Toshkent metropolitenidan texnikaviy foydalanish Qoidalari: metropoliten va metropoliten xodimlarining va ishlash tartibi bo‘yicha asosiy qoidalarni (keyingi o‘rinlarda qoidalar), inshootlar, qurilmalar va harakat tarkibining asosiy o‘lchamlari, ularga xizmat ko‘rsatish me’yorlari, o‘rnatilgan talablar, poyezdlar harakatini tashkil etish tizimi va signallashtirish tamoyillarini belgilaydi.
Ushbu Qoidalarning aniq va og‘ishmay bajarilishi, metropolitenning barcha bo‘linmalarini o‘zaro uyg‘unligi, ularning aniq va barqaror ishlashini hamda harakat xavfsizligini ta’minlaydi.
Ushbu Qoidalar metropolitenning barcha xodimlari uchun majburiydir.
Qoidalar faqat tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning buyrug‘i bilan o‘zgartirilishi mumkin. Metropoliten inshootlari, qurilmalari va harakat tarkibidan texnikaviy foydalanishga doir barcha yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalar, shuningdek ularni qurish yoki ishlab chiqarishga doir loyiha hujjatlari ushbu Qoidalar talablariga qatiy tarzda muvofiq bo‘lishi lozim..