Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng barcha sohada o'zgarish bo'lgani kabi ta'lim sohasida ham o'zgarishlar “Ta'lim haqida” qonun, “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” asosida amalga oshiriladi. Fanning mazmuni, maqsadi belgilanib, bunda asosiy e'tibor didaktik o'qitishga, ya'ni o'qish maqsadi, mazmuni, vazifalari, tamoillari va metodlari, qurollari, dars turlari masalalariga qaratiladi.
Bu vazifalar o’quvchilarni ilmiy va texnikaviy bilimlar, ular bilan bog'liq bo'lgan tajriba va ko'nikmalar bilan qurollantirishda, ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan tarixiy va madaniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda asosiy faoliyatni bajaradi.
Ta’lim va tarbiya masalalarini amalga oshirish borasida pedagogika ilmi asosiy uch ta kategoriyaga suyanadi. Bular:
O'qitish
Tarbiya
Ma'lumot
O'qitish maxsus tayyorlangan mutaxasislar boschiligida o'tkaziladigan, o’quvchilarni bilim, ko'nikma va tajriba bilan qurollandiradigan, bilim qobiliyatlarini oshiradigan, dunyo qarashini rivojlantiradigan jarayon hisoblanadi. Shuningdek, o'qitish o'quvchi va o'qituvchi orasidagi munosabat bo'lib o'qituvchining bilim berishdagi, o'quvchining bilim olishdagi faoliyati hisoblanadi.
Tarbiya bola tug'ilgandan boshlab o'mrining oxirigacha oilada, bollar bog'chasida, atrof-muhit, jamoatchilik ta'sirida vijudga keladi. Tarbiya jarayoni belgilangan shart-sharoitlar va atrof-muhitdagi voqiyalar asosida amalga oshiriladigan uzviy hodisadir.