Kurs ishi Bajardi: M. X. Ahmadaliyeva Ilmiy rahbar: A. Yuldashev Andijon 2023 mundarija kirish


II – bob. Yo’sintoifa o’simliklar klassifikatsiyasi



Yüklə 1,97 Mb.
səhifə5/9
tarix07.06.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#126480
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ahmadaliyeva M.Botanika kurs ishi

II – bob. Yo’sintoifa o’simliklar klassifikatsiyasi
Yo’sintoifalar yuksak o’simliklarning gametofit ustun bo’lgan va sporofit nasl esa regressiyaga uchragan alohida guruhi hisoblanadi. Ularning qazilma shakllari devon davrining boshlariga borib taqaladi. Bu bo’limga 20 – 30 mingga yaqin turlar kiradi, ya‘ni tur soni jihatidan yuksak o’simliklar orasida gulli o’simliklardan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Ular nam muhitni yoqtiruvchi, sodda tuzilishga ega ko’p yillik o’t o’simliklar bo’lib, suvo’tlarga ancha yaqin turadi. Turlarning tana o’lchami 1 mm dan tortib 60 sm gacha boradi. Vegetativ tanasi tallom (qattana) shaklida, ildizi yo’q, rizoidlari ildiz vazifasini bajaradi. Tipik o’tkazuvchi to’qimalari hamshakllanmagan. Poyabargli moxlarning barg, poya va novdalari bo’lsada, sodda tuzilishiga ko’ra ularni naychali yuksak o’simliklarga kiritib bo’lmaydi, o’tkazuvchi to’qimalari shakllanmagan. Gametofitining o’sishi uchki qismidagi hujayralar yordamida boradi. Barglari oddiy, o’troq, tomiri faqat barg markazida o’rnashgan, ayrim vakillarida umuman barg tomirlari bo’lmaydi. Yo’sinlar bir uyli yoki ikki uyli bo’ladi. Yo’sinlarnin tallom yoki poyabargli vegetativ tanasini gametofit deb yuritilishining sababi shundaki, ularda arxegoniy anteridiylar shakllanib, dastlab jinsiy yo’l bilan ko’payadi va hosil bo’lgan zigotadan sporogon taraqqiy etadi. Shundan so’ng jinsiy ko’payishi sporofit bilan almashadi. Yuksak o’simliklarning boshqa bo’limlari vakillarida esa bu jarayonning aksini kuzatamiz. Ularda sporofitning taraqqiyoti gametofit bilan uzviy bog’langan. Chunki sporofit suv va oziqani asosan gametofitdan olib turadi. Sporofitda assimilatsiya to’qimasi zaif taraqqiy etgan. Shuning uchun ham toifalarda gametofit davri ustunlik qiladi. Shu bois bo’lim vakillari yuksak o’simliklar shajarasid alohida evolutsion shox sifatida ajratiladi. Yo’sinlarni botanikaning Briologiya bo’limi o’rganadi. Yo’sintoifalar xilma-xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va subtropik zonadan to sovuq tundra zonasigacha bo’lgan hududlarda uchraydi. Yo’sinlarning taraqqiyot siklidagi xarakterlibclgilaridanyana bittasi pishib yetilgan spora tarqalganidan so’ng, undan protonemaning o’sishidir. Protonema Ko’pchilik yo’sinlarda ipsimon tuzilishga ega. Faqat sfagnum va andrea yo’sin gametofitining dastlabki fazasida plastinka holatida bo’ladi. Jigarsimon yo’sinlarda protonema qisqagina ipchadan iborat. Bir yoki bir necha hujayralardan tashkil topgan. Uning apikal hujayrasi uzunasiga 2 ga bo’linib, undan plastinkali yoki poyabargli gametofit taraqqiy etadi. Yo’sintoifalar orasida funariyaning ( Funaria hygrometrica) protonemasi yaxshi o’rganilgan Uning sporasi qulay sharoitda tez o’sib, ipcha hosil qiladi. Undan keyinchalik rizoid taraqqiy etadi. Yashil rangli ipsimon protonema deyiladi. Ipcha shoxlanib kaulonema deb ataluvchi bosqichga o’tadi. Bu protonemaning oxirgi bosqichi bo’lib, undan gametofor kurtaklari va rizoidlar bo’ladi. Yo’sinlarning bunday ipsimon protonemasi tashqi ko’rinishi jihatidan yashil suvo’tlariga juda o’xshaydi. Shunga ko’ra yo’sinlarni yashil Suvo’tlaridan kelib chiqqan degan taxminlar mavjud. Biroq bu fikrni tasdiqlovchi asosli dalillar yo’q. Hozirgi klassifikatsiyalar bo’yicha yo’sintoifa o’simliklar bo’limi 3 ta ajdodga (sinfga) bo’linadi: 1. Jigarsimon yo’sinlar - Marchantiopsida 2. Antotserotsimon Yo’sinlar - Anthocerotopsida 3. Poyabargli yo’sinlar - Bryopsida. Ayrim biology sistematiklar jigarsimon va antoserotsimonlarni har qaysini alohida bo’lim (Marchantiophyta, Anthocerotophyta) darajasiga ko’taradilar.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin