluvchining o'zi tomonidan yoki uchinchi shaxs yordam ida amalga oshiriladi. Shartnomaning ushbu turida transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo'yicha xizm at ko'rsatish ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshirilmaydi.
3. Shartnomaga muvofiq transport vositasi ijaraga oluvchining egaligi va foydalanishiga o'tadi. Ijaraga beruvchi egalikni o'zida saqlab qolmaydi. Shartnom aning maqsadi — transport vositasini o'z egaligi va foydalanishga olish, uni mustaqil, texnik va tijorat xizmati uchun ishlatish. Bundan tashqari, ayrim turdagi transport vositalarini ijaraga berishning xususiyatlari Fuqarolik Kodeksida va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab qo'yilgan. Shartnomaning shakli.
Fuqarolik Kodeksining 565-moddasiga ko'ra, transport vositasini ijaraga berish shartnomasi uning muddatidan qat’iy nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Bunday shartnom aga Fuqarolik K odeksining 539-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan ijara shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi qoidalar qo'llanilmaydi. Biroq, havo, dengiz va ichki suv transportlarini ijaraga berish (charter hamda kabotaj) shartnomasiga nisbatan bu qoidalar qo'llaniladi, chunki ushbu transport vositalari ko'chmas mulk toifasiga kiritilgan.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim bo'lgan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak (FKning 565-moddasi 2-qismi). Bundan tashqari, birta raf yuridik shaxs bo'lgan taqdirda muddatidan qat’iy nazar, shartnoma yozma shaklda tuzilib, davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari bilan bog'liq ishonchnom alarni, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi to'g'risida”gi Nizomga muvofiq, 2006-yil 1-iyuldan boshlab, avto transport vositalari bilan bog'liq ishonchnomalarni, ularni boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, ayriboshlash, hadya) va ijaraga berish shartnomalarini notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlash faqat qat’iy hisobda turadigan, himoya darajasiga seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bo'lgan, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi Gerbli (maxsus) blankalardagi ishonchnomalar va shartnomalar notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida gerb yig'imi undiriladi.
Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtotransport vositalari bilan bog'liq ishonchnomalar va ularni ijaraga berish shartnomalari O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tom onidan belgilangan tartibda avtotransport vositasi ro'yxatga olingan joydagi Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati organlarida hisobga qo'yilishi kerak. Hisobga qo'yish to'lov undirilmasdan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlarda olib kelingan avtotransport vositalariga ishonchnomalar berish, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilganidan va Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizm ati organlarida ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin amalga oshiriladi1. “O'zavtotrans” korporatsiyasi korxonalarida yengil avtomobil-taksini sotib olish huquqi bilan ichki xo'jalik ijarasiga berish to'g'risidagi 1997- yil 27-martdagi nizomga muvofiq, ijaraga beruvchi (taksi saroy, avtobustaksomotor saroyi va boshqa korxonalar) tomonidan haydovchiga (ijaraga) avtomobil-taksini belgilangan to'lovlarni to'lab sotib olish huquqi bilan ichki xo'jalik ijarasiga berish shartlarini belgilaydi.
Ichki xo'jalik ijara shartnomasi ijaraga beruvchi va haydovchi (ijrachi) o'rtasida tuziladi. Ijaraga beruvchi korxona nomidan shartnoma korxona rahbari tomonidan imzolanadi. Ijaraga beruvchi va ijarachi o'rtasida nizolar kelib chiqishining oldini olish uchun birlashma (konsem) bilan kelishilgan holda tuzilgan shartnoma nusxasi, o'zgarish va qo'shimchalar bilan imzolangandan keyin bir oy muddatga tekshirish va ro'yxatga olish, shuningdek, keyinchalik uning ijrochi ustidan nazorat qilish uchun “O'zavtotrans” korporatsiyasidan ro'yxatga olingan paytdan boshlab shartnoma kuchga kirgan hisoblanadi Ro'yxatga olish uchun shartnoma birlashma (konsem) tomonidan taqdim etiladi.