УДК 657.(075) КВК 67.410 ' М23 Oliy va о ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’Umi ilmiy-mefodik
birlashmalari faoliyatini muvoflqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan O'quv qo'llanmada moliya bozorining nazariy asoslari, moliyaviy instrumentlar va qimmatli qog'ozlar, moliya bozori ishtirokchilari faoliyati, moliya bozorining savdo tizimlari, fond bozori indekslari va moliya bozorini muvofiqlashtirish mexanizmi mavzulari nazariy va amaliy yoritilgan. (Jndagi mavzular va maieriallar turdosh umumiqtisodiy fanlar bilan bog'liq holda bayon etilgan. Taqrizchilar: F.A. HAMIDOVA — iqtisod fanlari nomzodi, dotsent; K. Z. HOMITOV — iqtisod fanlari nomzodi.
Moliya bozori bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslami subyektlari o'rtasida taqsimlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy resurslami tarmoqlar o'rtasida samarali taqsimlash, vaqtinchalik bo‘sh turgan moliyaviy resurslami harakatga keltirish orqali iqtisodiy o'sishni va investitsion faollikni ta’minlash bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimiz Prezidenti LA. Karimov ta’kidlaganidek, «Erkin pul mablag‘lari, jumladan, o'zimizning ichki imkoniyatlarimizni va xorijiy sarmoyalarni fond bozori jalb qilishni kengaytirish mexanizmlarini va aniq qoidalarini ishlab chiqish lozim. Qimmatli qog‘ozlar bozori muomalasida birlamchi va ikkilamchi savdo bo'yicha ham mukammal fond bozorini shakllantirish zarur»1. Bu jarayonning o'ziga xos xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiluvchi fan sifatida «Moliya bozori»ni o'rganish iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida dolzarb ahamiyatga ega. «Moliya bozori» fani 3340300 — «Marketing» yo‘nalishining 3340303 — «Qimmatli qog'ozlar bozori» mutaxassisligida maxsus ixtisoslik fani sifatida o'qitiladi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, ularning obyektiv zarurligi, funksiyalari, davlatning investitsion siyosatining mazmuni va uning yo'nalishlari, moliya bozori tizimi va uning elementlari, moliya bozoridagi munosabatlar, aksiyador- larga dividendlarni to'lash tartiblari, moliya bozori ishtirokchilari, fond bozori savdo tizimlari, moliya bozorini muvofiqlashtirish kabi moliya bozorining mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi dolzarb mavzular keltirilgan.
1 I. A. Karimov. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to'g'risida. T., «O'zbekiston», 2005, 363-bet.
3
O'quv qo'llanmada moliya bozorinin^amal qilish jarayoni bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlarning muhim jihatlari qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq operatsiyalar, ulami amalga oshirish tartibi amaliy statistik ma’lumotlarga tayangan holda yoritilgan. «Moliya bozori» fani mazmunan «Buja ishi», «Qimmatli qog'ozlar portfelini boshqarish», «Qimmatli qog'ozlar bozori», «Qimmatli qog'ozlarni baholash» kabi iqtisodiy fanlar bilan o'zaro bog'liq hisoblanadi. O'quv qo'llanma kasb-hunar kolleji talabalari, soha mutaxas- sislari va amaliyotchilar hamda iqtisodiy yo'nalishda ta’lim oluvchi talabalarga foydali bo'lishi mumkin.